-44-
3. Муҳаммаджонов А. Амир Темур ва темурийлар салтанати" – Т.:
Қомуслар бош таҳририяти, 1996. – 126 б.
4. Темур тузуклари. Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-манбаа
бирлашмаси, 1991. 110-б.
5. Каримов И. “Амир Темур ҳақида сўз” Т.: Ўзбекистон, 1996. – 110 б.
6. Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовороуннаҳр тарихи. – Т.: Ғафур
Ғулом номидаги Адабиёт ва саъат нашриёти, 1990. – 92 б.
Tojiyeva Ma’rifat Rustamovna
Olot tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi
AMIR TEMURNING IQTISODIY SIYOSATI
Annotatsiya:
Sharq iqtisodiy taraqqiyotida Amir Temurning iqtisodiy
qarashlar muhim o‘rin tutgan. Amir Temur barcha odamlarga ishlash uchun
imkoniyat yaratib bergan.
Kalit so‘zlar:
iqtisod, siyosat, ma’naviyat, ma’rifat, “Temur tuzuklari”,
faylasuf.
Sharq mutafakkirlari, faylasuflari qatori buyuk sarkarda Amir Temur qoldirgan
qutlug‘ meros bugungi kun kishisiga ham katta ma'naviy-ma'rifiy ta'sir
ko‘rsatmoqdaki,
buning mazmunini anglash, tasavvur etish har bir fuqaroning
vatanparvarlik burchidir.
Amir Temur va temuriylarning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy faoliyatlaridagi
muhim yo‘l-yo‘riqlar, iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlardan Sharq
mamlakatlarida emas, butun Yevropada ham keng foydalanganlar.
Sharq iqtisodiy tarakkurining rivojlanishida ulug‘
bobokalonimiz sohibqiron
Amir Temurning g‘oyalari, qarashlari va tafakkuri, u shaxs tomonidan ishlab
chiqilgan, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda amalga oshirilgan va qo‘llanilgan qoida, tartib,
usul, odat va qonunlar o‘sha davr iqtisodiy siyosatida
beqiyos katta tarixiy
-45-
ahamiyatga egadir. Bu iqtisodiy qarashlar va g‘oyalarning o‘ziga xos ulug‘vorligi eng
avvalo shundaki, ular mavhum, xayoliy bo‘lmasdan, balki real tarixiy taraqqiyotdan
kelib chiqqan holda namoyon bo‘lgan. Mana shuning uchun ham 686 yildan ortiqroq
vaqt o‘tganiga qaramasdan, hanuz o‘zining amaliy-hayotiy ahamiyatini yo‘qotmay
kelmoqda. Albatta, davrlar o‘tishi bilan ular rivojlanib, takomillashtirilib kelinganligi
tarixdan ma'lum.
Amir Temurning iqtisodiy siyosati "Temur tuzuklari" asarida,
Boburning
"Boburnoma"larida va boshqa ko‘pgina Amir Temur, temuriylar to‘g‘risida yozilgan
tarixiy manbalarda har tomonlama bayon etilgan. Ularda Sohibqironning mamlakatni
boshqarishi, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini
topgan. Bu asarlarda mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga
solib borish, yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar, g‘oyalar,
qarashlar, yo‘l-yo‘riqlar tizimi bayon etilgandi. Amir Temur barcha odamlarga kasb-
hunar o‘rgatish, ish bilan ta'minlash, dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat ishlari
bilan mashg‘ul bo‘lishga yaxshi imkoniyatlar yaratib bergan. "Tuzuklar"da "
Kasb-
hunar va ma'rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin
",
bu sarmoya
asosida "
bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasb-koriga yarasha
yo‘l tutsinlar
" degan tavsiyalar berilgani
yana bir bor uning munosib, o‘z xalqiga
g‘amxo‘r podshoh bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Taqdir taqozasi bilan "
Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilishi
"
esa mamlakatda farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat olib borilganidan
darak beradi.
Amir Temur saltanatida qishloq xo‘jaligi asosiy iqtisodiy ahamiyatga ega
ekanligini
shundan bilish mumkinki, Sohibqiron dehqonchilikni rivojlantirish uchun
shunday farmoyish beradi: "
Dostları ilə paylaş: