1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e‘tibor qaratish lozim



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   308
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e‘tibor qaratish lozim: 
Modul spetsifikatsiyasi. 
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish. 
Modulning о‗quv materialini ishlab chiqish. 
―Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari‖ fani о‗‗quv materialining o‗zlashtirilishiga 
mashg‗ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‗rsatilganligi, modul 
mazmunini boshqa modullar bilan bog‗liqligi, shu modulni о‗rganishdagi о‗quvchilarning bir xil 
xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega. О‗quv materialining о‗zlashtirilishiga mashg‗ulotlar 
paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib kо‗rsatilganligi, modul mazmunini boshqa 
modullar bilan bog‗liqligi, shu modulni о‗rganishdagi talabalarning bir xil xatoliklari tahlili muhim 
ahamiyatga ega. 


169 
 
Masofaviy о‗qitish.
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va 
malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta‘lim 
xizmatlarini kо‗rsatish istiqbolli, zamonaviy о‗quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir.
 
Masofaviy о‗qitish – bu masofadan turib о‗qitish, qaysiki о‗quv mashg‗ulotlarining barchasi yoki 
kо‗p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib 
boriladi. 
Masofaviy о‗qitish, ayniqsa: 
-о‗qitishning an‘anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bulmagan, bu jarayon 
imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli о‗qish va ishlashni birgalikda amalga oshira 
olmaydiganlar uchun; 
-turg‗un sharoitda о‗qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart- 
sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; 
-о‗qituvchilar va boshka soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; 
-chet el о‗quv muassasalarida ta‘lim olishni istaydiganlar uchun
-ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bо‗lishi mumkin. 
Istiqbolli zamonaviy о‗qitish tizimlari har bir shaxsning о‗zi istagan ta‘lim olish huqiqidan 
foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy о‗qitish aynan shunday о‗qitish shakli bо‗la 
oladi. 
Masofaviy о‗qitish texnologiyasi bо‗yicha barcha topshiriqlar masofadan turib bajariladi, 
imtihonlar esa oliy о‗quv yurtida topshiriladi. Masofaviy о‗qitish Yaponiya, Turkiya, Xitoy, 
Hindiston, Iroq, Koreya, Finlyandiya, Avstraliya va Rossiyada rivojlanmoqda 
Masofaviy о‗qitish tizimida, xuddi an‘anaviy о‗qitish tizimidagidek, о‗qitishning besh 
metodi qо‗llaniladi: axborot – retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va tadqiqot. 
О‗qitish vositalari quyidagilardan iborat: kitoblar (qog‗oz va elektron shaklda); tizimdagi 
о‗quv materiallar; kopyuter о‗quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio о‗quv axborotlari; 
video о‗quv axborotlari; masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; trenajyorlar; 
uzoqdagi bilim bazalari; ekspert о‗quv tizimidagi va geoaxborot tizimidagi didaktik materiallar. 
О‗qitish vositalari - о‗qitishning texnik vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproyektor, 
diaproyektor, kodoskop, videoproyektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. 
Masofaviy о‗qitishning о‗ziga xos tamoyillari quyidagilardan iborat: 
-interfaollik tamoyili
-boshlang‗ich bilimlar tamoyili 
-individuallik tamoyili 
-identifikatsion tamoyil
-о‗qitish reglamenti tamoyili.
-yangi axborot texnologiya vositalarini qо‗llashning pedagogik maqsadliligi tamoyili 
-ta‘limning oshkoralik va о‗zgaruvchanligini ta‘minlash tamoyili. 
Masofaviy о‗qitish tizimida kuyidagi ta‘lim texnologiyalarini ishlatish mumkin: 
video-ma‘ruzalar; multimedia-ma‘ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-
darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter trenajyorlar; 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi konsultatsiya va testlar; videokonferensiyalar. 
Ma‘lumki, fan va texnika jadal sur‘atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda kо‗plab ilmiy 
bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning 
yangi soha va bо‗limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta‘minlayotgan 
bо‗lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Hozirgi 
vaqtda ta‘lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovatsiyalarni keng kо‗lamda qо‗llash jahon 
taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalar kо‗lamining ortib borishi, 
mamlakatda modernizatsiya jarayoni tez sur‘atlar bilan rivojlanayotganayni davrda ta‘lim sohasiga 
yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 



Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin