188
Rudalarni boyitish natijasida kontsentratlar olinadi. Tarkibida
bekorchi jins va oraliq
mahsulotlar bo‘lgan sanoat chiqindilari ikkilamchi qayta ishlanadi. Kontsentratlar tarkibida 20-30%,
ba‗zan undan ham yuqori kerakli minerallar bo‘ladi.
Rudalarni boyitishning iqtisodiy samaradorligi kontsentrat unumi, kerakli elementning ajralish
darajasi va kontsentratsiya darajasi bilan xarakterlanadi.
Ajratib olingan kontsentratning massasini boyitish uchun olingan ruda massasiga nisbatining %
mikdori kontsentrat unumi deyiladi.
Ajratib olingan elementning kontsentratdagi massasini rudadagi massasiga nisbatining %
mikdori ajralish darajasi deyiladi.
Ajratib olinadigan elementning kontsentratdagi % mikdorini rudadagi %
miqdoriga nisbati
kontsentratsiya darajasi deyiladi.
misol. Tarkibida 2% rux bo‘lgan 6 t ruda boyitilib, tarkibida 25% rux bo‘lgan 350 kg kontsentrat
olindi. Kontsentrat unumi, ajralish darajasi va kontsentratsiya darajasini aniqlang.
Kontsentrat unumi: 350½100/6000 q5,8 % bo‘ladi. 6 t rudada 6000½0,02q120 kg rux, 350 kg
kontsentratda esa 350½0,25q87,5 kg rux bo‘ladi. Kontsentratda ruxning ajralish darajasi:
120
100
5
,
87
═ 72,5% ni tashkil etadi.
Ruxning kontsentratsiya darajasi: ═12,5 martaga teng.
Flotatsion boyitish. Flotatsion boyitish usuli flotoreagentlar deb ataluvchi sirt-aktiv
moddalarning ruda sirtida tanlab namlanish xususiyatiga asoslangan.
Flotoreagentlarni adsorbtsiyalagan ruda zarrachalarining suv bilan namlanishi yo‘qoladi va
natijada unga havo purkalganda, havo sharchalari bilan yuqoriga ko‘pik holida ajraladi.
Flotoreagentlarning tarkibiga kollektorlar va ko‘pik hosil qiluvchi moddalar kiradi. Kollektorlar
flotatsiyalanadigan minorallar sirtiga adsobtsiyalanadi. Ko‘pik hosil qiluvchi
molekulalar esa havo
pufakchalari sirtida plyonka hosil qiladi.
Flotoreagentlar sifatida turli organik kislotalar, masalan, olein kislotasi, parafinlarning
oksidlanishi natijasida olinadigan mahsulotlar –
karbon kislotalar, oksikislotalar, ksantogenatlar
ROCSSNa, aeroflotlar (RO)
2
PSSNa va boshqalar ishlatiladi.
Flotoreagentlar juda oz miqdorlarda ( 1t ruda uchun 10’200 g flotoreagent ) ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: