-40-
Venetsiyaning Damashqdagi konsuli bo‘lgan. U Venetsiya senatining topshirig‘iga
muvofiq Amir Temur haqida ma’lumotlar yiqqan. Uning to‘plagan materiallari ham
hozirgi kunda Venetsiya arxivida saqlanmoqda va nashr etilganicha yo‘q.
Temurning hukmronlik davri bilan bog‘liq yana bir muhim tarixiy manba – bu
ispaniyalik elchi Rui Gonsalez de Klavixoning kundaliklaridir. De Klavixo 1404
yilda Lion va Kastiliya qiroli Genrix III ning topshirig‘i bilan Samarqandga keladi.
Uning asari
"Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi"
deb ataladi. G‘arbda
Uyg‘onish (Renessans) davrida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan
ko‘plab asarlar nashr etildi. Klavixoning («Buyuk Amir Temur tarixi va elchilik
safari bayoni») asari 1582 yil Seviliyada nashr etildi. Asar undan keyin yaratilgan
tarixiy va badiiy asarlar uchun asosiy manba bo‘lib qoldi. Jumladan, Pero Meksika
o‘zining
«Silva de varia leccion»
(«Turli ma’ruzalar majmuasi») to‘plamiga kirgan
«Vida delgran Tamerlan»
(«Buyuk Amir Temur hayoti») nomli essesida Klavixodan
juda ko‘p narsa olgan[5, 83]. Meksikaning bu asari XVI asrning o‘zida ikki marta
ingliz tiliga tarjima qilingan. Uni dastlab Tomas Fortesku (Thomas Fortescue, The
Forests, 1571), so‘ng Jorj Uetston (George Whetstone, English Myrror, 1586) tarjima
qilganlar.
1553 yil italyan muarrixi Petro Perrondinining
«Magni Tamerlani Scytarum
Imperatoris Vita»
(«Skiflar imperatori Amir Temurning hayoti») asari e’lon qilindi.
Ahmad ibn Arabshohning asari ham shu asrda Yevropa tillariga, jumladan, abbat Jan
dyu Bek (Jean du Ves) tomonidan «
Histoire de grand Tamerlan tiree des monuments
antiques des Arabes»
(«Arablarning qadimiy yodgorliklaridan olingan buyuk Amir
Temur tarixi») nomi ostida fransuz tiliga tarjima qilindi. Amir Temurning hayoti va
faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab manbalar hali to‘lig‘icha tadqiq etilmagan, ayniqsa,
lotin tilida yozilgan manbalar shular jumlasiga kiradi. O‘z davrining buyuk siymosi
Amir Temur Yevropada e’tirof etilgani shu manbalarning o‘zi isbotlab turibdi. Zero,
Jan Busiko aytganiday
“Amir Temurga yana bir imkoniyat berilganda butun dunyoga
hukmronlikni o‘z qo‘liga olib adolat o‘rnatardi”
.
Dostları ilə paylaş: