1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   308
Modulning amaliy ahamiyati:
bugungi kunda oliy ta‘lim tizimi oldidagi eng asosiy vazifa 
malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash uchun unga nisbatan quyidagi 
talablar qo'yilgan: 
-о‗z sohasi bо‗yicha zaruriy bilim, kо‗nikma va malakalarga ega bо‗lish; 
-sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya‘ni mustaqil ta‘limga 
tayyor bо‗lish; 
-sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish kо‗nikmasiga ega 
bо‗lish; 
-о‗z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va о‗z faoliyatini tashkil etish kо‗nikmasiga ega 
bо‗lish. 
Modulli ta‘limni maqsadi talabaning aynan shu jihatlarini shakllantirishga qaratilgan. 
Demak, modulli yondashuv yangi axborotni mustaqil о‗zlashtirish, talabaning mustaqil va 
hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, о‗zini va о‗rtoqlarini faoliyatini baholashga qaratilgan. 
Bunday yondashuv zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi. 
Sohamiz rivojlanishi uchun mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta 
egallagan mutaxassislarni tayorlash maqsadimizdir. 


164 
 
1.2. ―Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari‖ fanni o‗qitishdagi innovatsiyalar va 
ilg‗or xorijiy tajribalar 
 
Oliy о‗quv yurtlari о‗qituvchilari о‗quv fanlari bо‗yicha yaxlit ta‘lim texnologiyalarini 
loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqdalar. O‘qish jarayonida 
taqdim etiladigan ta‘lim texnologiyalarida yangi о‗qitish modeli qо‗yidagilarga asoslangan: 
• ta‘limning har bir shaxsga yо‗naltirilganlik va tizimli yondashuv, ta‘lim subyektlari 
munosabatlarini demokratlashtirilishi va insonparvarlashtirilishiga; 
• ta‘limda talabalar roli о‗zgarishiga: о‗quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta‘lim 
jarayonining teng huquqli subyekti; 
• ta‘limda о‗qituvchining roli о‗zgarishiga: mustaqil о‗quv faoliyatining tashkilotchisi
talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi. Talabalar bilimi, kо‗nikmalari, 
mahoratlarining nazoratini hamda ehtimolli og‗ishlarni о‗z vaqtida tо‗g‗rilash maqsadida ularning 
bilim darajasi diagnostikasini ta‘minlaydi; 
• ta‘limning uslublari va vositalarining о‗zgarishiga: (1) muammoli holatlar, faol ijodiy-
tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish, bilimlarni amalda 
qо‗llashga yо‗naltirilgan faol va interfaol usullar an‘anali bо‗lib qolmoqda; (2) jamoa va guruh 
ishlari keng qamrovli ta‘lim shakliga nisbatan kо‗paymoqda; (3) axborot texnologiyalari ta‘limning 
an‘anaviy vositalari bilan bir qatorda keng qо‗llanmoqda; о‗quv materiallari ta‘lim olayotganlar 
tomonidan bilimlarni mustaqil qidirish uchun foydalanilmoqda
• pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining о‗zgarishiga: о‗qituvchi muammolarni 
aniqlashga, g‗oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul qilishga qodir va ularning amalga 
oshishiga mas‘uldor menejerga aylanmoqda. U nafaqat pedagogik balki talabalarning о‗quv 
faoliyatini ham bashoratlaydi, loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya‘ni qо‗yilgan ta‘lim maqsadini 
amalga oshirish va о‗quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bо‗yicha qо‗shma 
faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishda va 
о‗quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qо‗llab-quvvatlaydi, ta‘lim jarayonini о‗quv dialogi 
va polilogi 
sifatini tuzadi. 
Shu bilan birga, о‗qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta‘lim modellari 
bо‗yicha qurilgan ta‘lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu talabalarning ta‘lim 
subyekti sifatida ta‘sir etmasligida va о‗qituvchilar tomonidan taklif etiladigan о‗quv faoliyatining 
uslub va vositalarini amaliy qо‗llash qо‗nikmalarining yо‗qligida namoyon bо‗ladi. 
Shu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida 
talabalar quyidagi qо‗nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur: 
-leksiya, seminar va amaliy mashg‗ulotlarda mustaqil faoliyat kо‗nikmalari; 
-taqdimot kо‗nikmalari; 
-kommunikativ kо‗nikmalar; 
-hamkorlikdagi ishlar kо‗nikmalari; 
-muammoli holatlar tahlil qilish kо‗nikmalari, о‗quv vazifasini yechish, g‗oyalarni generatsiya 
qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu о‗z navbatida о‗qituvchinig 
muammoli leksiya, tahlilda va о‗quv holatlarini (Keys stadi) hal etish faol ishtirok etishini 
ta‘minlaydi;
-ma‘lumotlarni qidirish, yig‗ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot 
texnologiyalardan foydalana olishning amaliy kо‗nikmalari. 
Mamlakatimiz ta‘lim tizimida, 30 yillarda AQSH da dunyoga kelgan, XX asrning 80 
yillariga kelib deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarni qamrab olgan va YUNESKO tomonidan 
tasdiqlangan texnologiyalashtirish bosqichi faollik bilan amalga oshirilmoqda. Ta‘limni 
texnologiyalashtirish – bu keng ko‘lamdagi mutaxassislarning nazariy va amaliy to‘plamlarini 
tadqiqot qiluvchi va ta‘minlovchi pedagogika fanining yangi yo‘nalishi xisoblanadi. Uning ilmiy 
imkoniyatlari mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlarida kundan-kunga ortib bormoqda.



Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin