-79-
saltanatining poytaxti deb e’lon qiladi. Sharqning bu bobokalon shahri o‘zining
siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, jo‘g‘rofiy, madaniy xususiyatlari bilan ustun keldi. Buxoro
ikkinchi poytaxt sifatida saltanat tayanchi bo‘lib xizmat qildi[4.19].
Amir Temur davrida Buxoroda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, savdo rastalari
va boshqa imoratlar qad ko‘taradi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro katta
savdo-sotiq markaziga aylandi. Buxoroda bu davrda ko‘plab ariqlar chiqarildi.
Ayniqsa shaharning atrofini o‘rab olgan Shohrud arig‘ining qayta tiklanishi,
shahar
aholisining obi-hayotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qildi. Ma’lumki
shahardagi mashhur ariq mo‘g‘ullar hujumi davrida buzib tashlangan edi. Amir
Temur davrida nafaqat Buxoro shahri, balki butun voha obodonlashtirildi.
XIX asrning oxirida Buxoroda bo‘lib, ariq va kanallar tizimini o‘rgangan rus
olimi F.Sitnyakovskiy sharqiy-janubiy tomonga qarab chiqarilgan va xalq xotirasida
Temur ariq haqida ma’lumot berganki, bu kanal Amir Temur farmoyishi bilan
bunyod etilgan [5.139].
Mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan
Buxoro vohasining suv
xo‘jaligi Amir Temur davriga kelib to‘la tiklandi. Bu muzofotda dehqonchilik
maydoni kengaydi. Keyinchalik o‘z bobosining yaratuvchilik va obodonchilik
an’analarini davom ettirgan Mirzo Ulug‘bek davrida Buxoro viloyatining janubi-
sharqiy chegarasiga tutashgan Somonjuq dashtiga suv
chiqariladi va yangi yerlar
o‘zlashtiriladi[6.94].
Amir Temur taxtga o‘tirganidan keyin ona yurti Buxoroga tez-tez kelib turardi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan
zafar bilan qaytganda, albatta Buxoroi Sharifga kelib
avliyo-ambiyolarni ziyorat
qilar, so‘ngra poytaxti Samarqandga o‘tar edi. Sohibqiron kelib tavof qilgan
ziyoratgohlardan biri Chashmai Ayub maqbarasidir. U XII asrda qurilgan bo‘lib,
1379-yilda Temur farmoyishi bilan mozor-go‘rxona ustida katta gumbaz quriladi.
Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Boharziy va Bayonqulixon maqbaralarida ham
ta’mirlash ishlari olib borilgan. Temur davrida Buxorodagi eng katta machitlardan
biri Namozgohda mehrob devori ta’mirlanadi.