177
Suv bug‘lari
va kislorod Fe
3
O
4
bilan vodorod hosil qilinadi. Chiqib ketayotgan gaz gazlar
aralashmasida azot vodorodning nisbati 1:3 bo‘lishi uchun havo suv bug‘lari bilan 80-85
0
С da
to‘yintiriladi. Buning uchun gazometr 1 orqali havo yuvgich 2 dan o‘tkaziladi.
Yuvgich suvli
hammomga 3 o‘rnatilgan. Suv bug‘lari kondentsiatsiyalanmasligi uchun ulovchi trubka bilan bevosita
tutashtirilgan. Bu trubka elektropech yoki gaz gorelkalari bilan 750-800
0
С gacha qizdiriladi.
Gazometrga asta sekin 0,5 l suv solinadi. Uning yuqori qismida qalam bilan belgi qo‘yiladi.
Trubkadan 8 azot-vodorod aralashmasini o‘tkazish orqali ammiak olinadi. Trubka katalizator bilan
to‘ldirilgan.
Katalizator asbes, bilan birga joylashtirilgan, ya‗ni qizdirilayotgan
qismi u bilan
to‘ldirilgan bo‘lsin. Optimal harorat 450-480
0
С termoparaga qarab turib haroratni rostlab turish kerak.
Temir katalizatori temir uch oksididan tayyorlanadi. Temir oksidi kaliy nitrati alyuminiy va bariy
eritmasi bilan bo‘ktiriladi. Temir oksidining yuz qismiga ko‘rsatilgan birikmalardan bir qism olinadi.
So‘ng temir aralashmasi quritiladi va kuydiriladi (700-800
0
С). Nitratlar
parchalanib ferritlar hosil
bo‘ladi. Masalan. Ba(FeO
2
)
2
olingan kukundan 20-30 g trubkaga joylashtirib 500-600 0S vodorod bilan
qaytariladi. Katalizator sifatida oddiy kukunsimon temirni ham olish mumkin. Lekin uning aktivligi
yuqoridagi usulda tayyorlangan katalizatordan bir necha marta kuchsiz.
Ammiakni yuttirish uchun
qabul qilgich ishlatiladi. U suv bilan to‘ldirilgan bo‘lib 2-3 tomchi metiloranj solingan eritmani 1-2
tomchi sirka kislota solib nordonlashtirish kerak.
Ishni bajarishdan oldin qurilmaning germitekligi tekshiriladi. So‘ng elektro pechni 5 750-
800
0
С gacha qizdiramiz va 1-2 pufakcha 1 s qilib havo jo‘natamiz. Bu vaqtda suv hammomidagi suv
qaynash haroratigacha qiziydi. Azot-vodorod aralashmasi 10 minut qo‘yiladi. (havoni chiqarib yuborish
uchun). Bundan keyin katalizatorli pech yoqiladi. 450-480
0
С gacha qizigandan so‘ng suv sathi
o‘lchanadi va ulagich ulanadi. Ko‘rsatilgan haroratda 2 l havo qo‘yiladi. Buni gazometrda ko‘tarilgan
suvning miqdori bilan o‘lchanadi. Indikatorda sariq rangining paydo bo‘lishi ammiak hosil bo‘lganini
bildiradi. Qabul qilgichni uzib pechni o‘chiramiz. Azot-vodorod aralashmasini
uzatishni davom
ettiramiz. Buni 150-200
0
С gacha davom ettiramiz. Katalizatorni oksidlanishini oldini olish uchun
qurilma to‘liq sovigandan so‘ng buziladi. Katalizatorni kerakli haroratgacha sovitgandan so‘ng ikkinchi
pech o‘chiriladi. Ammiak eritmasi qabul qilgichdan 100 ml kolbaga quyiladi. Ustiga 2-3
tomchi
metiloranj solinib 0,01 n xlorid kislota bilan indikatorni rangi o‘zgarguncha titrlanadi.