Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga kо‗ra, pedagogik jarayonda pedagogning
talabalar bilan о‗zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va
butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan о‗qitish bunday о‗quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish
asosida о‗qitish yо‗llari, usullari, sur‘ati tanlanadi va turli о‗quv-uslubiy psixologik-pedagogik
hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta‘minlanadi.
Individuallashtirilgan о‗qitishning asosi, talabaning individual-pedagogik xususiyatlarini
о‗rnatish hisoblanadi. Olingan natijalar asosida, о‗qitish usuli tanlanadi.
Kompyuterli о‗qitish texnologiyasi Kompyuterlashtirilgan о‗qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan
о‗qitishdir. О‗qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir.
Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televideniye, video va
boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan о‗qitish g‗oyalarini
rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan
bog‗liq bо‗lgan о‗qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib
beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik
taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi.
Kompyuterli о‗qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual о‗qitish;
muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar о‗tkazish; о‗quv maqsadlariga
erishilganligini baholash.
Bu о‗qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat bо‗ladi: dasturiy
vositalarni tayyorlash; о‗quv jarayonining (о‗quv jarayoni grafigi, diagnostika, nazorat) guruh, fan
miqyosida tashkil etish; ishchi о‗rinlarini tashkil etish, yо‗l-yо‗riqlar berish, tarmoqni boshqarish;
talabalar bilan muloqotda bо‗lish, individual o‗qitishni ta‘minlash.