Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlari mavjud. Metod lotincha-mitodos-yo‘l so‘zidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot xodisalarini bilish maqsadida hizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, o‘qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar.
Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Adabiyotlarni o‘rganishjarayonidamilliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, pedagogik-psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish obyektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakuniy qayd qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki xodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum ma’sul shaxslar bilan og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida interv’yu olish ham mumkin.
Pedagogik eksperiment. Bu metod yordamida ilmiy gepotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va labaratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi.