-109-
Maktabda sinflar kesimidagi darsliklarda Amir Temur va Temuriylar mavzusi
faqatgina 5-sinf Tarixdan hikoyalar va 7-sinf O‘zbekiston tarixida mavjud bo‘lib,
boshqa sinf darsliklarida Amir Temur shaxsiga kam murojaat qilinadi. Vaholanki
bugungi kunda 33 davlatda 500 dan ortiq asarlar yaratilgan, qator davlatlar tan olgan
davlatchilik asoschisining hayoti,
boshqaruvchilik qobiliyati, ilm-fanga homiylik
qilganligi, bunyodkorligini mukammal o‘rganish hammamiz uchun farz ham qarzdir.
Tavsiya etilayotgan innovatsion g‘oya maktab o‘quvchilarini har yili Amir Temur va
Temuriylar davrini qayta-qayta o‘rganishga, mukammal bilimga ega qilishga hamda
buyuk sohibqironning avlodi ekanligi bilan faxrlanishga, munosib avlod bo‘lishga
undaydi.
Maktab ma’muriyati “Temuriylar haftaligi” ning tashkilotchisi hisoblanadi.
”Temuriylar
haftaligi”ni
tashkil
etish,
o‘tkazish
Ijtimoiy
fanlar
metodbirlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Temuriylar haftaligi”ning o‘tkazilish tartibi
quyidagi tartibda amalga
oshirilidi:
1. Haftalik o‘tkazilishi yuzasidan e’lonlar maktabning ertalabki saflanishida
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan aytiladi.
2. Haftalikda ishtirok etish uchun 5-11-sinf oquvchilarining barchasi jalb
etiladi.
3. Haftalik kunini aniq belgilash lozim (1-10 aprel kunlari qamrab olinadi).
4. “Temuriylar haftaligi” ni maktab o‘quvchilari o‘rtasida, yo‘nalishlar
kesimida o‘tkazish:
-
Dostları ilə paylaş: