1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik 
qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob 
tayyorlab berilsin
". Bunday insonparvar g‘oyalarni va siyosatni tarixiy manbalarda 
kamdan-kam uchratamiz. Ulkan mamlakat xalqini, hisobsiz sipohiylari va 


-46- 
xizmatkorlarni boqadigan asosiy daromad manbai bu qishloq xo‘jaligi ekanligini 
Temur teran anglagan. 
Amir Temur aholining tinch va osoyishta yashamog‘i, oilalarning butligi uy-
joy masalasiga juda bog‘liqligini his etgan holda, "
Agar fuqarodan birining uy-
imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga 
yordam berilsin
” deb farmon beradi. Yuqorida bayon etilgan farmonlar va iqtisodiy 
siyosatning qoida hamda yo‘l-yo‘riqlari o‘sha davrlarda iqtisodiy ta'lim-tarbiya davlat 
miqyosida yo‘lga qo‘yilgan va amalga oshirilganini bildiradi. Bu tamoyillar hozirgi 
davrda ham Respublika mustaqilligini mustahkamlashda, ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini qurish jarayonida biz uchun muhim o‘git va saboq, tarixiy yo‘l-
yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. 
Eng muhimi shundaki, Amir Temurning bunday iqtisodiy siyosati G‘arb 
mamlakatlaridan 300-400 yillar oldinroq amalga oshirilgan. 
Amir Temur soliq siyosatini oldingi davrlarda yig‘ilgan qonun-qoidalarni har 
tomonlama o‘rganib va Islom dini tavsiyalariga amal qilgan holda, shuningdek, o‘z 
davrining xususiyatidan kelib chiqib olib bordi. 
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda davlat 
tomonidan undirilgan yer solig‘i xiroj deb yuritilgan. 
Xiroj olish dastavval arab xalifaliklari hududlarida "juzya" atamasining 
sinonimi sifatida qo‘llanilib, musulmon bo‘lmagan aholi bilan bir qatorda yer-suvga 
ega bo‘lgan musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari xirojni 
"Xiroj-musaha" (yer maydoni birligidan undirilgan) va "Xiroj-muhasama" (yerning 
sifati va sug‘orish usullariga qarab, hosilning to‘rtdan biri, uchdan biri yoki ikkidan 
biri qismi hajmida undirilgan)ga qarab ajratganlar. 
Xiroj (solih) undirish Markaziy Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy 
qilingan edi. Xiroj yig‘ish uchun har bir viloyatga sarkor, qishloqqa devonbegi va 
kotib tayinlangan edi. Sohibqiron ham taxtga o‘tirishi bilan yer-suvdan olinadigan 
xirojni mahsulot shaklida (asosan don) va pul (oltin yoki kumush) shaklida ham 
undirib olishni joriy etgan edi. 


-47- 
Amir Temurning soliq solish, undirish va savdogarlardan boj olish, ular 
daromadidan soliq yig‘ib olish siyosati nihoyatda adolatli bo‘lganligi uchun har bir 
viloyatda va uning tasarrufidagi mamlakatlarda mahalliy aholi soliq solish jabri va 
nohaqligi yuzasidan noroziligini bildirmagan. 
Qo‘shni mamlakat halqlari o‘z hukmdorlarining soliq olish siyosatidan Amir 
Temurga shikoyatlar qilib kelganligi tarixiy manbalardan bizga ma'lumdir. Amir 
Temurning iqtisodiy siyosatida, iqtisodiy qarashlari tizimida soliq masalasi markaziy 
o‘rinni egallaydi. 
Eng muhimi soliq tizimi orqali olib borilgan oqilona siyosat tufayli ham 
obodonli yuksalgan, ham xazina to‘liq bo‘lgan. 
Amir 
Temurning 
ta'kidlashicha, 
agar 
xalq 
soliq 
tizimi 
orqali 
kambag‘allashadigan bo‘lsa, davlatning iqtisodiy qudrati pasayib, tanazzulga yuz 
tutishi tabiiydir. Xalqning farovon va boy-badavlat yashashi uchun mamlakatda 
adolatli soliq tizimi faoliyat ko‘rsatishini yaxshi anglagan edi. O‘z navbatida ko‘proq 
daromad topib odamlar boy bo‘lgan sari xazinaga soliq tushumi ham ko‘payib 
borgan. 
"Temur tuzuklari"da aholidan olinadigan soliqlar ularning ishlab topgan 
daromadlari darajasiga qarab adolatli belgilanishi, aholining qaysi birlari el-yurt, 
tuman va shaharlar obodonligi yo‘lida, madaniyat va ma'rifatning rivoji yo‘lida o‘z 
mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasalar, ularga davlat soliq to‘lash borasida har 
xil yengillik imtiyozlar berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
Amir Temur tasarrufidagi ulus (viloyat va mamlakatlar) hukmdorlarining 
alohida davlat apparati, mustaqil qo‘shini bo‘lib, ular o‘z hududlaridan undirib 
olingan hosilning uchdan bir qismini Samarqandga, davlat xazinasiga yuborib turgan 
va Oliy hukmdor harbiy yurishlarga chiqqanda o‘z qo‘shini bilan qatnashgan va 
yetarli oziq-ovqat, kiyim-aslohalar bilan ta'minlab turgan. 
Amir Temur davrida soliq to‘lashdan ozod etilgan, imtiyozga ega bo‘lgan 
toifalar ham bo‘lgan. 


-48- 
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xiroj sug‘oriladigan yer uchastkalaridan 
olingan hosilning uchdan bir qismi, lalmikor (sug‘orilmaydigan) yomg‘ir suvi bilan 
yerdan olingan daromadning to‘rtdan bir qismi hajmida undirib olingan. Bu ishlarni 
bajarish viloyatlardagi ikki vazirga topshirilgan. Biri undirilgan xiroj mol-mulkni 
yozib olib, aholining ahvolini tekshirib turgan, kirim daftariga yozib borgan. 
Ikkinchisi esa, chiqim daftariga yozib, yig‘ilgan mol-mulklar (soliqlar)dan sipohiylar 
maoshiga taqsim qilgan. 
Sohibqironning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy faoliyatidagi yana bir muhim jihati 
shundaki, ijtimoiy himoya, kambag‘al, kam ta'minlangan kishilarni va o‘z xizmatini 
sidqi-dildan bajargan odamlarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimi mavjud 
bo‘lgan. Amir Temur davlatidagi sipohiylar (harbiy) kishilarning har biri ko‘rsatgan 
oliy xizmatlari uchun munosib taqdirlab turilgan. Oddiy sipoh maosh uchun bir bosh 
ot qimmatida maosh olgan, o‘nboshi ikki ot qimmatida va shu tariqa lavozimi oshgan 
sari maoshi ham ko‘tarilib boravergan. Urushlarda va boshqa ishlarda ko‘rsatilgan 
alohida xizmatlari uchun ham mol-mulklar, turli qimmatbaho buyumlar, yer-suvlar 
bilan taqdirlanishgan. 
Amur Temur davrida juda katta obodonchiliq qurilish ishlari olib borildi. 
Yangi bog‘lar bunyod etildi. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar 
(g‘ariblar istiqomat qiladigan joylar) qurildi, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga 
rabotlar (karvon saroylar) bino qilindi, daryolar ustida ko‘priklar tiklandi. Madrasalar 
qad ko‘tardi. 
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy 
sohadagi taraqqiyot o‘sha davrdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan, ayniqsa, 
Yevropaga nisbatan ancha ilgarilab ketgan, madaniy-ma'rifiy va ma'naviy sohalarda 
ancha yuqori darajaga erishilgan edi. Bularning hammasi Amir Temur davrida 
adolatli iqtisodiy siyosat amalga oshirilganligi tufaylidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin