Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyatyaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari.Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
differentsiasiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;