14.O’zbekistondata’limtiziminingmodernizatsiyajarayonlari? Har bir model o‘sha mamlakatning tabiiy-geografik, iqtisodiy shart-sharoitlari, ishlab chiqarish omillari va resurslari, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, va albatta, mamlakat aholisining mentaliteti, tarixiy vamadaniy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, siyosiy tuzum hamda ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadi.
Qanday model haqida gap bormasin, asosiy maqsad samarali iqtisodiyotni barpo etish va uning asosida xalq turmush farovonligini oshirishdan iborat. Model yo‘l, yo‘nalish eng avvalo mavjud tabiiy, ishlab chiqirish, nisbiy afzallik (ustunlik) va buyuk aql-zakovatning amaldagi ifodasidir4.
“O‘zbek modeli” tushunchasining hayotga kirib kelganiga 20 yildan oshdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” asarida o‘zbek modelining mohiyati va shakl shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli o‘z xalqining tarixiy tajribasi, milliy va madaniy an’analariga asoslanadi5.
Mustaqillik yillarida «O‘zbek modeli» deb nom olgan va dunyoda e’tirof etilgan ana shu taraqqiyot strategiyasining negizida ta’lim tizimi tubdan isloh qilindi. To‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini o‘z ichiga olgan, davlat tomonidan kafolatlangan bepul majburiy ta’lim tizimi joriy etildi. Ta’lim muassalari yangitdan qurildi, mavjudlarida kapital ta’mirlash ishlari bajarilib, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratildi. O‘quv jarayoni sifat va metodik jihatdan yangilanib, adabiyotlarning yangi avlodi yaratildi, uzluksiz ta’lim tizimi modernizasiya qilindi
15.Tarbiyajarayonidaehtiyojsezaydiganomillar. Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida o‘quvchi tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri o‘quvchining ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. O‘quvchi faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda o‘quvchining tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. O‘quvchi o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
Demak, tarbiyachi o‘quvchi shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin