-38-
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, Jan Busiko, Venetsiya arxivi, Jan (Ioann) Grinlo,
Rui Gonsalez de Klavixo, “Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi”.
O‘z davrining buyuk siymosi,
mohir sarkarda, yurtimizda mo‘g‘ullar
istibdodiga barham bergan, o‘zining o‘chmas nomini abadiyatga muhrlagan,
faxrimiz, g‘ururimiz,
xalqimiz dahosining timsoli va ma’naviy qudratimiz ramzi
bo‘lgan Amir Temur faoliyati va shaxsiga qiziqish XV asrdan boshlandi. 1401-
yilning avgustda Rim papasi va Fransiya qirolining Amir Temur huzuriga yuborgan
elchisi Jan (Ioann) Grinlo Amir Temur suhbatlarida ko‘p marta ishtirok etgan. Uning
saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va bu haqda asar yozgan birinchi yevropalik
muallif bo‘ladi. Uning asari "Temur va uning saroyiga oid xotiralar" deb ataladi.
Monax va elchi Jan (Ioann) Grinloning asari fransuz va lotin tillarida yozilgan bo‘lib,
23 bobdan iboratdir. Muallif Temurning hayoti va faoliyati
haqida imkon qadar
batafsilroq ma’lumot berishga harakat qilgan. Yepiskop Jan (Ioann) Amir Temurni
yaqindan tanigan, uning hayoti va faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan. 1403-yil may
oyining boshida Parijda bir ruhoniy paydo bo‘lib, o‘zini Amir Temurning elchisi deb
tanishtiradi. Chindan ham u Amir Temurning mo‘jazgina tamg‘asi bosilib, zarhal
harflar bilan bitilgan ishonch yorlig‘i – maktubini Fransiya qiroli Karl VI ga
topshiradi[1, 14].
Jan (Ioann) tashrifning ikki sababini bayon qiladi: birinchisi, Amir Temurning
sulton Boyazid ustidan qozongan g‘alabasini ma’lum qilish; shu o‘rinda u turk
sultonining
asir olinib, uning tutqunidan ozod qilingan nasroniy bandilarni Amir
Temur Yevropaga qaytarib yuborganini va yana boshqa bandilar topiladigan bo‘lsa,
xuddi shunday yo‘l tutajagini bildiradi. Tashrifining ikkinchi maqsadi Fransiya
qirolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish va u haqda Amir Temurga so‘zlab berish.
Yepiskopning gapiga qaraganda, uning elchiliga nasroniy diniga ikki qulay imkoniyat
yaratadi: birinchidan, bu elchilik ikkala din vakillariga ham o‘zaro erkin savdo qilish
imkoniyatini bersa, ikkinchidan, agar qirol va gersoglar rozi bo‘lishsa, bu
qulayliklarni shartnoma yoki ahdlashuv shaklida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
-39-
Fransiyada Sohibqiron hayotligidayoq, paydo bo‘lgan
ilk asarlardan biri
Fransiya Marshali Jan II Busiko (1365-1421) qalamiga mansub bo‘lib, u
«Le Livre
des faits du marechal Boucicaut»
(«Marshal Busiko amalga oshirgan ishlar») deb
ataladi. Sohibqiron haqida Jan II Busikoning xotiralari O‘zbekistonda hali
o‘rganilmagan[2, 235]. Karl VI 1401 yili Genuyaga obru-e’tiborli zodagonlardan biri,
qattiqqo‘l va sadoqatli ijrochi Marshal Busikoni hokim etib tayinlaydi. U o‘z
xabarchilari orqali Osiyoda bo‘layotgan voqea-hodisalardan ogoh bo‘lib, o‘z
navbatida Karl VI ga muntazam axborot bergan. Aynan mana shu sababdan Fransiya
qiroli Amir Temurning o‘z saltanatining g‘arbiy hududlarida joylashgan davlatlar
ustiga zafarona yurishi va u bilan Boyazid o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lishidan
xabardor edi. Busiko o‘z kitobining XXXVII bobida Amir Temur shaxsiga to‘xtalib,
Sohibqiron va uning qo‘shini haqida shunday yozadi: «
Amir Temur bag‘oyat mard
odam edi va taqdir uni yana bir oz qo‘llab-quvvatlaganida butun yer yuzini zabt
etardi, ammo bu unga nasib etmadi. Zero, hammaga ma’lum bir maqolda
aytilganidek, «har bir ish Xudoning irodasi bilan». Biroq, u qurol bilan ulkan ishni
amalga oshirdi, u o‘ttiz yil davomida na jang qilishdan to‘xtadi, na bir shaharda
tuzukroq tin oldi, aksincha, har doim mo‘jizakor qo‘shini bilan dalayu dashtda yurdi
va lashkarlari orasida shunday qat’iy tartib urnatdiki, ularning kundalik hayoti
uchun zarur bo‘lgan barcha narsani o‘zi bilan birga olib yurdi. U amalga oshirgan
mo‘jizalar, u kechib o‘tgan ulkan daryolar va uning mehnatda toblangan odamlari
qilgan ishlar haqida maftunkor asarlar yaratish mumkin
[3, 50]»
.
Amir Temur va uning yurishlari haqida italiyalik tujjorlar Paole Zane,
Beltramus de Mignanelli va Emmanuil Paole hamda ispan elchisi Rui Gonsalez de
Klavixo, asirga tushgan nemis askari Iogannes Shiltberger va boshqalar ham o‘z
xotiralarini yozib qoldirganlar[4, 26]. Emmanuil Paole arab tilini mukammal bilgan.
22 yil moboynida Misr mamluklari orasida yashagan hamda
Misr sultoni Farajning
yaqin kishisi bo‘lgan. U Amir Temurning Damashq yurishiga oid ma’lumotlar
to‘plagan. Uning Amir Temur haqidagi ma’lumotlari Venetsiya arxivida
saqlanmoqda va hozirgi kunga qadar nashr qilinmagan. Paole Zane esa 1400 yillar
-40-
Venetsiyaning Damashqdagi konsuli bo‘lgan. U Venetsiya senatining topshirig‘iga
muvofiq Amir Temur haqida ma’lumotlar yiqqan. Uning to‘plagan materiallari ham
hozirgi kunda Venetsiya arxivida saqlanmoqda va nashr etilganicha yo‘q.
Temurning hukmronlik davri bilan bog‘liq yana bir muhim tarixiy manba – bu
ispaniyalik elchi Rui Gonsalez de Klavixoning kundaliklaridir. De Klavixo 1404
yilda Lion va Kastiliya qiroli Genrix III ning topshirig‘i bilan Samarqandga keladi.
Uning asari
"Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi"
deb ataladi. G‘arbda
Uyg‘onish (Renessans) davrida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan
ko‘plab asarlar nashr etildi. Klavixoning («Buyuk Amir Temur tarixi va elchilik
safari bayoni») asari 1582 yil Seviliyada nashr etildi.
Asar undan keyin yaratilgan
tarixiy va badiiy asarlar uchun asosiy manba bo‘lib qoldi. Jumladan, Pero Meksika
o‘zining
«Silva de varia leccion»
(«Turli ma’ruzalar majmuasi») to‘plamiga kirgan
«Vida delgran Tamerlan»
(«Buyuk Amir Temur hayoti») nomli essesida Klavixodan
juda ko‘p narsa olgan[5, 83]. Meksikaning bu asari XVI asrning o‘zida ikki marta
ingliz tiliga tarjima qilingan. Uni dastlab Tomas Fortesku (Thomas Fortescue, The
Forests, 1571), so‘ng Jorj Uetston (George Whetstone, English Myrror, 1586) tarjima
qilganlar.
1553 yil italyan muarrixi Petro Perrondinining
«Magni Tamerlani Scytarum
Imperatoris Vita»
(«Skiflar imperatori Amir Temurning hayoti») asari e’lon qilindi.
Ahmad ibn Arabshohning asari ham shu asrda Yevropa tillariga, jumladan, abbat Jan
dyu Bek (Jean du Ves) tomonidan «
Histoire de grand Tamerlan tiree des monuments
antiques des Arabes»
(«Arablarning qadimiy yodgorliklaridan
olingan buyuk Amir
Temur tarixi») nomi ostida fransuz tiliga tarjima qilindi. Amir Temurning hayoti va
faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab manbalar hali to‘lig‘icha tadqiq etilmagan, ayniqsa,
lotin tilida yozilgan manbalar shular jumlasiga kiradi. O‘z davrining buyuk siymosi
Amir Temur Yevropada e’tirof etilgani shu manbalarning o‘zi isbotlab turibdi. Zero,
Jan Busiko aytganiday
“Amir Temurga yana bir imkoniyat berilganda butun dunyoga
hukmronlikni o‘z qo‘liga olib adolat o‘rnatardi”
.
Dostları ilə paylaş: