1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/91
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166827
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

 


-112- 
Muxammedova Shozoda Boboqulovna 
Buxoro tuman 38-maktab o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR FAOLIYATINI O‘RGANISHDA JAHON TARIXI 
MANBASHUNOSLIGI 
Annotatsiya: 
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir 
Temur alohida o‘rinda turadi. G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlari Angliya, 
Fransiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat arboblari Temurga ijobiy baho 
berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni e’zozlab o‘quv yurtlari 
dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Amir Temur va temuriylar 
tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish faqat ilmiy va ma’rifiy ahamiyat kasb etib 
qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ham egadir. 
Kalit so‘zlar: 
manba, Taymur, muzey, Sohibqiron, esdaliklar, ko‘zoynak. 
Tarixda ulkan saltanatlar barpo etib, dunyo hukmdorligini da’vo qilgan 
jahongirlar ko‘p o‘tgan. Ammo ular orasida adolat va yuksalish g‘oyalarini shior tutib 
insoniyat tamadduniga salmoqli ulush qo‘sha olganlar sanoqli. Millatimiz faxri, 
g‘ururi bo‘lgan sohibqiron Amir Temur markazlashgan, qudratli davlat barpo 
etibgina qolmay, o‘z saltanatida adolat tamoyillarini o‘rnata olgan hukmdor sifatida 
jahon tarixida munosib o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg‘or va yetakchi davlatlari 
qatorida bo‘lishini ta’minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib 
bormoqda. Ular ona Vatan – O‘zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi 
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma’naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega 
bo‘lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki 
o‘tmishda o‘tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu 
kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik 
darajasiga erisha olmaydi[1]. 


-113- 
Tarixda o‘tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va 
faoliyati bunda asosiy mezon bo‘la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, 
diplomatik vaziyatlardan 
chiqib 
keta 
olish 
zakovati, 
mardligi, 
jasorati, 
vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot 
maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo‘lib qolishi lozim. 
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e’tirofiga sazovor 
bo‘lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir 
Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o‘rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni 
qanchalik mukammal o‘rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning 
sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va 
xos fidoiy farzandlari bo‘lib etishadilar. 
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida 
o‘rinda turadi. Ulug‘ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. 
Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o‘lchov bilan 
baholab bo‘lmaydi. Uning to‘g‘risida keragidan ortiqcha ko‘p kitoblar, maqolalar, 
esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o‘xshamaydi, bir-birini 
inkor etadi. Bu qo‘lyozma manbalarning ba’zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va 
davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lsa, boshqa 
birovlarida g‘arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko‘rolmaslik jarayonida turib, 
sub’yektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan[2]. 
Yevropa tarixchilari Amir Temurni Osiyodagi eng so‘ngi saltanat sohibi 
sifatida e’tirof etadilar.Buyuk sohibqiron qay tariqa bunday ulkan saltanatni barpo 
etdi, qaysi yo‘llar bilan uni tartibga keltirdi va bunga qanday omillar yetakchilik 
qildi? Saltanat tarixini bevosita yozib borgan muarrixlarning asarlari va boshqa 
manbalardan ma’lum bo‘ladiki, yagona bayroq ostida birlashtirgan Movorounnahr va 
Xuroson, Iroq va Shom, Kavkaz va Ozarbayjon, Arab yerlari, Dashti Qipchoq, Oltin 
O‘rda hududlari ijtimoiy siyosiy barqarorligini ta’minlash Amir Temur va uning 
a’yonlaridan katta kuch va mas’uliyat talab qilgan. Ma’lumki, sohibqiron yigirma 
yettita davlatni o‘z ichiga olgan saltanatni yetti vazir yordamida boshqargan. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin