1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: 
“O‘zbekiston”, 2008-yil. 
2. 
“Amir Temur o‘gitlari” 1996-yil 
3. 
Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari “Sharq” 2016,2019-yil 
4. 
Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma” “Toshkent” 1991-yil 
5. 
“Amir Temur ajdodlari” “Qomuslar Bosh tahririyati “Toshkent” 1992-
yil. 
 


-100- 
Fayziyeva Nilufar Erkinovna 
Romitan tuman 41-IDUM o‘qituvchisi
AMIR TEMUR DAVLATINING RAMZLARI 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Amir Temur davlatining ramzlari xususida 
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Amir Temur tarixini o‘qitishning dolzarbligi 
xususida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar:
davlat ramzlari, bayroq, Amir Temur, madhiya, mo‘g‘ullar 
hukmronligi, Sayyid Baraka. 
 
Bugun biz xalqimizning ko‘z oldimizda bunyod bo‘layotgan yangi tarixiga 
nafaqat guvohmiz, balki bu tarixiy jarayonning bevosita ishtirokchilarimiz. Shuning 
uchun ham yaqin o‘tmishimizda yuz bergan voqea-hodisalarni to‘laqonli va haqqoniy 
aks ettirish ham bizning burchimizdir. 
Amir Temur shaxsiyatini tiklash va uning nomini tarixiy mavqeyiga munosib 
tarzda dunyoga tanitish g‘oyasining paydo bo‘lishi va amalga oshirilishi 
hammamizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi. 
O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni qaytarib bergani bilan ham 
alohida qadrlidir. Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi. 
XIV asrning 2-yarmi va XV asr vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy, 
tarixiy saboq davri hisoblanadi. Chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal 
tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari 
oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatida tushib qolgan mamlakatimiz 
o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu diyorda Amir Temur boshchiligida 
yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil feodal davlat tashkil topdi. 
Markaziy Osiyo xalqlari ostida yuz bergan bu tarixiy voqeada, shubhasiz, Amir 
Temurning xizmati g‘oyat buyukdir.Yirik davlatni yaratib, Amir Temur 
mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan 
davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. Yaqin va 


-101- 
O‘rta Sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga 
aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa 
qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan.
Masjid, madrasa, maqbara, karvonsaroy va hammomlarning katta binolari qad 
rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga 
aylanib qolgan. Bunyodkorlik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy 
maqsadlarga amal qilgan. U qurdirgan inshootlar saltanatning kuch-qudratini 
ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan.
Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi. 
Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Yevropa qirolliklari bilan savdo-diplomatik 
aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng, g‘arbiy 
Yevropa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi.
Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar kabi yirik 
sarkardalar bilan bir qatorda turadi. Amir Temur – insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli 
shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda u haqidagi bilimlarimizda ham 
hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi. O‘z davlatining kuch-
qudratini oshirib, uni mustahkamlash uchun Amir Temur davlatining boshqa 
davlatlarga o‘xshab o‘z ramzlari – davlat bayrog‘i, gerbi va mamlakatning madhiyasi 
mavjud bo‘lgan. Bu davlat bayrog‘iga moviy osmon, butun koinotga ta’sir qiluvchi 
quyosh va hayvonlarning eng qudratlisi sher suratini aks ettirgan. Alloh yaratgan eng 
buyuk mo‘jiza quyoshdir. Quyosh hammaga rizq-ro‘z ulashadi. Shuning uchun nur 
sochib turgan quyosh ramzi bayroqda asosiy o‘rin tutgan. Amir Temur ovni 
yoqtirgan, hayvonlarning qudratlisi sher unga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Moviy osmon 
esa beg‘uborlik, tiriklik ramzi sifatida qabul qilingan. Davlat bayrog‘ini maxsus 
bo‘linma jangchilari qo‘riqlashgan. Jang paytida bayroq eng baland joyda hilpirab 
turgan. Bayroqning yiqitilishi, dushman tomonidan qo‘lga kiritilishi mag‘lubiyat 
hisoblangan. 
Davlat tamg‘asi yoxud davlat gerbi uchburchak shaklda bo‘lgan. 
Sohibqironning uch iqlimda shimol, janub, g‘arb ya’ni uchta qit’a, 27 mamlakatga 


-102- 
hukmronligiga ishora qilingan. Davlat gerbi mamlakatning rasmiy qog‘ozlarida, 
yorliqlarida va mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarda o‘z ifodasini topgan. 
Hatto otlarning taqasida ham tamg‘a belgisi ifodalangan. Qilich, egar-jabduq, 
gazlamalarda tamg‘a bo‘lgan. Unda “Kuch adolatda!” ya’ni “Rosti-rusti” uning 
uzugida yozilgan. 
Sohibqiron saltanatining madhiyasi ham bo‘lgan. Bu madhiya “Alloh yor” deb 
nomlangan. Davlat bayramlari paytida, harbiy yurishlarda, jangga kirishishdan oldin 
harbiy ko‘riklarda bu madhiya yangragan va hamma ishda Alloh yor bo‘lsin deb 
da’vat etilgan. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘rta Osiyoda Temur va Temuriylar davrida 
madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movaraunnahr va 
Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal tojini Buyuk Sohibqiron Amir Temur 
qo‘ygan edi. O‘zining mustaqil davlatchilik yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda 
Sohibqiron saltanatidagi ko‘pgina foydali jihatlar o‘z ifodasini topgan. 
Bayrog‘imizdagi moviy rang, ichki siyosatda “Kuch adolatda!” degan shiorlarni 
amalga oshirilishi huquqiy davlat barpo etilishi sari qo‘yilayotgan qadam bularning 
isbotidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin