-96-
Ana shunday sir-sinoatlar qurshovida farzand tug‘ildi. Endi unga ism qo‘yish
kerak edi. Ota chaqaloqni pir Shamsiddin Kulol huzuriga olib boradi. Ularni tashrifi
pirga ayon bo‘ladi. Shamsiddin Kulol otani qutlab qo‘liga bir hovuch bug‘doy va
mayiz bergan va “Ularning sonicha avloding hukmron bo‘ladi” deb karomat qilgan,
ular soni 370 ta bo‘lgan ekan. Shayxning oldiga kirganlarida ul zot Qur’ondan
“Aamintum man fi-s-samaai-yaxsifa bikumu-l arza fa iza hiya tamuru” (67-Mulk
surasi, 16-oyat)ni o‘qib o‘tirgan ekan. Shundan oyatdagi “tamuru” so‘zidan bolaga
“Temur” ismini beradilar. Mulk surasi (“mulk” so‘zi arab tilida podshohlik,
hukmronlik ma’nosini bildiradi). “Taborak” deb boshlangan shu so‘z bilan ko‘op
qiroat qilinadi (Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari 38-39 bet).
Amir Temurning harbiy yurushlari tarixiga bag‘ishlangan asarlar bobomiz
tirikligidayoq yozilgan bo‘lib, bu an’ana Shohruh davrida ham davom etgan.
Tarixchilar Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”, Hofizi Abruning “Zubdat at-
tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”
Fasih Ahmad Xavofiyning
“Mujmali Fasihiy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla as-sa’dayn”, Ibn
Arabshohning “Ajoyib al-maqdur” kabi asarlar hamda Amir Temur Ispaniya qiroli
Genrix III, Fransiya hukmdori Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar
yuborib, mutanosib ravishda ispaniyalik, fransiyalik,
angliyalik, xitoylik va boshqa
qator xorijiy elchilarni o‘z saltanatida qabul qilgan ularning esdaliklari ham muhim
manbalardir (Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari 14-15 bet)(Salohiddin
Toshkandiy “Temurnoma” 7-bet).
Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI yozgan xatidagi quyidagi fikr diqqatga
sazovordir. “
Siz o‘z savdogarlaringizni mening saltanatimga yuboring. Biz ularni
ulug‘ qarshi olib izzat-ikrom ko‘rsatamiz. Biz ham o‘z savdogarlarimizni sizning
yurtingizga yo‘llaymiz. Siz ham ularga hurmat ko‘rsating, ularga ortiqcha vazifalar
qilinishiga yo‘l qo‘ymang. Sizga bundan bo‘lak talabim yo‘q. Zero, dunyo ahli savdo
ila obod bo‘lajak
” Qarang, qanday oddiy va aniq fikr. Demak, Amir Temur tashqi
savdoga katta e’tibor bergan.
-97-
“
Tajribamda ko‘rilgankim, azmu qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli
bir kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshiroqdir
”. Demak, Amir Temur
bobomiz tadbirkorlarni juda qadrlagan. Amir Temur bobomizning bunday chuqur
ma’noli, hikmatlari xalqimizda qadimdan mavjud bo‘lgan. “Bilagi zo‘r birni, bilimi
zo‘r mingni yiqar” degan maqolga g‘oyat hamohang bo‘lib, insonni doimo aql-idrok,
adolat va yuksak ma’naviyat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir (“Amir
Temur o‘gitlari” 11-bet).
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Amir Temur surati saqlanganmi? Ul zotning
qiyofalari qanday bo‘lgan? Kimlar uni tarbiyalashgan?
Lekin afsuski,
Amir Temur ham, Mirzo Ulug‘bek ham o‘z vaqtida suratlarini
chizdirib qo‘yishmagan ekan. Shu sababdan ularning surati va siyratini yaxshi
bilmaymiz. Hammamiz ularni sho‘rolar davrida antropolog olim M.Gerasimov
“yaratgan” byust orqali bilamiz. Bu suratda bobomiz badbashara,
jahldor qilib
tasvirlangan edi. Sababi M.Gerasimov Qizil imperiya tuzumining ko‘rsatmalariga
bo‘ysunib, shunday ish qilgan edi. Chunki, o‘sha zamonlarda Amir Temur bobomiz
qoralangan, asl siymolari qolib uydurma qiyofa yaratilgan edi. Vaholanki, Amir
Temur bobomizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, yetti yil uning saroyida istiqomat qilib,
suhbatlariga musharraf bo‘lgan va tarbiyasini topgan tarixshunos olim Ibn Arabshoh
Hazrat sohibqironni bunday tasvirlaydi: “
Dostları ilə paylaş: