162
Ilova
I. “Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari” fanini o„qitishning nazariy asoslari
“Kimyoviy texnologiyaning maxsus boblari” fani taraqqiyotining ustuvor yo‟nalishlari
Mamlakatimiz iqtisodiyotining taraqqiyotida
sanoat tarmoqlarini, xususan kimyo sanoatini
va uni xalqaro andozalar hamda zamonaviy mеzonlar darajasida rivojlantirish bugunning dolzarb,
hayotning o‘zi talab etayotgan muhim vazifalardan sanaladi. Shu ma'noda, kimyo sanoati va uning
tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini, raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion tеxnologiyalardan samarali va unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa, o‘z navbatida ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalash, tеxnik va tеxnologik
jarayonlarni amaliyotga tadbiq etishni taqoza etadi. Bugungi jahon moliyaviy inqirozi sharoitida bu
boradagi yangilanishlarni amalga oshirishda bosqichma – bosqich
tamoildan foydalanish kеrak
bo‘ladi.
Kimyo sanoati – xalq xo`jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo`lib, ilmiy - texnik
taraqqiyotni tezlashtirishga, ishlab chiqarish samaradorligining ortishiga, xalqning moddiy -
ma'naviy ta'minot darajasining ortishiga hal qiluvchi ta'sir ko`rsatadi. Bugungi kunga kelib
kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishning ortishi va xalq xo`jaligining
turli sohalarida ularning
ishlatilishi, yerdan foydalanishni jadallashtirish, og`ir sanoatda ilmiy - texnik taraqqiyotni
tezlashtirish, qurilishda industrial usullarni rivojlantirish, yengil sanoatla xom ashyo bazasini
kengaytirish va xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Mineral o‘g‘itlar o‘simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo‘lsa, o‘g‘it
ishlab chiqarish uchun nitrat kislota xom ashyo hisoblanadi.
Xalq xo`jaligini kimyolashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Kimyoviy materiallarni ishlab chiqarishda
tabiiy xom ashyolardan
olinadiganiga qaraganda mehnat va energetik sarflar 2-3 martagacha kamayadi. Kimyo va kimyo
sanoati rivojlanib borayotganligini istemolning istalgan jabxalalrida ko‘rish mumkin. Hozirgi
paytda kimyo sanoatini rivojlanishida mini texnologiyalarning xam ro‘li katta.
Fan va shu jumladan kimyo rivojini boshqa fanlarning yutuqlariga suyangan holda shunday
yutuqlarga erishdiki, hozirgi kunda tabiatning o‘zida mavjud bo‘lmagan minglab moddalar
yaratilmoqda. Bu narsa kishilik jamiyatining olg‘a qarab rivojlanishida katta ro‘l o‘ynamoqda.
Respublikamizda ko‘plab kimyo korxonalari mavjud bo‘lib, turli tuman moddalar;
sulfat
kislata, mineral o‘g‘itlar , sulfatlar , plastmassalar , sintetik smolalar, sement, suniy tola, lak –
bo‘yoqlar va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqarilmoqda. Misol tariqasida respublikamizdagi eng
yirik korxonalardan bo‘lgan Chirchiqdagi ―Elektrokimyo sanoati‖, Navoiydagi ―Navoiyazot‖,
Farg‘onadagi ―Farg‘onaazot‖ O.A.J
kabi korxonalarda, ammoniyli selitra, karbamid, ammiak,
boshqa mahsulotlar shlab chiqarilmoqda.
Bundan tashqari, sulfat kislata ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagilar: Chirchiqdagi
―Elektrokimyo sanoati‖, Olmaliq ― Tog‘kon metallurgiya kombinati‖, Samarqand ―Kimyo‖ zavodi,
Nvoiy ― Tog‘kon metallurgiya kombinati‖, Olmalq ―Ammafos‖ O.A.J kabi korxonalarda ishlab
chiqariladi.
Hozirgi paytda azotli birikmalarni
ishlab chiqarish rivojlanib, qishloq xo‘jaligini azotli
o‘gitlar bilan taminlab berishi muhim ahamiyatga ega. Azotli o‘g‘itlar va birikmalar ishlab
chiqarishda asosiy hom ashyo ammiak hisoblanadi. Ammiak ishlab chiqarish sulfat kislotadan
keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bugungi kunda ishlab chiqarishda ammiak karbamid , ammoniy
selitra, murakkab o‘g‘itlar olishda ishlatiladi. Barcha o‘simliklar ozuqa elementi
hisoblangan azotni
tuproqdan oladi. Qishloq xo‘jaligida mahsuloti serxosilligi ma‘lum darajada tuproq tarkibidagi
azotga bog‘liq. Ammiak ishlab chiqarishni betoxtov o‘sishi natijasida, uni ishlab chiqarishning