Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Amir Temur “Temur tuzuklari” T: 1996.
2. Bo‘riboy Ahmedov “Amir Temurni yod etib” T: 2018
3. Hamdam Sodiqov “Razvedka” T: 2010.
4. Ibn Arabshoh “Amir Temur Tarixi” T: 1992.
-65-
Raxmatov Tohir Istamovich
G‘ijduvon tumani 40-umumiy maktab o‘qituvchisi
MARKAZIY OSIYONING IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA AMIR
TEMURNING TUTGAN O‘RNI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Amir Temurning Markaziy Osiyoda tutgan
o‘rni, davlat boshqaruv shakli, ma’muriyat ustidan nazorat, davlatni idora etish, islom
diniga bo‘lgan e’tibori, fuqarolik jamiyati, madrasa qurilishi sohasi haqida batafsil
ma'lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar, Horun ar-Rashid, Kebek,
inoq, sipohiy, Parij, Qur'on.
Tarixda o‘tgan ulug‘ daholar orasida ulug‘ bobomiz Amir Temur ham bor. U
Iskandar Zulqarnayn, Yuliy Sezar, Horun ar-Rashid, va Ma’mun singari tarixda
o‘chmas iz qoldirgan. Yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat
homiysi sifatida e’tirof etilgan. Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Yakkabog‘
tumanidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur
Ko‘ragoniy ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Burquldir. Yozma manbalarda u Temurlang,
Yevropa adabiyotida Tamerlan nomlari bilan ta'riflanadi. Temur davrida davlatning
markaziy ma'muriyati boshida devonbegi, arkbegi hamda 4 vazir turardi. Birinchi
vazir yer soliqlari, chegara bojini undirish, hamda mirshablik ishlarini bajarardi.
Ikkinchi vazir – askarlar maoshi va oziq-ovqat ta'minotlari bilan shug‘ullangan.
Uchinchi vazir – harbiylar, ularning lavozimu mansablariga tayinlanish va me'ros
ishlariga ma’sul bo‘lgan. To‘rtinchi vazir – saroy hujjatlarini yuritish bilan
shug‘ullangan.
Temur davlati tuzilishi sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi va XV
asrning birinchi yarmida Mo‘g‘ul xoni Kebek hukmronlik qilgan davrda joriy etilgan
mamlakatni harbiy-ma'muriy bo‘linishini saqlab qoldi va uni rivojlantirdi. Ammo,
-66-
davlatning ma'muriy idora etish tarkibini takomiliga suyurg‘olning keng tarqalishi
tushkunlik qildi. Amir Temur davlatni boshqarishda ko‘p narsalarga e'tibor berib,
ularni bajarishga harakat qildi.
Birinchi – uning davlati va saltanatiga bog‘langan birinchi tuzugini u Tangri
taoloning dini, Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj bergan. Har yerda
va har vaqt islom dini quvvatlaganligidir. Ikkinchi – 12 tabaqa va toifadagi kishilar
bilan mamlakatlarni zabt etgan, ularni idora qilgan. Davlat, saltanat ustunlarini
o‘shalar bilan o‘tkazgan. Uchinchi – maslahat kengashi tadbirkorlik faollik va
hushyorlik bilan g‘animni o‘ziga bo‘ysundirgan. Saltanatini ishlarini muruvvat va
sabr-toqat bilan yurgizgan. To‘rtinchi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga
asoslangan holda boshqargan. Amirlar, vazirlar, inoqlar lavozimida mamnun holda
xizmat ko‘rsatishgan. Beshinchi – amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar bilan
taqdirlagan. Oltinchi – adolat va insof bilan gunohkorlarga ham, begunohlar ham
rahm qilib, tangrining yaratgan bandalarini o‘zidan rozi qiladi. Yettinchi – sayidlar,
oqilu-donolar, olimlar, tarixchilarni izzat hurmatini joyiga qo‘ygan. Sakkizinchi –
azmi-jazm bilan ish tutgan. To‘qqizinchi raiyat ahvolidan ogoh bo‘lgan, ulug‘ni
ulug‘, kichikni kichik o‘rnida ko‘rgan. O‘ninchi – turku-tojik, arab ahlining turli toifa
va qabilalardan bo‘lgan kishilarning ulug‘lariga hurmat bilan qaragan. O‘n birinchi –
farzandlar, qarindoshlar, qo‘shnilar va ular bilan bir vaqtda do‘stlik qilgan barcha
odamlarni davlatu ne'mat martabasiga erishganida unutmay ularning haqlarini ado
etgan. O‘n ikkinchi – do‘stu-dushmanligiga qaramay har joyda sipohiylarni hurmat
qilgan.
Amir Temur o‘z vazifalarini 4 toifaga bo‘lgan. Birinchi – asillik, toza nasllilik;
Ikkinchi – aql-farosatlilik; Uchinchi – sipohu rayiyat ahvolidan xabardorlik, ularga
nisbatan xushmuomalada bo‘lishlilik. To‘rtinchi – sabr-chidamlilik va tinchlik
kabilarga ega bo‘lishi kerak.
Kimki shu to‘rt fazilatga ega bo‘lsa, unday odamni vazirlik martabasiga loyiq
kishi deb bilgan. Uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlagan. Bunday vazirga to‘rt
imtiyoz; ishonch, e'tibor, ihtiyor va iqtidor berishgan. Temur o‘zining markazlashgan
-67-
davlat va huquqini barpo etishda musulmon dunyosida shakllangan siyosiy va
huquqiy ta'limotiga asoslanadi. U shahar va qishloqlarda tartib va qonunchilikni
o‘rnatdi. Uning mafkurasi islom bo‘lgan bo‘lsa, shariat qonunlar tizimi edi. Amir
Temur islomning davlat mafkurasi darajasida, shariatni esa huquqiy tizim sifatida
qabul qilish bilan cheklanmasdan, u o‘zining tamoyillari, qoidalari; “Tuzuklarini”
ham ishlab chiqadi. “Temur tuzuklari”da Amir Temur Movorounnahrning 1342-
1345-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo‘shni mamlakatlar va xalqlar bilan
bo‘lgan o‘zaro munosabatlar haqida hikoya qiladi.
Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida yozib qoldirilgan o‘gitlaridan:
•
Millatning dardiga darmon bo‘l.
•
Kuch adolatdadir.
•
Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
•
Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor
bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Fuqarolik jamiyatini turli toifalariga bo‘lib, ularning vakillari bilan bamaslahat
boshqarish, qonunchilik va davlat hokimiyatini mustahkamladi. Har bir tabaqa va
toifalarning moddiy, ma'naviy, ehtiyojlarini hisobga olish o‘zga mamlakatlar, xalqlar
orasida ham Temurning obro‘sini yuksalishga olib kelgan. U qonunlarga rioya
qilishni shu qadar jiddiy qo‘ygan ediki, qonunni buzganligi uchun eng yuqori
lavozimdagi mansabdorlar, hatto, o‘zining eng yaqin qarindoshlar va farzandlarini
ham jazolashga buyurgan. Qonunchilikni ana shu darajada o‘rnatilishi mamlakatda
tinchlik osoyishtalik o‘rnatishiga olib kelgan edi. Amir Temurning yana bir muhim
qoidalaridan biri payg‘ambar avlodlariga hurmat bilan qarishi, o‘zining pirlari,
olimlar, bilan suhbatlashish hamda ularning maslahatlariga ko‘ra davlatni boshqarish
edi. Amir Temurning uzoqni ko‘ra bilishni tasdiqlovchi yana bir misol: u o‘zining
juda katta hududda joylashgan davlatini boshqarishda barcha davlat, xalqlaring
hayotiga tegishli ma'lumotni to‘plashga jiddiy e'tibor bergan. Ana shu to‘plangan
ma'lumotlarga asosan u davlatni boshqarishda qaror va farmoyishlar bergan. Biz
o‘zbeklarni ulug‘ bunyodkor xalq deb dunyoga tarannum etyapmiz va aslida ham
-68-
shunday. YUNESKOning Parijdagi qarorgohida Amir Temur bobomizning
tavalludlarini o‘tkazishdan maqsad komil bu insonning eng avvalo buyuk davlat
asoschisi, buyuk bunyodkor ijodkor shaxs bo‘lganini, jahon sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shganini dunyo ahliga bildirish edi. Parijda va
umuman Yevropada ham Temur bobomizning obro‘sini to‘kishga urunishlar bo‘lgan.
Bunga hech qanday mantiqiy asos yo‘qligini isbotlab berish qiyin emas. Inson bir
paytning o‘zida bunyodkor, yovuz bo‘lishi mumkin emas. Madrasalarni qurgan,
fuqarolarni boshini silagan, Qur'onni yod bilgan shaxs yovuzlik qilarmidi?
O‘zbek tom ma'noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Bizning
xalqimiz tinchlikparvar xalqdir.
Dostları ilə paylaş: |