1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha vakolatlari?



Yüklə 228,3 Kb.
səhifə6/22
tarix20.11.2023
ölçüsü228,3 Kb.
#162243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Pedagogika

Pedagogika fanining tizimi.
Pedagogika fani komil insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim bo‘lgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbaalari bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda pedagogikaning ko‘p fanlar bilan aloqadorligi bilan ulug‘dir.
Pedagogika fanlar tizimida etnopedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, ahloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, xarbiy pedagogika, maxsus pedagogika, kar, soqov (surdo) pedagogika, ko‘rlar (tiflo) pedagogika, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, pedagogik maxorat kiradi.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganlagi sababli unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib ko‘rsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, o‘sha fanning qonuniyatlariga suyanadi.
Pedagogikaning metodik asosi, bilim nazariyasi va tarbiyadagi qonuniyatlari bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fanidagi xalq ta’limi va bolalarni davrlarga bo‘lish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi, kabi fanlarning o‘rni kattadir. Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, EHM kabi fanlar bilan bog‘lanadi.
Mustaqil O‘zbekistonda milliy pedagogika bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiriladi.

9.Nutqidanuqsonbo‘lgano‘quvchilarnikorreksiono‘qitishdanimalargae’tiborberishkerak?


N
Нутқий нуқсонларни ўрганиш, олдини олиш ва корректсия билан корректсион педагогика (дефектология)нинг муҳим соҳаси - логопедия (юнонча logo – сўз ва paideia - тарбиялаш) шуғулланади. Патоген омил таъсирида Юзага келган нутқий бузилишлар ўз-ўзилан йўқолмайди ва у махсус ташкил этилган коррецион-логопедик чораларсиз боланинг кейинги ривожига салбий таъсир кўрсатади.

utqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari.
Nutq – faqatgina insonga xos bo‘lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologiq morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaifliq xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo‘ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug‘ilishning cho‘zilib ketishi yoki tez sodir bo‘lishi, yo‘ldoshga o‘ralib qolishi, bolaning noto‘g‘ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko‘rsatilmasligi, chala tug‘ilish kabi holatlar sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:

  1. tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;

  2. psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.

Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  1. og‘zaki nutqning buzilishi;

  2. yozma nutqning buzilishi.

Og‘zaki nutqning buzilishi o‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan Korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
M
Нутқий бузилиш, нутқий бузилишнинг сабаблари, механизмлари, симптоматикаси, бориши ва тузилиши унинг олдини олиш, махсус (коррекцион) ўқитиш ва тарбия масаласи билан логопедия шуғулланади. “Логопедия” термини Юнончадан таржимаси “тўғри нутқни тарбиялаш” маъносини англатади. Нутқий бузилиш турли мутахассислар - физиолог, невропатолог, психолог, лингвист ва бошқалар томонидан ўрганилади.

aktab o‘quvchilarida nutqi buzilishini psixologik-pedagogik tuzatish. Nutqiy buzilishi bo‘lgan bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari. Nutqiy buzilishi bo‘lgan bolalarning markaziy nerv tizimi faoliyatida funksional yoki organik chetlanishlar ko‘zga tashlanadi. Miyaning organik zararlanishi sababli issiq, transportda Yurish, arg‘imchoqda ko‘p vaqt tebranish bolalarga yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshlari og‘riydi ko‘ngillari ozadi va boshlari aylanadi. Tez charchab qoladilar, qattiq ta’sirlanishlari, jahllari chiqish bilan ajralib turadilar. Ular emotsional barqaror emaslar, ularning kayfiyatlari tez o‘zgaradi, serjahl, agressiv, bezovta bo‘ladilar. Shuningdeq ularda sustlik va lanjlik kuzatiladi. Bunday bolalar tinch o‘tira olmaydilar, butun dars davomida ishchanlik va diqqatini saqlab turish qiyin bo‘ladi. Juda tez xafa bo‘ladilar, gapga quloq solmaydilar. Tanaffusdan keyin esa darsda diqqatlarini jamlashlari qiyin bo‘ladi. Odatda bunday bolalarda diqqat va xotira, ayniqsa, nutqiy xotiraning bo‘shligi, yaxshi tushunmaslik holatlari kuzatiladi.


Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida logopedik punkt faoliyat yuritadi. O‘quvchilar bilan logopedik puntkda korreksion ishlar butun o‘quv yili davomida individual va guruhli shaklda olib boriladi. Nutqi buzilganlik o‘ta jiddiy bo‘lsa o‘qitish maxsus ta’lim muassasalarida olib boriladi. Bunda o‘quvchi bilan davolash-sog‘lomlashtirish va psixologik-pedagogik ishlarni birga olib borish nutqiy buzilishni tuzatishning muhim sharti hisoblanadi.
Logopedik yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy ta’minlash tizimlarida ham amalga oshiriladi. Poliklinikalarda va psixonevrologik dispanserlarda logopedik kabinetlari mavjud bo‘lib, bu yerda nutqida buzilishi bo‘lgan bolalarga logopedik yordami ko‘rsatiladi.



Yüklə 228,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin