-103-
Kalit so‘zlar:
jahon sivilizatsiyasi, “yetti qo‘l”, qanbul, janglar, Yevropa
davlatlari, “Temur tuzuklari”.
Barchamizga ma’lumki, yigirma birinchi asr texnika hamda texnologiya
asridir. Dunyoning turli burchaklarida taniqli davlat va jamiyat arboblari, olimlar va
adiblar ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlatimiz, xususan,
Sohibqiron Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va madaniyati rivojiga qo‘shgan
munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda.
Tarixiy hujjatlarning
dalolat berishicha, 14-asrning 70-yillaridanoq Yevropa
davlatlari vakillari Movarounnahrga kelib, bu yerdagi yangi mustaqil davlatning
qudrati va salohiyati bilan jiddiy qiziqqanlar. Amir Temur o‘zining markazlashgan
davlati uchun tuzilgan tom ma’nodagi Konstitutsiyasi bo‘lgan “Temur tuzuklari”
kitobi asosida boshqargan. Amir Temur ot surgan paytda dunyo qanday qiyofada edi?
Bundan 680 yil oldingi manzarani ko‘z oldimizga keltirsak,
odamzod bugungi
Amerika qit’asini bilmas ham edi. Evroosiyo materigi odamlari esa daraxt yaprog‘iga
yopinib, cho‘qmor bilan ayiq, baliq ovlab, qorin to‘yg‘azib yurgan edi. Bu davrda
Sohibqiron saltanati buyuklikka erishib,zolimlar jilovlangan,
xalq osoyish topgan,
davlat esa takomillashgan edi.
Amir Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi oson bo‘lmagan albatta.
Bu qon to‘kishlar va shiddatli janglar natijasidir. Shu o‘rinda ayrim janglarni eslash
joizdir.
-Terek daryosi yonidagi jang (1395-yil, 15-17-aprel) Temur bu jangda 200 000
qo‘shin bilan jang qilgan,yutug‘i – taktik jihatdan bu harbiy qo‘shilmalar mustaqil
harakat qilgan va bosh qo‘mondonga bo‘ysungan.
-Jangi loy – Temur va Husayn ibn Musalabning Jeta (Mo‘g‘uliston) xoni
Ilyosxo‘ja bilan bo‘lgan.
-Anqara jangi – (1402-yil 12-iyul) Amir Temur va turk sultoni Boyazid I
Yildirim o‘rtasida bo‘lgan.
-104-
- Qunduzcha jangi (1391-yil 18-iyun) Amir Temur va Oltin O‘rda xoni
To‘xtamish qo‘shini o‘rtasida bo‘lgan.
Xuddi shunga o‘xshagan bir necha janglar va g‘alabalar buyuk davlat asosi
uchun poydevor bo‘lgan desak adashmaymiz. Masalan, qumbul (qunbul, qanbul)
(mog‘ulcha –
markazni qurshamoq, qanot muhofazasi,qo‘shin qanotlarini dushman
hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism) Amir Temur jahon harbiy san’ati
tarixida birinchi bo‘lib jang maydonida 7 qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy
etgan.
Amir Temur yoshligidan noyob qobiliyat, aql va tafakkurga ega ekanligi
ma’lum. Shuning uchun ham boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar qura olgan.
Qudratli
davlat shakllangach, Kastiliya va Leon qiroli Don Enrike III, Fransiya
hukmdori Karl VI,Angliya qiroli Genrix IV saroyga elchilar yuborgan va diplomatik
aloqalar o‘rnatganlar. Sohibqiron elchisi arxiyepiskop Ioanning “Amir Temur va
uning saroyi haqida xotiralar” asari ham o‘tgan 600 yil mobaynida diplomatik aloqa
haqida turli tillarda yaratilgan 1000 dan ziyod asarlar orasida ishonchli va xolis
manba sifatida alohida o‘rin tutadi. Turli mamlakat diplomatlari bu shaxs bilan
aloqalar o‘rnatishga harakat qilganlar.
Yuqorida
aytilganidek, “Temur tuzuklari” davlat boshqaruvi uchun asos
bo‘lgan. Quyidagi iqtiboslar shu asardan keltirilgan. “
…Mening qattiqqo‘lligim,
bag‘ritoshligim, eng avvalo, xalqimning tinchligi, saltanatimning ravnaqi uchundir.
Dushmanlarimga ayovsizligim rost. O‘g‘rilik, talonchilik, zo‘ravonlik ildizlariga
qattiqqo‘llik bilan bolta urilmasa, muloyimmijozlik bilan natijaga erishib
bo‘lmaydi…
”, “
…Ehtiyot bo‘ling, sharob, may va boshqa kayf beruvchi narsalardan
saqlaning. Agar unga ruju qo‘ysangiz, bilingki, mulkingiz barbod bo‘ladi,
hokimiyatingiz qulaydi
”.
Manbalar Amir Temurni mohir strateg, omadli sarkarda deb ta’riflaydi va
uning e’tiqodi, saltanatida dinlarning o‘rni, holati xususida quyidagilarni yozadi.
Saltanatda diniy huquq hukmron bo‘lsa-da, Temur shu qadar dono ish yuritar ediki,
o‘zini islomning sodiq bandasi sifatida bir necha bor amalda isbotlab bergan.
-105-
Onlayn kitob ilovalarida fransuz yozuvchisi Marsel Brionning “Men kim
Sohibqiron – jahongir Temur” deb nomlangan kitobiga ko‘zim tushib qoldi. Asarni
o‘qir ekansiz,
unda Temur hayoti va faoliyati, markazlashgan davlat asoschisi
ekanligiga amin bo‘lasiz. Dastlab muallif Amir Temurga bag‘ishlangan “Temurlan”
ocherkini 1942-yilda chop ettirdi.
Odamzod naslining bir vakili hayotligida qanday bo‘hronlarni boshdan
o‘tkazgan. Nima bo‘lganda ham Amir Temur xuddi poytaxtda o‘rnatilgan muhtasham
haykal kabi insoniyat tarixi xiyobonida hech narsani pisand qilmay, mag‘rur turibdi.
Shunday mahalda beixtiyor biz uni buyuk davlat asoschisi, mohir diplomat deya
baralla ayta olamiz.
Dostları ilə paylaş: