1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   308
166 
 
yaratadi. О‗qitishni jadallashtirish maqsadida, pedagogning о‗quvchiga bо‗lgan munosabati 
«sardor»likdan, uning «sherigi»ga aylanishi zarur. 
О‗qitishning shaxsga yо‗naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy tamoyillar xos 
bо‗ladi: 
insonparvarlik, ya‘ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat kо‗rsatish, unga yordamlashish, 
uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zо‗rlashdan tо‗la voz kechish;
hamkorlik, ya‘ni pedagog va о‗quvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik; 
erkin tarbiyalash, ya‘ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi 
va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta‘sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish. 
Shaxsga yо‗naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda о‗quvchiga 
insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi. 
-Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bо‗ladi: 
-pedagogik jarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi; 
-har bir о‗quvchi qobiliyat egasi, kо‗pchiligi esa iste‘dod egasi hisoblanadi; 
-yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning 
ustivor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni о‗z ichiga oladi: 
-о‗quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish, 
-о‗quvchining erkin tanlab olish huquqi; 
-xatoga yо‗l qо‗yish huquqi; 
-о‗z nuqtai nazariga ega bо‗lish huquqi pedagog va о‗quvchilar munosabati zayli: -
taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; 
buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish. 
Muammoli о„qitish texnologiyasi
 
Muammoli о‗qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga 
asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun о‗qitish uchun quyidagilarni 
asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni 
amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: sо‗z, san‘at asarlari, texnik qurilmalar, о‗yinlar 
va mehnat. 
Muammoli о‗qitish, о‗qitishning shaxsga yо‗naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu 
yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda 
о‗ziga xos qiziqish uyg‗otishdir. 
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an‘anaviy, bayon etish о‗quv materialining eng optimal 
tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, о‗quvchini uni yechishga yо‗naltiradi, 
yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli о‗qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, 
chunki muammoli vaziyatning paydo bо‗lishi individual holat bо‗lib, tabaqalashtirilgan va 
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi. 
О‗quvchi noma‘lum yechimni topish uchun mustaqil yoki о‗qituvchi yordamida izlanadi. 
Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bо‗luvchi, subyekt-obyekt-subyekt munosabatlari ijodiy 
fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Ush bu modulni о‗qitish jarayonida ishlab chiqarish korxonalarimizdagi real muammoli 
vaziyatlarni aniqlab, ularning yechimini talabalar yordamida muhokama qilish va topish amaliy 
yordam beradi. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin