2. guruhga topshiriq 2.Ammiakni olishda sanoatda va laboratoriyada qanday katalizatorlar ishlatiladi?
3.guruhga topshiriq 3.Bog‘langan azot birikmalari qanday reaktsiyalar orqali boradi?
Sanoatda sintetik ammiak azot va vodoroddan olinadi.
N 2 +3H 2 =2NH 3 Bu reaktsiya oxirigacha bormaydi. Chunki dastlabki moddalar bilan mahsulot o‘rtasida muvozanat
yuzaga keladi. Le-SHatele printsipiga muvofiq ammiakning chiqishi bosimning oshishi bilan oshadi.
Chunki reaktsiya hajm kamayishi bilan boradi. Reaktsiyani tezlatish uchun quydagi katalizatorlar
ishlatiladi. Platina, temir va boshqa metallar. Sanoatda tarkibida ozroq aktivlashtiruvchilari bo‘lgan
(alyuminiy oksid, kaliy va boshqa metallar) kichik donali katalizatorlar ishlatiladi. Harorat 650-700 0S
dan oshib ketsa katalizatorni ishdan chiqaradi. Oltingugurt va fosfor saqlagan birikmalar katalizatorni
tezda zaxarlaydi. Shuning uchun azot–vodorod aralashmasi yaxshilab tozalanishi kerak. Suv bug‘larini
bo‘lishi ham katalizatorni tezda ishdan chiqaradi. Ammo u orqali quruq azot-vodorod aralashmasini
o‘tkazsak katalizatorni qayta ishlatish mumkin.
Laboratoriya sharoitida reaktsiya atmosfera bosimida olib boriladi. Ammiakning chiqishi bor yo‘g‘i
0,4% ni tashkil qiladi. Buni borligini aniqlash uchun fenoftalin yoki Nesler reaktivi ishlatiladi.
Ishdan maqsad: ammiakning suvdagi eritmasini olish. Laboratoriya sharoitida ammiak olish bilan
tanishish. Ammiakning chiqish miqdorini aniqlash.
Qurilma va jihozlar 1.Chinni, kvarts yoki shisha trubka
2.Temir qirindilari, temir trubkalar bilan birgalikda
3.Elektr pechi
4.Termopara-pirometrik galvonometr bilan birgalikda
5.O‘lchamli gazometr
6.Azot olish qurilmasi
7.Ikkita ishqor bilan yuvgich
8.Ammiakni ushlab qoluvchi qabulxona
9.O‘lovchi trubkalar
10.Temir katalizator
11.Byuretka
12.0,01 n xlorid kislota eritmasi
13.Metiloranj eritmasi