165 Pedagogik amaliyotda ta‘limning yangi yo‘llari va vositalarini tez suratlarda yo‘lga qoyish
kuzatilmoqda. Shubxasiz bunda faol ta‘limning ayrim shakl va usullari o‘rniga bir butun o‘qitish
texnologiyalari kelishi lozim. Ta‘lim jarayonini texnologik loyixalashtirish va rejalashtirishni
faqatgina texnologik bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan pedagoggina qilishi mumkin.
Texnologik bilimlarning asosi bu qonun-qoidalarni bilish xisoblanadi: texnologiyalashtirish
qonuniyatlari va yo‘l-yo‘riqlari, qoyilgan ta‘lim maqsadini amalga oshirish uchun va
rejalashtirilgan samarali natijani olish uchun optimal yo‘l va vositalarni tanlash.
Ta‘limni texnologiyalashtirish fikri bu yangilik emas. Yan Amos Komenskiy ta‘limning
shunday umumiy tartibini topishga xarakat qilgan-ki, u inson tabiatining umumiy qonuniyatlari
boyicha amalga oshiriladi. Shunda Komenskiy «og‗irligi tenglashgan soatning yurishidek hamma
narsa aniq va ravshan rivojlanib boradi va bu shu turdagi avtomat moslamasiga yoqimli va quvonch
bilan qaragandek yoqimli va quvonchlidir» deb taxmin qiladi.
Didaktik mashina uchun 1) aniq qoyilgan maqsad; 2) bu maqsadni amalga oshirish uchun
kerak bo‘ladigan vositalar, 3) va albatta, maqsadga erishish uchun bu vositalardan qanday
foydalanishning aniq qonun-qoidalari»ni topish zarur deb yozgan edi Komenskiy. Yа‘ni 300 yil
oldin ta‘limni texnologiyalashtirishning asosiy yondoshuvlari shakllangan edi:
1. ta‘lim maqsadini aniqlashtirish;
2. bu maqsadlarga erishishning optimal (oson) yo‘l va vositalarini tanlash;
3.qoyilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan ta‘lim modelini loyixalashtirishni belgilovchi
qonun-qoidalar xajmi
Xozirgi kunda ta‘lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiyalar doirasiga o‘tkazish
degani bu maktab amaliyotida pedagogik jarayonni ixtiyoriy tuzishni va uni amalga oshirishni xal
qiluvchi o‘zgartirishlarga olib kelinishini bildiradi.
An‘anaviy о‗qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zо‗ravonlik pedagogikasi, о‗qitishning tushuntiruv-
kо‗rgazmali usuli, ommaviy о‗qitish. An‘anaviy о‗qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon
bо‗ladi: о‗quvchi bu hali tо‗la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor
hakam, yagona tashabbuskor shaxs.
Zamonaviy an‘anaviy о‗qitish esa, о‗qitishning texnik vositalarini qо‗llab, didaxografiyadan
foydalanishdan iborat bо‗ladi. Shaxsga yо‗naltirilgan texnologiyalarda, о‗quvchi shaxsi pedagogik
jarayon markaziga qо‗yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini rо‗yobga chiqarishga
qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida О‗zbekiston Respublikasidagi ta‘lim tizimining milliy
modeliga alohida e‘tibor qaratilgan. Bu model 5 tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat,
uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish. Bu yerda ta‘lim milliy modelining asosiy tarkibiy qismi -
«shaxs» birinchi о‗rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta‘lim tizimi, shu jumladan, о‗qitish
shaxsga yо‗naltirilgan bо‗lishi lozim.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, о‗qitishning shaxsga
yо‗naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Hayot dialektikasi shundan iboratki, doimo yangi avlod, oldingi avloddan kо‗ra
rivojlanganroq bо‗ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrigacha, fan, texnika va
texnologiyalar rivoji evolyusion, past sur‘atlarda amalga oshar edi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning keskin yuksalish davrida fan, texnika, texnologiyalar yuqori
sur‘atlarda rivojlanayotgan davrda, bir avlod hayoti davomida fanning rivoji insoniyatning butun
tarixidagidan kо‗ra kо‗proq bо‗lgan bu davrda, о‗qitishning an‘anaviy tizimi (shu jumladan
zamonaviy an‘anaviy о‗qitish) о‗z umrini oxiriga yetdi.
Hozirgi zamon avlodining rivojlanish sur‘ati oldingilardan kо‗ra ancha yuqori bо‗lganligi
sababli, о‗qitishning an‘anaviy tizimi, rivojlanishga tо‗sqinlik qila boshladi. Bunday sharoitlarda
taraqqiyot, faqat har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini tо‗la rо‗yobga chiqarish asosida amalga
oshirilishi mumkin. Axborotning hajmi, xilma-xilligi, egallashga moyilligi va vositalarining
yetarliligi samarali individual va mustaqil о‗qitishni tashkil etish uchun zaruriy shart-sharoitlar