1 О‗zbekiston respublkasi oliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Yüklə 180,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/308
tarix07.01.2024
ölçüsü180,2 Kb.
#206847
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   308
163 
 
yangi usullarini rivojlanishi va texnologiyalarni rivojlantirish muxim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Bu korxonalarda ammiak ishlab chiqarish korxonaning yuragi xisoblanadi.
So`ngi yillarda biomassaning kimyoviy va biokimyoviy yoqilg`iga va organik sintez 
mahsulotlariga transformasiyasi bo`yicha asosiy yo`llar belgilandi. Biosferadan samarali 
foydalanish va uni zararli texnogen jarayonlardan himoya hilishning ahamiyati kundan-kunga oshib 
bormoqda. Sanoat tashlamalarini zararli aralashmalardan tozalashning takomillashgan va yangi 
samarali usullarini ishlashda kimyoviy texnologiyaning ahamiyati beqiyosdir.
Modul
- mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bо‗lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan
natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bо‗lgan birlikdir. Modulni о‗rganish 
natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanaday kо‗nikma va malakalar shakllantirilishi sanab 
о‗tiladi. О‗zlashtirish jarayoni tugagandan sо‗ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara 
olishi kо‗rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bо‗lib, о‗qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan 
holda shakllantirilishi lozim. 
Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, kо‗nikmalarni 
shakllantirish, ularda rejalashtirish, о‗z-о‗zini boshqarish va nazorat qilish, о‗zlashtirish bо‗yicha 
samarali natijani ta‘minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bо‗lib qolmoqda. 
Modul bu shunday maqsadgsha yо‗naltirilgan bog‗lamki, u о‗zida о‗rganiladigan mazmunni va uni 
о‗zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.
Modulli texnologiyalar asosida ta‘limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, 
extiyojlari va о‗ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan 
taqdirda о‗z–о‗zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, о‗qishga bо‗lgan motivlarni 
kuchaytiruvchi ―subyekt-subyekt‖ konsepsiyasiga asoslangan ta‘lim tizimi kelib chiqadi. 
Modulli о‗qitishda о‗quvchilarni о‗z qobiliyatiga kо‗ra bilim olishi uchun tо‗la zaruriy 
shart-sharoitlar yaratiladi. 
Modulning maqsad va vazifalari: fanni о‗qitishda yangi interfaol metodlarni qо‗llash orqali 
talabalar bilim saviyasini oshirish; о‗quv mashg‗ulotining loyihasini ishlab chiqish; о‗quv 
mashg‗ulotida hal etilishi lozim bо‗lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash; о‗quv mashg‗uloti 
mazmunini ishlab chiqish; о‗quv mashg‗uloti samaradorligini ta‘minlashga yordam beruvchi metod
usul hamda texnik vositalarni tanlash; talabalar faoliyatini nazorat qilish hamda baholashni tashkil 
etish; о‗quv mashg‗ulotida talabalarning mustaqil faoliyat kо‗rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
hamda kо‗nikma va malakalarni shakllantirish. 

Yüklə 180,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin