-62-
Jalliyeva Dilnoza Xusenovna
Olot tuman 2-IDUM o‘qituvchisi
AMIR TEMURNING HARBIY TASHKILOTCHILIGI VA SARKARDALIK
MAHORATI
Annotatsiya
: Ushbu tezisda Amir Temurning harbiy tashkilotchiligi, janglarni
olib borish taktikasi, sarkardalik mahorati, haqida, qolaversa razvedka va
kontrrazvedka siyosati haqida qisqacha so‘z boradi.
Kalit so‘zlar
: ra’d, zarbzan, manglay, barong‘or, javang‘or, hirovul, amir ul-
umaro.
Buyuk lashkarboshi va harbiy tashkilotchi hisoblangan Amir Temur intizomli
armiya tuzishga, jang paytida qo‘shin qismlarini odilona boshqarishga, jang taqdirini
hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik
bilan yuborishga, mavjud to‘siq va
g‘ovlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga, qo‘shindagi jangavor ruhni yuksak darajada
ushlab turishga erishgan. Amir Temur va temuriylar armiyasiga chorvadorlar,
hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi ham jalb
qilingan. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil etgan otliq askarlar bilan bir
qatorda, piyodalar ham xizmat qilgan.
Taktika jihatda Amir Temur lashkari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan.
Razvedka (sinchilik) a’lo darajada yo‘lga qo‘yilgan.
-
Josuslar
– deb yozadi Ibn Arabshoh, –
chor atrofda bo‘layotgan hodisalar va
ularning xabarlarini Temurga yetkazib, manzilu shaharlarni tavsiflar edilar
.
Razvetka xabarlarini zudlik bilan yetkazish to‘g‘risida ham qiziq ko‘rsatmalar
berilgan.
“
Amr qildimki
, – deb yozadi Amir Temur, –
mingta tezyurar tuya mingan,
mingta ot mingan yelib yuguruvchi kishini chopqunchi, mingta tezyurar piyodani
chopar etib tayinlasinlarki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini, qo‘shni
-63-
hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib xabar qilsinlar, toki
biron kor-hol, voqea yuz bermasidan burun chora ilojini qilaylik
”.
Tarixdan ma’lumki Amir Temurning kelini Sevinchbeka
eri Mironshohning
Sultoniyada qilayotgan beboshligi haqida shaxsan o‘zi qaynotasiga xabar yetkazgan
va saltanat boshiga kelayotgan xavf bartaraf etilgan.
Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib armiyaga o‘tsochar qurol-to‘p
(ra’d)ni
olib
kirgan.
Temuriylar
davrida
bu
qurolning
boshqa
turlari(zarbzan,farangi,qozon va h.k) keng yoyildi. Tog‘li hududlarda jang
harakatlarini olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Amir
Temur jahon harbiy ish tarixida birinchilardan bo‘lib qo‘shinni jang maydonida 5 ta
bo‘lakdan farqli ravishda 7 ta qo‘lga bo‘lib joylashtirish tartibini joriy etgan. Bu
haqda mashhur tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy yozib qoldirgan. Bu yangilik
keyinchalik To‘xtamishxon, Shayboniyxon singari turkiy sarkardalar tomonidan
o‘zlashtirilgan va takomillashtirilgan. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha,
Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat maxsus bo‘linmalar bo‘lib,
ular erkaklar
bilan bir safda turgan, janglarda qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan.
Temuriylar armiyasi son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi
takomillashib borgan, o‘z vaqtining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan,
qismlar biri biridan kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday
farqlanish qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan.
Sohibqironning harbiy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan
xizmatlaridan yana bir
jang paytida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan himoya qilish va o‘z navbatida,
g‘anim kuchlarini o‘ng tomonidan aylanib o‘tib, unga orqadan zarba berish
maqsadida tuzilgan otliq qism – qanbulning joriy etilishi bo‘lgan. Bunday yangi
harbiy qism Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Chingizxon,
Lyudovik XIV kabi
atoqli sarkardalar qo‘shinida bo‘lmagan. Shayboniyxon qo‘shinida bunday qism
mavjud edi va u “to‘lg‘ama” atamasi bilan nomlangan.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Amir Temurning 12 ming kishilik
qo‘shini jangga quyidagi tartibda kirgan. Dastlabki to‘qnashuvni ayg‘oqchilik bilan
-64-
mashg‘ul qorovul qism boshlab bergan. Shundan so‘ng o‘ng va chap qanot ilg‘or
qismlari – barang‘ur hirovuli va javang‘or hirovuli madadida asosan ilg‘or qism –
manglay jangga kirgan. Manglay ortidan barong‘or hamda javang‘orning qolgan ikki
bo‘lagi – chopovul va shiqovul ketma-ket harakatga kelgan. Ushbu kuchlar
dushmanni mag‘lub
etishga kifoya qilmasa, oliy qo‘mondon (amir ul-umaro)
boshchiligidagi markaz (qo‘l) hal qiluvchi hujumga tashlangan.
Sohibqiron lashkar qatnashgan ulkan janglarning taktik borish manzarasi
quyidagicha bo‘lgan: qo‘shin markazi 40 bo‘lakka taqsimlangan va Oliy
qo‘mondonga itoat qilgan. Ushbu bo‘laklarning sara jangchilaridan tashkil topgan 12
bo‘lagi safning qatorida, qolgan 28 bo‘lagi ikkinchi va uchinchi qatorlarda
joylashgan. 40 bo‘lakning o‘ng tarafi oldida amirzodalar qismlari, so‘l
tarafi oldida
qarindoshlar va ittifoqchilar qismlari saf tortgan. Ikkinchi qatorning barang‘orida 6
bo‘lak o‘z ilg‘ori – hirovul bilan o‘rin egallagan. Ayni shu miqdordagi bo‘lak va
hirovulga javongor ham ega bo‘lgan. Ikkinchi qator barang‘ori va javong‘ori oldida
yuqoridagi tartibda birinchi qator qismlari joylashgan. Uning oldida bosh ilg‘or –
manglay (yoki kata hirovul) harakatda bo‘lgan. Yengil suvoriylardan iborat ikki
bo‘lak armiyani qo‘qqisdan bo‘ladigan hamladan muhofaza qilish, dushman kuchlari
harakatini kuzatish bilan band bo‘lgan.
Temuriylarga ko‘plab zafarlar keltirilgan bu harbiy tartibga keyingi davrlarda
mintaqani boshqargan shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar, qo‘ng‘irotlar va
minglar sulolasi davrida ancha o‘zgartirish kiritilgan.
Shunday qilib Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish
bilan bir qatorda
razvedka va harbiy sohada o‘ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati
bilan dunyoni lol qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: