-87-
5-bosqich
Asosiy fikrlarni ajratib olish
– O‘z fikrlari ichidan eng muhimlarini belgilab
oladi.
6-bosqich
Mustahkamlash
– darsning zarur bosqichi bo‘lib, nafaqat o‘quv materialini
o‘zlashtirish natijasini ko‘tarish, balki o‘quvchilarni qiziqtirish, ular ongida mantiqiy
bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Birinchi qadamdan oxirgi qadamgacha bo‘lgan bosqichlardagi eng muhim
aspektlarni belgilab olish.
7-bosqich
IQ-Baholash
IQ- bu psixologiya fanining turli boshqotirma sifat masalalar, testlar orqali
kishining intellektual salohiyati (qobiliyati), uning aqliy taraqqiyoti, bilimlari
darajasi, tevarak-atrofdagi voqyea-hodisalarni qabul qila olishi, ya’ni tahlil eta olish
darajasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi hisoblanadi. Hozirgi dunyoning rivojlangan
davlatlarida kishining IQ darajasi psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan qator
uslubiy amaliyotlar orqali aniqlab, o‘qishga, ishga qabul qilishga muhim (zaruriy)
imtihon vazifasini o‘tamoqda.
Baholash – darsning asosiy turtki beruvchi qismi. Baholash adolatli,
ko‘rgazmali, egiluvchan bo‘lishi va nisbiy bo‘lmasligi kerak. Baholash
o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishi zarur. Baholash jarayonida o‘quvchilarning
umumiy fiziologik-psixologik xususiyatlarini, shu bilan birga, har bir o‘quvchining
tabiatiga xos jihatlarini inobatga olish kerak. Jamoaviy, o‘z-o‘zini, guruh bo‘lib
baholash turlaridan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: