1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. I-кисм. //Сўз боши, араб тилидан 
таржима ва изоҳларни ф.ф.н. У.Уватов тайёрлаган. – Тошкент: Меҳнат, 1992. – 
328 б. 
2. Ибн Арабшох. Амир Темур тарихи. II-кисм. //Сўз боши, араб тилидан 
таржима ва изоҳларни ф.ф.н. У.Уватов тайёрлаган. – Тошкент: Мехнат, 1992. – 
191 б. 


-57- 
3. Клавихо, Руи Гонзалес де. Самаркандга – Амир Темур саройига саёхат 
кундалиги. (1403-1406 йиллар) /муҳаррир М.Али. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010. 
4. Кэрэн, Люсьен. Амир Темур салтанати. – Тошкент: Маънавият, 1999. 
5. Яздий, Шарафиддин Али. Зафарнома. / Сўз боши, табдил, изоҳлар ва 
кўрсаткичлар муаллифлари Ашраф Аҳмад, Хайдарбек Бобобеков. – Тошкент: 
Шарқ, 1997. – 382 б. 
Shamsiyev Farrux Mizorobovich 
G‘ijduvon tuman xalq ta‘limi bo‘limi metodisti
 
AMIR TEMURNING INSONIYAT TARIXIDA TUTGAN O‘RNI VA ROLI 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada buyuk bobokalonimiz Amir Temurning 
insoniyat tarixida tutgan o‘rni va roli haqida, jahonda Amir Temur shaxsiga 
qaratilayotgan e’tibor, unga bag‘ishlab yozilgan asarlar haqida ma’lumotlar berib 
o‘tilgan. Amir Temur bobomiz shaxsiga mustaqillikdan oldin va keyin qaratilgan 
e’tibor haqida ham fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
mustaqillik, Amir Temur, sovet tarixchilari, temuriylar sulolasi, 
taraqqiyot.
 
Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,
Nasabi haqida gar surishtirsang.
Otadan otaga to, Odam-ato
Bori shohlik taxti, uzra qo‘ymish poy.
SHARAFUDDIN ALI YAZDIY 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, Vatanimiz 
tarixini yana ham chuqurroq o‘rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim 
asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so‘ngra bolsheviklar o‘rnatgan sho‘ro 
saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo‘lish katta tarixiy voqea bo‘ldi. Uning aks 
sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o‘zlikni anglash, 


-58- 
ayniqsa, tariximizga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinib turibdi. O‘zligini 
anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy 
arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o‘rni, 
xizmatlarini e’zozlashni o‘rniga qo‘yadi, boshqalarga ham uni e’tirof ettiradi. Biz 
tutgan bu yo‘l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy, 
Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va 
boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o‘z isbotini topdi. 
O‘zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg‘or va yetakchi davlatlari 
qatorida bo‘lishini ta’minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib 
bormoqda. Ular ona Vatan – O‘zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi 
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma’naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega 
bo‘lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki 
o‘tmishda o‘tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu 
kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik 
darajasiga erisha olmaydi. 
Tarixda o‘tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa, Amir Temurning hayoti va 
faoliyati bunda asosiy mezon bo‘la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, 
diplomatik vaziyatlardan 
chiqib 
keta 
olish 
zakovati, 
mardligi, 
jasorati, 
vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot 
maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo‘lib qolishi lozim. Endigi gap ana 
shunday bemisl va betakror, butun jahon e’tirofiga sazovor bo‘lgan buyuk siyosiy va 
harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning hayotini 
chuqur va zehn bilan o‘rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal 
o‘rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning sobitqadam, jasur, 
aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va xos fidoiy 
farzandlari bo‘lib etishadilar. 
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida 
o‘rinda turadi. Ulug‘ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. 
Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o‘lchov bilan 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin