1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Ishbilarmonlik o‗yinlari texnologiyasi



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   308
Ishbilarmonlik o‗yinlari texnologiyasi 
Ta‘lim jarayonidagi о‗quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bо‗lib 
kelgan va shunday bо‗lib koladi. О‗quvchining faolligi, maqsadli yо‗naltirilgan boshqaruvchi 
pedagogik ta‘sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. О‗quvchilarning faolligini 
ta‘minlovchi, о‗qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik о‗yini hisoblanadi. О‗yin 
faoliyatiga qiziqish, о‗quvchilarning о‗z-о‗zini ifoda etish, rо‗yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini 
qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta‘minlanadi.
 
О‗yinning ajoyib xususiyati 
shundaki, u bir vaqtning о‗zida ham rivojlanish ham о‗rganish hisoblanadi. 
Pedagogik о‗yinlar о‗yin uslubiga kо‗ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bо‗yicha; syujetli; 
ishbilarmonlik, imitatsion, dramalashtirilgan о‗yinlar.


168 
 
Modulli о‗qitish texnologiyasi 
«Modulli о‗qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‗liq bо‗lib («modul», lat. 
modulus), uning bitta ma‘nosi faoliyat kо‗rsata oladigan о‗zaro chambarchas bog‗liq elementlardan 
iborat bо‗lgan tugunni bildiradi. Bu ma‘noda u modulli о‗qitishning asosiy vositasi sifatida, 
tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modulli о‗qitish
– о‗qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh 
miyasining о‗zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir.
 
Modulli о‗qitish asosan inson bosh 
miyasi tо‗qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi. 
О‗qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning 
Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida sо‗z yuritilgan edi. Modulli о‗qitish texnologiyasi 
funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarping umumiy 
nazariyasidan kelib chiqadi . 
Modulli о‗qitish, kasbiy ta‘limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish 
imkoniyatlarini yaratadi: 
-modul - faoliyatlik asosida о‗qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni 
о‗zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta‘minlash;
о‗qitishni individuallashtirish; 
-amaliy faoliyatga о‗rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida о‗qitish 
samaradorligini nazorat qilish; 
-kasbiy motivatsiya asosida, о‗qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va о‗qitish 
imkoniyatlarini tо‗la rо‗yobga chiqarish. 
Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta‘lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy 
tuzilmalardan iborat bо‗ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi 
quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda о‗z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy 
dastur; turli kо‗rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; о‗quvchilar uchun uslubiy kо‗rsatmalar. 
Modul turlari: 
1.Nazariy modullar (nazariy bilimlarni shakllantirishga yо‗naltirilgan modullar). 
2.Amaliy modullar (amaliy kо‗nikmalarni va malakalarni shakllantirishga yо‗naltirilgan modullar). 
3.Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirishga 
yо‗naltirilgan modullar). 
Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi. 
Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qо‗yilayotgan 
ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qо‗yiladigan 
umumiy talabalar tizimi о‗rganilib ularni uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassisni 
kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi kategoriyalarga bо‗lish mumkin: 
-instrumental kompentensiyalar; 
-komunikativ kompententlik; 
-tizimli kompententlik. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin