-76-
2-SHO‘BA. AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI
PEDAGOGIK YONDASHUVLAR
Haydarov Yuldash Hazratovich
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”
kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent
AMIR TEMURNING ONA YURTNI ULUG‘LASH BORASIDAGI
FAOLIYATI – YOSHLAR UCHUN NAMUNA MAKTABI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy tarixni yangicha yondashuvlar asosida
o‘rgatish maqsadida Amir Temurning ona yurti Buxoroni ulug‘lash, ardoqlash
borasidagi faoliyatidan yorqin misollar keltirilgan. Tarix fani o‘qituvchilari
Sohibqironning ona yurti Buxoroda olib borgan obodonchilik
va bunyodkorlik
ishlarini keng yoritishlari uchun zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: ona yurt, milliy tarix, yangicha yondashuv,
ona yurtni sevish,
bunyodkorlik, obodonchilik, kitobxonlik, namuna maktabi, tarixiy tafakkur, tarixdan
saboq olish, yurt taqdiriga daxldorlik.
Markazlashgan davlat asoschisi, buyuk sarkarda, yurtparvar va xalqparvar
hukmdor, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron
Amir Temurning ona yurtni
ulug‘lash va ardoqlash borasidagi faoliyati hozirgi yoshlar uchun namuna maktabi
vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-
yanvardagi videoselektorda tarix fanini o‘qitish bo‘yicha konseptual ko‘rsatmalar
berdilar:
“
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy
ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga
o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur
[1.1]”.
Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratishda yangicha yondashuvlar zarur. Buning uchun
-77-
tarix fani o‘qituvchilari xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchilik faoliyatini
chuqurroq, tahliliy asosda o‘quvchilar ongi va qalbiga singdirishlari kerak. Bu
maqsadga erishish uchun tarix fanini o‘qitishda Amir Temurning bunyodkorlik va
obodonchilik sohasidagi faoliyatini yangi pedagogik yondashuvlar asosida, ya’ni
birlamchi manbalardan foydalanib yorqin misollar
asosida tushuntirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Amir Temurning ona yurti Buxoro olib borgan
bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini ko‘rsatuvchi yorqin misollar keltirishga
harakat qilamiz va tarix fani o‘qituvchilari foydalanishlari uchun tavsiya qilamiz.
Amir Temur davrida ona yurti Buxoro jahon maydonida eng mo‘tabar
shaharlardan biri darajasiga ko‘tarildi hamda diniy va dunyoviy ilmlar markazi
sifatida nom chiqardi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha,
XIV asr oxiri XV
asr boshlarida Buxoro Movarounnahrning katta va eng nufuzli shaharlaridan biri
bo‘lgan. Akademik V.V. Bartoldning ta’kidlashicha, o‘sha paytda Buxoro kattaligi,
hajmi jihatdan Samarqandga teng bo‘lib, 12 darvoza bilan o‘ralgan edi[2.134].
Lekin
butun mintaqada yagona markazlashgan hokimiyat yo‘q edi. Movarounnahr tarqoq,
parchalangan holda bo‘lib mo‘g‘ul zulmi xalqning tinkasini quritayotgan edi.
Temur shunday murakkab bir sharoitda dunyoga keldi.
Barlos beklaridan
bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay Shahrisabzda hokim edi. U Buxoroda «Sadr ash-
shariat» («Dinning ulug‘i») deb nom qozongan katta ruhoniyning qizi Tagina begim
Mohga uylanadi. Amir Temurning onasi Tegina begim (Tegina begim Moh, Takina
xotun, Tegina xotun, Tegina Moh begim shaklida ham ayrim manbalarda uchraydi)
Buxoroi Sharifda olim Ubaydulloh ibn Ahmad al-Mahbubiy al-Buxoriy xonadonida
dunyoga kelgan.
Hozirgi davrda tarix fani o‘qituvchilari o‘z darslarini zamonaviy yondashuvlar
asosida o‘tishda, milliy tarixni milliy ruh bilan o‘rgatishda
Amir Temurning ona
yurtni ulug‘lash va ardoqlash borasidagi faoliyatidan quyidagi yorqin misollarni
keltirishlari mumkin.
Amir Temur markazlashgan davlat tuzish maqsadini amalga oshirishda
Buxoroga katta umid bog‘ladi va umidlarida adashmadi. Alohida harbiy tayyorgarlik