-84-
aylantirish, Samarqdning dong‘ini olamga yoyish Sohib-ul- qironning yuksak orzusi
edi. Amir Temur: “Biz kim amiri Turkiston, mulki Turonmiz, eng ko‘hna va buyuk
millat – turklarning bosh bo‘g‘inimiz”, degan mashhur so‘zlarni aytganda u bugunlay
haq bo‘lgan. Yon-atrofda joylashgan aholi manzillariga dunyodagi buyuk davlatlar
poygaxtlarining nomlari berilganligi ham bejiz emasdir. Ma’lumki, Sohib ul-qiron
tarixga mamlakat mustaqilligi uchun kurashni yaratuvchilik ishlari bilan
muvaffaqiyatli uyg‘unlashgira olgan ulug‘ arbob, Sharq va G‘arb
mamlakatlarida
yuksak obro‘ga ega bo‘lgan buyuk siyosatchi va diplomat sifatida kirgan. Amir
Temur o‘z saltanatida jinoyatchilik va daydilikni bugunlay quritdi. U davlat tepasida
turgan davrda xalq ijodiy va yaratuvchilik ishlariga to‘liq jalb qilingan edi. Sohib ul-
qiron o‘z xalqi uchun doimo otalarcha qayg‘urar va uni lashkarlar juda e’zozlar
edilar, bu haqsa uning zamondoshlari bir necha bor yozib qoldirganlar. U faqat savdo,
tadbirkorlikka g‘amxo‘r bo‘lib qolmay, balki maorif, adabiyot va san’at sohasida ham
homiylik qilib, xalqning ma’naviyati va madaniyatini rivojlantirishga ham katta
ahamiyat bergan.
Hozirda O‘zbekiston o‘zining rivojlanishida tub burilish davrida bo‘lib,
iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Mazkur jarayonlarda
yangiliklarga yo‘g‘rilgan kuchli ta’lim texnologiyalarini izlab topib,
amaliyotda
qo‘llash hamda tegishli natijalarga erishish – ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor
dolzarb vazifalardan biridir.
Mazkur vazifalarning asosini quyidagilar tashkil etadi:
- kelajak avlodni bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashga hamda jadal
rivojlanayotgan jamiyatda faoliyat yuritishga tayyorlash;
- o‘quvchilarga ta’lim berishda asosiy e’tiborni katta hajmdagi ma’lumotlarga
asoslangan nazariy bilimlarga emas, balki olgan bilimlarni mustaqil, tanqidiy fikrlash
asosida mavjud muammolarni yechishga yo‘naltirish;
- o‘zgarishlarga
doimo tayyor turishga, «yuqori informatsion xuruj»lar
sharoitida to‘g‘ri xulosalar qilib, harakat qilishga o‘rgatish.
-85-
O‘z o‘rnida ta'lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida yangidan-yangi
pedagogik texnologiyalarni izlab topishni, har bir masalaga ijodiy yondashishni talab
etadi. Ta’lim va tarbiya, shaxs rivojlanishi yo‘lida albatta o‘quvchining
intellektual
faollik darajasini aniq bilgan holda darslar tashkil etilsa albatta yaxshi natija beradi.
D.B. Bogoyavlenskayaning nazariyasiga binoan, intellektual faollikning 3 ta
darajasi mavjuddir.
1. Reproduktiv. Yuqori chegarasi – qiziqish, quyi chegarasi sinalayotgan
odamning vazifasiga nisbatan sustligi.
2. Evristik. Faoliyatni takomillashtirishga intilish paydo bo‘ladi,
yechimning
yangi usullarini topishga nisbatan intilish vujudga keladi.
3. Kreativlik. Bu intellektual faollikningyuqori darajasi bo‘lib, uning
yordamida vazifani yo‘lga qo‘yishdagi tashabbus, nazariy umumiy xulosalar, o‘zaro
bog‘likliklar, sabab-oqibatlar aniqlanadi.
Hozirgi tavsiyamizni reproduktiv va evristik intellektual faolligini kreativ
darajaga yetishiga poydevor bo‘ladi degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: