Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik
qilishga qurbi yetmay qolgan bo‘lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug‘ va asbob
tayyorlab berilsin
". Bunday insonparvar g‘oyalarni va siyosatni tarixiy manbalarda
kamdan-kam uchratamiz. Ulkan mamlakat xalqini, hisobsiz sipohiylari va
-46-
xizmatkorlarni boqadigan asosiy daromad manbai bu qishloq xo‘jaligi ekanligini
Temur teran anglagan.
Amir Temur aholining tinch va osoyishta yashamog‘i, oilalarning butligi uy-
joy masalasiga juda bog‘liqligini his etgan holda, "
Agar fuqarodan birining uy-
imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli uskunalarni yetkazib berib, unga
yordam berilsin
” deb farmon beradi. Yuqorida bayon etilgan farmonlar va iqtisodiy
siyosatning qoida hamda yo‘l-yo‘riqlari o‘sha davrlarda iqtisodiy ta'lim-tarbiya davlat
miqyosida yo‘lga qo‘yilgan va amalga oshirilganini bildiradi. Bu tamoyillar hozirgi
davrda ham Respublika mustaqilligini mustahkamlashda, ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyotini qurish jarayonida biz uchun muhim o‘git va saboq, tarixiy yo‘l-
yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Eng muhimi shundaki, Amir Temurning bunday iqtisodiy siyosati G‘arb
mamlakatlaridan 300-400 yillar oldinroq amalga oshirilgan.
Amir Temur soliq siyosatini oldingi davrlarda yig‘ilgan qonun-qoidalarni har
tomonlama o‘rganib va Islom dini tavsiyalariga amal qilgan holda, shuningdek, o‘z
davrining xususiyatidan kelib chiqib olib bordi.
Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda davlat
tomonidan undirilgan yer solig‘i xiroj deb yuritilgan.
Xiroj olish dastavval arab xalifaliklari hududlarida "juzya" atamasining
sinonimi sifatida qo‘llanilib, musulmon bo‘lmagan aholi bilan bir qatorda yer-suvga
ega bo‘lgan musulmonlardan ham undirilgan. Musulmon qonunshunoslari xirojni
"Xiroj-musaha" (yer maydoni birligidan undirilgan) va "Xiroj-muhasama" (yerning
sifati va sug‘orish usullariga qarab, hosilning to‘rtdan biri, uchdan biri yoki ikkidan
biri qismi hajmida undirilgan)ga qarab ajratganlar.
Xiroj (solih) undirish Markaziy Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy
qilingan edi. Xiroj yig‘ish uchun har bir viloyatga sarkor, qishloqqa devonbegi va
kotib tayinlangan edi. Sohibqiron ham taxtga o‘tirishi bilan yer-suvdan olinadigan
xirojni mahsulot shaklida (asosan don) va pul (oltin yoki kumush) shaklida ham
undirib olishni joriy etgan edi.
-47-
Amir Temurning soliq solish, undirish va savdogarlardan boj olish, ular
daromadidan soliq yig‘ib olish siyosati nihoyatda adolatli bo‘lganligi uchun har bir
viloyatda va uning tasarrufidagi mamlakatlarda mahalliy aholi soliq solish jabri va
nohaqligi yuzasidan noroziligini bildirmagan.
Qo‘shni mamlakat halqlari o‘z hukmdorlarining soliq olish siyosatidan Amir
Temurga shikoyatlar qilib kelganligi tarixiy manbalardan bizga ma'lumdir. Amir
Temurning iqtisodiy siyosatida, iqtisodiy qarashlari tizimida soliq masalasi markaziy
o‘rinni egallaydi.
Eng muhimi soliq tizimi orqali olib borilgan oqilona siyosat tufayli ham
obodonli yuksalgan, ham xazina to‘liq bo‘lgan.
Amir
Temurning
ta'kidlashicha,
agar
xalq
soliq
tizimi
orqali
kambag‘allashadigan bo‘lsa, davlatning iqtisodiy qudrati pasayib, tanazzulga yuz
tutishi tabiiydir. Xalqning farovon va boy-badavlat yashashi uchun mamlakatda
adolatli soliq tizimi faoliyat ko‘rsatishini yaxshi anglagan edi. O‘z navbatida ko‘proq
daromad topib odamlar boy bo‘lgan sari xazinaga soliq tushumi ham ko‘payib
borgan.
"Temur tuzuklari"da aholidan olinadigan soliqlar ularning ishlab topgan
daromadlari darajasiga qarab adolatli belgilanishi, aholining qaysi birlari el-yurt,
tuman va shaharlar obodonligi yo‘lida, madaniyat va ma'rifatning rivoji yo‘lida o‘z
mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasalar, ularga davlat soliq to‘lash borasida har
xil yengillik imtiyozlar berishi lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Amir Temur tasarrufidagi ulus (viloyat va mamlakatlar) hukmdorlarining
alohida davlat apparati, mustaqil qo‘shini bo‘lib, ular o‘z hududlaridan undirib
olingan hosilning uchdan bir qismini Samarqandga, davlat xazinasiga yuborib turgan
va Oliy hukmdor harbiy yurishlarga chiqqanda o‘z qo‘shini bilan qatnashgan va
yetarli oziq-ovqat, kiyim-aslohalar bilan ta'minlab turgan.
Amir Temur davrida soliq to‘lashdan ozod etilgan, imtiyozga ega bo‘lgan
toifalar ham bo‘lgan.
-48-
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xiroj sug‘oriladigan yer uchastkalaridan
olingan hosilning uchdan bir qismi, lalmikor (sug‘orilmaydigan) yomg‘ir suvi bilan
yerdan olingan daromadning to‘rtdan bir qismi hajmida undirib olingan. Bu ishlarni
bajarish viloyatlardagi ikki vazirga topshirilgan. Biri undirilgan xiroj mol-mulkni
yozib olib, aholining ahvolini tekshirib turgan, kirim daftariga yozib borgan.
Ikkinchisi esa, chiqim daftariga yozib, yig‘ilgan mol-mulklar (soliqlar)dan sipohiylar
maoshiga taqsim qilgan.
Sohibqironning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy faoliyatidagi yana bir muhim jihati
shundaki, ijtimoiy himoya, kambag‘al, kam ta'minlangan kishilarni va o‘z xizmatini
sidqi-dildan bajargan odamlarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimi mavjud
bo‘lgan. Amir Temur davlatidagi sipohiylar (harbiy) kishilarning har biri ko‘rsatgan
oliy xizmatlari uchun munosib taqdirlab turilgan. Oddiy sipoh maosh uchun bir bosh
ot qimmatida maosh olgan, o‘nboshi ikki ot qimmatida va shu tariqa lavozimi oshgan
sari maoshi ham ko‘tarilib boravergan. Urushlarda va boshqa ishlarda ko‘rsatilgan
alohida xizmatlari uchun ham mol-mulklar, turli qimmatbaho buyumlar, yer-suvlar
bilan taqdirlanishgan.
Amur Temur davrida juda katta obodonchiliq qurilish ishlari olib borildi.
Yangi bog‘lar bunyod etildi. Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar
(g‘ariblar istiqomat qiladigan joylar) qurildi, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga
rabotlar (karvon saroylar) bino qilindi, daryolar ustida ko‘priklar tiklandi. Madrasalar
qad ko‘tardi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy
sohadagi taraqqiyot o‘sha davrdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan, ayniqsa,
Yevropaga nisbatan ancha ilgarilab ketgan, madaniy-ma'rifiy va ma'naviy sohalarda
ancha yuqori darajaga erishilgan edi. Bularning hammasi Amir Temur davrida
adolatli iqtisodiy siyosat amalga oshirilganligi tufaylidir.
Dostları ilə paylaş: |