168
Modulli о‗qitish texnologiyasi
«Modulli о‗qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‗liq bо‗lib («modul», lat.
modulus), uning bitta ma‘nosi faoliyat kо‗rsata oladigan о‗zaro chambarchas bog‗liq elementlardan
iborat bо‗lgan tugunni bildiradi. Bu ma‘noda u modulli о‗qitishning asosiy vositasi sifatida,
tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modulli о‗qitish
– о‗qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh
miyasining о‗zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.
Modulli о‗qitish
asosan inson bosh
miyasi tо‗qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
О‗qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning
Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida sо‗z yuritilgan edi. Modulli о‗qitish texnologiyasi
funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va
psixologiyalarping umumiy
nazariyasidan kelib chiqadi .
Modulli о‗qitish, kasbiy ta‘limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish
imkoniyatlarini yaratadi:
-modul - faoliyatlik asosida о‗qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni
о‗zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta‘minlash;
о‗qitishni individuallashtirish;
-amaliy faoliyatga о‗rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida о‗qitish
samaradorligini nazorat qilish;
-kasbiy motivatsiya asosida, о‗qitish
jarayonini faollashtirish, mustaqillik va о‗qitish
imkoniyatlarini tо‗la rо‗yobga chiqarish.
Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta‘lim dasturlari, turli
xil tarkib va tarkibiy
tuzilmalardan iborat bо‗ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi
quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda о‗z ichiga oladi:
maqsadli mazmuniy
dastur; turli kо‗rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; о‗quvchilar uchun uslubiy kо‗rsatmalar.
Modul turlari:
1.Nazariy modullar (nazariy bilimlarni shakllantirishga yо‗naltirilgan modullar).
2.Amaliy modullar (amaliy kо‗nikmalarni va malakalarni shakllantirishga yо‗naltirilgan modullar).
3.Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirishga
yо‗naltirilgan modullar).
Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi.
Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qо‗yilayotgan
ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qо‗yiladigan
umumiy talabalar tizimi о‗rganilib ularni uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassisni
kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi kategoriyalarga bо‗lish mumkin:
-instrumental
kompentensiyalar;
-komunikativ kompententlik;
-tizimli kompententlik.
Dostları ilə paylaş: