1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Саидов А. “Амир Темур ва Европа” // Миллий тикланиш. 2010. – №14. 
7 апрел. 
2. Иванин И. “Икки буюк саркарда: Чингизхон ва Амир Темур” – Т.: Фан, 
1994. – 238 б. 


-44- 
3. Муҳаммаджонов А. Амир Темур ва темурийлар салтанати" – Т.: 
Қомуслар бош таҳририяти, 1996. – 126 б. 
4. Темур тузуклари. Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-манбаа 
бирлашмаси, 1991. 110-б. 
5. Каримов И. “Амир Темур ҳақида сўз” Т.: Ўзбекистон, 1996. – 110 б. 
6. Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовороуннаҳр тарихи. – Т.: Ғафур 
Ғулом номидаги Адабиёт ва саъат нашриёти, 1990. – 92 б. 
 
Tojiyeva Ma’rifat Rustamovna 
Olot tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi 
AMIR TEMURNING IQTISODIY SIYOSATI 
Annotatsiya: 
Sharq iqtisodiy taraqqiyotida Amir Temurning iqtisodiy 
qarashlar muhim o‘rin tutgan. Amir Temur barcha odamlarga ishlash uchun 
imkoniyat yaratib bergan.
Kalit so‘zlar: 
iqtisod, siyosat, ma’naviyat, ma’rifat, “Temur tuzuklari”, 
faylasuf. 
Sharq mutafakkirlari, faylasuflari qatori buyuk sarkarda Amir Temur qoldirgan 
qutlug‘ meros bugungi kun kishisiga ham katta ma'naviy-ma'rifiy ta'sir 
ko‘rsatmoqdaki, buning mazmunini anglash, tasavvur etish har bir fuqaroning 
vatanparvarlik burchidir. 
Amir Temur va temuriylarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faoliyatlaridagi 
muhim yo‘l-yo‘riqlar, iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlardan Sharq 
mamlakatlarida emas, butun Yevropada ham keng foydalanganlar. 
Sharq iqtisodiy tarakkurining rivojlanishida ulug‘ bobokalonimiz sohibqiron 
Amir Temurning g‘oyalari, qarashlari va tafakkuri, u shaxs tomonidan ishlab 
chiqilgan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda amalga oshirilgan va qo‘llanilgan qoida, tartib, 
usul, odat va qonunlar o‘sha davr iqtisodiy siyosatida beqiyos katta tarixiy 


-45- 
ahamiyatga egadir. Bu iqtisodiy qarashlar va g‘oyalarning o‘ziga xos ulug‘vorligi eng 
avvalo shundaki, ular mavhum, xayoliy bo‘lmasdan, balki real tarixiy taraqqiyotdan 
kelib chiqqan holda namoyon bo‘lgan. Mana shuning uchun ham 686 yildan ortiqroq 
vaqt o‘tganiga qaramasdan, hanuz o‘zining amaliy-hayotiy ahamiyatini yo‘qotmay 
kelmoqda. Albatta, davrlar o‘tishi bilan ular rivojlanib, takomillashtirilib kelinganligi 
tarixdan ma'lum. 
Amir Temurning iqtisodiy siyosati "Temur tuzuklari" asarida, Boburning 
"Boburnoma"larida va boshqa ko‘pgina Amir Temur, temuriylar to‘g‘risida yozilgan 
tarixiy manbalarda har tomonlama bayon etilgan. Ularda Sohibqironning mamlakatni 
boshqarishi, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini 
topgan. Bu asarlarda mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga 
solib borish, yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar, g‘oyalar, 
qarashlar, yo‘l-yo‘riqlar tizimi bayon etilgandi. Amir Temur barcha odamlarga kasb- 
hunar o‘rgatish, ish bilan ta'minlash, dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat ishlari 
bilan mashg‘ul bo‘lishga yaxshi imkoniyatlar yaratib bergan. "Tuzuklar"da "
Kasb-
hunar va ma'rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin
", bu sarmoya 
asosida "
bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasb-koriga yarasha 
yo‘l tutsinlar
" degan tavsiyalar berilgani yana bir bor uning munosib, o‘z xalqiga 
g‘amxo‘r podshoh bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Taqdir taqozasi bilan "
Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z 
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilishi

esa mamlakatda farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat olib borilganidan 
darak beradi. 
Amir Temur saltanatida qishloq xo‘jaligi asosiy iqtisodiy ahamiyatga ega 
ekanligini shundan bilish mumkinki, Sohibqiron dehqonchilikni rivojlantirish uchun 
shunday farmoyish beradi: "

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin