-110-
tarixiy libos,
bosh kiyim, oyoq kiyim, harbiy qurol va boshqa biror jihoz
tayyorlashlari lozim.
-
“Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi
bo‘yicha
barcha vazifalar, tashkilotchilik
tarix fani o‘qituvchisining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda oldindan
ishtirokchilarga e’lon qilingan darslik va qoshimcha adabiyotlar yuzasidan test
savollari tuzilib, metodbirlashma yig‘ilishida ekspertizadan o‘tkaziladi. E’lon
qilingan darslik va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘quvchilar o‘qishlari
uchun muddat
beriladi va 9 aprel kuni test olinadi. Natijalar yuzasidan g‘oliblar aniqlanadi.
-
“Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi
bo‘yicha mas’ul shaxs ona tili va adabiyot
fani o‘qituvchisi. Bu jarayonda o‘quvchi monolog, diolog, she’r yodlab aytishi, yoki
Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid ijodiy ish, insho yozib ishtirok etadi.
-
“Havaskor aktyor” nominatsiyasi
bo‘yicha mas’ul shaxs ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yiha direktor o‘rinbosari belgilanadi. Bu jarayonda ishtirokchi o‘zining
aktyorlik qobiliyatini namoyish etishi lozim. Amir Temur va temuriylar davrida
yashagan, hukmronlik qilgan, ijod qilgan biror shaxsni ijro etib berishi talab etiladi.
Ijro etayotgan roliga yarasha tashqi ko‘rinishga ham ega bo‘lishi kerak.
Haftalikning faoliyatini baholab borish uchun maktabning tasviriy san’at, ona
tili
va adabiyot, tarix, musiqa fani o‘qituvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosaridan iborat hakamlar hay’ati komissiyasi tarkibini shakllantirish va
metodbirlashma yig‘ilishida tasdiqlash. Hakamlar hay’atining xulosalari asosida
g‘oliblar aniqlanadi. Har bir hakam qo‘ygan bahosi uchun o‘quvchiga izoh beradi.
Ishtirokchi o‘quvchi o‘zining kamchiliklarini bilishi uning keyingi faoliyatida
yutuqlarga erishishiga asos bo‘ladi.
Taklif etilayotgan g‘oyaning afzalliklari:
1. Amir Temur va Temuriylar davri haqidagi bilimlar mustahkamlanadi.
2. O‘quvchilarning bosh vaqtlarini unumli o‘tkazishlari
uchun imkoniyat
yaratiladi.
3. O‘quvchilarning noyob qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun shart-
sharoitlar yaratiladi.
-111-
4. Ta’lim sifatini yaxshilashga, o‘quvchilarning
bilimini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
5. O‘quvchilarni tarixda yashagan ajdodlari bilan faxrlanishga undaydi hamda
ularga munosib voris bo‘lish tushunchalarini shakllantiradi.
Har bir ishtirokchi qilgan mehnati uchun albatta rag‘bat olishni istaydi.
Shuning uchun haftalik g‘oliblarini munosib baholab, ularni taqdirlashni ham tashkil
etish shart va zarur hisoblanadi:
1.
“Bilimdon” o‘quvchi nominatsiyasi
bo‘yicha baholashda o‘quvchining test
natijasiga e’tibor qaratiladi.
2.
“Mohir musavvir” nominatsiyasi
bo‘yicha ishtirokchiga tasviriy san’at fani
o‘qituvchisi baholaydi va izoh beradi.
3. “
Iqtidorli ijodkor” nominatsiyasi
bo‘yicha ishtirokchilarning ijodkorligiga
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi baho beradi va ijod
mahsullarining har biriga
izoh beradi.
4.
“Dono dizayner” nominatsiyasi
bo‘yicha ishtirokchilarni texnologiya fani
oqituvchisi baholaydi va yaratilgan dizaynerlik ishining
yutuq kamchiliklariga izoh
beradi
5.
“Havaskor aktyor” nominatsiyasi
bo‘yicha ishtirokchilarni maktabning
ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari baholaydi va yosh aktyorning
mahoratiga izoh beradi.
1. Har bir nominatsiya bo‘yicha munosib faxriy yorliqlar tayyorlash.
2. Haftalikda faol ishtirok etgan o‘quvchilarni ertalabki
saflanishda maktab
ma’muriyati tomonidan taqdirlash.
3. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni “maktab hayotidan lavhalar”
stendiga chiqarish. Ushbu faol, ijodkor, mahoratli, bilimli o‘quvchilardan
boshqalar
o‘rnak olishlari va ularning maktabdagi mavqelarini oshirish uchun.
4. Ijodkor o‘quvchilarning ijod mahsullarini maktab va tuman gazetalarida
chiqarish.
Dostları ilə paylaş: