-81-
qo‘yadi. Negaki, kitoblar bir oz nam tortgan edi. Bundan ma’lum bo‘ladiki,
Ko‘ksaroyda kutubxona uchun ajratilgan xonalar zaxlik qilib qolgan.
Kitobdor Amir Temurni Ko‘ksaroydagi kutubxonaning umumiy ahvoli
qiziqtirayotganini anglab “Xonalar zaxlab qolgan, a’lo hazrat. Umuman kitob uchun
devorlari marmar bilan qoplangan xonalar to‘g‘ri kelmas erkan, nazarimda. Archa
daraxtidan yasalgan sanduqlar ham yetishmaydur”, – dedi.
Hazrat Sohibqiron shu vaqtning o‘zida vaziri a’zamni chaqirtirib, kutubxona va
kitoblar xususida unga qator topshiriqlar berdi. Amir Temur so‘ngra kitobdorga
qarata “Siz mavlono kutubxona to‘g‘risida ne fikr bo‘lsa, tortinmay kelib ayting.
Kitob, taqsirim bebaho xazina. Yer qimirlab qasrlar qulab tushishi, azim shaharlar bir
zumda yo‘q bo‘lib
ketishi mumkin, nahrlar izdan chiqib qurib qolish hollari ham
bo‘lg‘on, xazinani qaroqchi olib ketib, davlat bir fulussiz qolishi ham mumkin. Alarni
vaqti bilan tiklab olsa bo‘lur. Ammo kitob yo‘q bo‘lib ketsa, uni hech qachon tiklab
bo‘lmaydur. Biz kutubxona xususida yana bafurja o‘ylab ko‘rurmiz”, – deya
ta’kidlaydi. Naqadar oltin fikrlar aytilganidan kitobdor ham mamnun edi. Kitobdor
o‘z faoliyatida Amir Temurning bu ko‘rsatmalariga amal qildi.
Yana bir muhim jihati shundaki, Buxoroning muqaddas tuprog‘iga,
uning
buyuk allomalariga hurmat va ehtirom tuyg‘usini Sohibqiron farzandlariga ham
singdirgan. Amir Temurning o‘g‘li Jahongir Mirzo Xonzodabegim nomi bilan
mashhur bo‘lgan Suyunchbekani o‘z nikohiga olish uchun Xorazmdan Samarqandga
olib kelayotganida Buxoroyi Sharifga tushib, Chashmai Ayubning muqaddas suvidan
ichish, undan keyin yo‘lni davom etib, Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida
bo‘lib, olim, hadis ilmining sultoni Imom Ismoil al-Buxoriyning
muborak mozorini
tavof etish maslahatini aynan padari buzrukvoridan olgan edi [7.19,20].
Xulosa qilib aytganda, o‘z tarixida ko‘plab jangu-jadallarni ko‘rgan ko‘hna
Buxoro Amir Temur davriga kelib uning yagona, markazlashgan saltanatida tinch va
osoyishta hayot kechirdi. Amir Temur davrida ona yurti qadimiy Buxoro shahri
somoniylardan so‘ng o‘zining ikkinchi yuksalish pallasiga kirdi. Bunda Amir
Temurning ona yurtiga bo‘lgan mehri, ona yurtini nihoyatda sevishi va ulug‘lashi
-82-
muhim omil bo‘ldi. Amir Temurning ona yurti Buxoroda
olib borgan obodonchilik,
bunyodkorlik ishlari hozirgi yoshlar uchun namuna maktabi bo‘lib xizmat qiladi va
ularni yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: