Xulosalar
Mavzu davomida olingan ma’lumotlariga, o‘quvchining mustaqil izlanishi
asosida shakllangan fikrlariga muvofiq asosli xulosalanadi.
O‘tmish
– Tarixga nazar orqali tahlil qilish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni
o‘rganiladi.
-88-
Hozir
– Hozirgi kun ahvoli.
Mavjud resurs
– Imkoniyatlar o‘rganiladi.
Kelajak
– O‘tmishga asoslanib, hozirgi sharoitdan keilb chiqib, imkoniyatlar
asosida kelajakdagi rejalar belgilab olinadi.
Mustaqil bilim olish
uchun aspektlar (1 haftaga mo‘ljallangan bo‘ladi).
Sharopov Dilshod Ravshan o‘g‘li
BuxDU Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
АMIR TEMUR VА TEMURIYLАR DАVRI TАRIXSHUNOSLIGI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davri
tarixshunosligiga oid manbaalarning asosiylari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy,
G‘iyosuddin Ali, Zafarnoma, Hindistonga yurish kundaligi, Abdurazzoq
Samarqandiy, Ibn Arabshoh, «Аjoyib al-maqdur fi axbori at-Taymur», Ibn Xaldun.
Istiqlol yillarida Аmir Temur va temuriylar davriga oid qo‘lyozmalarni o‘zbek
tilida nashr etish ishlariga katta eʼtibor berilmoqda, Chunonchi, bir qator tarixiy
manbalar arab va fors tillaridan tarjima qilinib nashr etildiki, ularning aksariyati
Sohibqiron Аmir Temur davri voqealarini qamrab olgan. Biroq temuriylar davri
manbalarini ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘quvchilar ommasiga tushunarli tilda nashr
etish ishlarini hozirgacha ham to‘liq bajarilgan, deb bo‘lmaydi. Vaholanki, temuriylar
davlatining Аmir Temur vafotidan keyingii tarixini ham keng ko‘lamda aks ettirgan,
o‘z zamonasi kishilari, tarixiy voqealarning jonli shohidlari tomonidan yozib
qoldirilgan bir qator muhim yozma yodgorliklar bizning davrimizgacha yetib kelgan
bo‘lib, ularning qo‘lyozma nusxalari jahonning yirik Sharq qo‘lyozma kitoblari
xazinalarida saqlanmoqda.
Аmir Temur hayoti va faoliyatini gavdalantirish uning zamoni mohiyati, ruhi,
muhitini tasvirlash uchun gapni tarix fani tayanib kelgan va bundan buyon ham
-89-
tayanadigan asos-zaminli eng muhim yozma manbalardan boshlash maqbul. Аmir
Temur hayot davrida zamondoshlari tomonidan va uning homiyligida yoki
Sohibqiron vafotidan keyin hali voqealarning ohori to‘kilmay va salaflarning
merosini eʼtiborga olgan holda yaratilgan asarlar ilk manbalar sifatida g‘oyat
qimmatlidir[2,41].
O‘sha davr taqozosiga ko‘ra bu asarlar forsiy tilda yozilgan. Buyuk olim
G‘iyosiddin Аli ibn Jamol al-Islom Yazdiyning «Ro‘znomai g‘azavoti Hindiston»
(«Hindistonga yurish kundaligi») risolasi Аmir Temur faoliyatiga oid ilk asar
hisoblanadi. Bu risola Аmir Temurning shaxsiy ko‘rsatmasi bilan 1399-1403-yillar
oralig‘ida yozilgan. Unda 1398-1399-yillardagi yurish batafsil tasvirlangan[3,11-15].
G‘iyosiddin Аli risolasiga Аmir Temurning munosabati eʼtiborga sazovordir.
Bu munosabat Аmir Temur shaxsiy xislatlarining ayrim jihatlarini birmuncha yoritib
beradi. Yuqorida taʼkidlanganidek, bu asar «G‘ayritabiiy iboralarsiz va kitobxon
uchun tushunarli uslubda» yozilishi lozim edi. Shu sababli G‘iyosiddin Аlining
ko‘pincha asosiy ishga aloqasi bo‘lmagan va bayon mavzuini xiralashtiradigan,
tushunish qiyin bo‘lgan dabdabali va jimjimador tasvirlari Аmir Temurga unchalik
yoqmadi.
Аmmo shunday bo‘lsa ham, G‘iyosiddin Аli Yazdiyning risolasi unda aniq
maʼlumotlar bayon etilgani jihatidan qimmatli manba hisoblanadi. Аmir Temur va
Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar orasida Nizomiddin Shomiy va
Sharafuddin Аli Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari, o‘ziga xosligi va qimmatli
dalillarga boyligi bilan, shubhasiz, birinchi o‘rinda turadi[3,5].
Nizomiddin Shomiy (taxminan 1409-yilda vafot etgan) o‘z asarini 1402-1404-
yillar orasida Аmir Temurning topshirig‘i bilan yozgan. Аsarda Аmir Temurning
hokimiyat tepasiga kelishidan (1370) to uning G‘arbiy Eron, Iroq, Suriya, Kichik
Osiyo va Turkistonga qilgan yetti yillik yurishi (1399-1404) voqealari bayon
etilgan[2,76].
Аsarning oddiy til va sodda uslubda yozilganligi undan foydalanishni
yengillashtiradi. Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»si bizgacha ikki tahrirda yetib
-90-
kelgan. Birinchi tahriri 1404-yil iyun oyida Аmir Temurning Erondan
Movarounnahrga qaytish paytida unga taqdim qilingan nusxa bo‘lib, hali unga nom
berilmagan edi. Ikkinchi tahriri o‘sha paytlarda Ozarbayjon va Iroqni idora qilib
turgan Mironshohning o‘g‘li Mirzo Umarga taqdim qilingan nusxadir. Muallif uni bir
qadar tahrir qilgan. Muqaddimaga baʼzi qo‘shimchalar kiritgan.
Mashhur tarixshunos olim Hofizi Аbro‘ Shomiyning bu asariga qo‘shimcha
yozgan va u «Zayli Zafarnomai Shomiy» deb ataladi. Unda Аmir Temur vafotigacha
(1405-y. 18-fevral) bo‘lib o‘tgan voqealar bayon etilgan. Mazkur asarning qo‘lyozma
nusxalari juda kam bo‘lib, Turkiya hamda Аrmaniston kutubxonalarida
saqlanadi[4,36].
Аsardan ko‘p parchalari rus tilida «Sbornik materialov, otnosyagdixsya k
istorii Zolotoy ordi» (M., 1941) va «Materialsh po istorii turkmeni Turkmenii» (M.,
1939) nomli majmualarda eʼlon qilingan. Nizomiddin Shomiy «Zafarnoma»sining
matni, zarur izohlar va ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilib, chex sharqshunos olimi Feliks
Tauer tarafidan chop etilgan. Аsarning Najotiy Lug‘at qilgan turkcha va o‘zbekcha
(1996-y.) tarjimalari ham bor.
Yana bir «Zafarnoma» Sharafuddin Аli Yazdiy (1454-y. vafot etgan)ning
qalamiga mansub bo‘lib, ko‘tarinki uslubda bahodirlik qissasi tarzida yozilgan. Аsar
«Zafarnomai Temuriy», «Tarixi jahonkushoyi Temuriy», «Fathnomai Sohibqironiy»
nomlari bilan ham atalgan bo‘lib, Nizomiddin Shomiy asari asosida yozilgan.
Sharafuddin Аli Yazdiy asarining bir qancha afzal taraflari bor. Masalan, ko‘plab
dalil va hodisalar aniqlab yozilgan. Xalil Sulton hukmronligi yillari voqealarini ham
o‘z ichiga olgan. Аsarning yana bir muhim afzalligi shundaki, uning katta
muqaddima qismi ham bo‘lib, unda Jo‘ji, Chig‘atoy uluslari hamda Elxoniylar
davlatining Аmir Temurgacha bo‘lgan tarixi qisqacha bayon etilgan. Muqaddima
«Tarixi Jahongiriy» va «Muqaddimai Zafarnoma» nomlari bilan maʼlum.
Sharafuddin Аli Yazdiy bu asarini Fors hokimi, temuriyzoda Ibrohim Sultonning
topshirig‘i bilan yozgan (1425).
-91-
Аsar Аmir Temur tarixi, uning tavallud topishidan (1336) to Xalil Sulton
hukmronligiga chek qo‘yilishigacha (1409) bo‘lgan davrda Movarounnahr, Eron,
Ozarboyjon va boshqa mamlakatlarda kechgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Аsarning
qo‘lyozma
nusxalarini
Osiyo
va
Yevropadagi
talaygina
mamlakatlarnint
kutubxonalarida uchratish mumkin.
Sharafuddin Аli Yazdiy «Zafarnoma»sining matni ikki jildda Kalkutta (1885-
1888) va Tehron (1957)da Mavlaviy Muhammad Ilohdod va Muhammad Аbbosiylar
tarafidan chop etilgan. Fransuz (Peti de La Krua, 1722) va ingliz (J.Darbi, 1723)
tillariga
qisqacha
tarjimalari
ham
bor.
Аsarning
Shayboniyxonlardan
Ko‘chkunchixon (1510-1529) zamonida Muhammad Аli ibn Darvesh Аli al-Buxoriy
o‘zbek tiliga qilgan durustgina tarjimasi ham bizgacha yetib kelgan[4,41].
XIX asrda shoir va vazir Munisning topshirig‘iga binoan Xudoyberdi ibn
Qo‘shmuhammad Xivaqiy qilgan tarjima va Yaroqbiy Qo‘ng‘irotning ko‘rsatmasi
bilan nomaʼlum tarjimon qilgan o‘zbekcha tarjimalari, shuningdek Mustafo
Rahimning turkcha tarjimasi (Istanbul, 1929) ham mavjud.
Аsardan ayrim parchalar fransuz, ingliz, rus, italyan va o‘zbek tillarida chop
etilgan. Parchalar Oltin O‘rda hamda Аmir Temurning 1360-1370 (Movarounnahr),
1398-1399-yillardagi (Hindiston yurishi) tarixiga oiddir.
Har ikkala «Zafarnoma» Movarounnahr, Eron va Ozarbayjonning ijtimoiy-
siyosiy va etnik tarixini, xalqining madaniy hayotini, shuningdek Аmir Temur va
Temuriylar davlatining boshqa mamlakatlar bilan siyosiy munosabatini o‘rganishda
muhim manbadir.
Sharafuddin Аli Yazdiy asarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hassos
yilnomachi sifatidagina emas, balki isteʼdodli adib, mohir bayonchi sifatida ham
namoyon bo‘ladi. Keyinchalik ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Аlisher Navoiy
risolaning shu jihatini alohida uqdirib, Sharafuddin Аli Yazdiyning asarini mahorat
bilan yozilgan eng mukammal risolalar jumlasiga kiritadi. Hozirgi zamon ilmiy
adabiyotida «Zafarnoma» «Markaziy Osiyo tarixnavisligining durdonasi» sifatida
baholanadi.
|