3.Modulli -kredittizimihaqidama’lumotbering. Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi.
Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: — oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; — bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash; — talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; — talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish; — taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish; — taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi. Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Modul asosida oʻqitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda koʻnikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha oʻquv faoliyati, yaʼni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, oʻzlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi.
Kredit (credit) — talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi.
Har bir talaba kelajakda tanlagan yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha diplomga ega boʻlishi uchun kreditlarni yigʻib borishi lozim. Toʻplangan kredit talabaga butun umr davomida oʻzining malakasini oshirib borish yoki qoʻshimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, toʻplangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi.
Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi. Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʻqituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi. Talabalarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu oʻquv jarayonlarini baholashning oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi boʻlib ham hisoblanadi.
Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.
Masofaviy ta’lim o’quv rejalari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog’idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.