26. Nutqda mantiqiy urg’uni noto’g’ri qo’yish, talaffuz kamchiliklari, sheva so’zlarini ishlatish natijasida berilayotgan ma‘lumotlarni necha foizi umuman qabul qilinmaydi?
a) 29,0 % i;
b) 19,0 % i;
*v) 39,0 % i;
g) 49,0 % i;
d) 47,0 % i.
27. «Diktsiya» nima?
a) imo – ishora;
b) his – hayajon;
v) hatti – harakat;
g) munosabat;
*d) talaffuz.
28. O’qituvchi faoliyatining sub‘ekti kim?
a) inson, bola, o’quvchi;
b) ta‘lim muassasalari;
*v) ota-ona, tarbiyachi, o’qituvchi va sinf jamoasi;
g) atrof-muhit va jamiyat;
d) insonparvarlik va vatanparvarlik.
29. O’qituvchining hissiy turg’unligi qaysi holatlarida namoyon bo’ladi?
a) o’ziga ishontira olish va muloqotga tez kirishishida;
b) ochiqlik va muloqot ehtiyojida;
v) kasbiy xushyorlik va hatti – harakatida;
g) dars va darsdan tashqari jarayonda harakatchanligida, tashabbuskorligida va o’quvchilarni o’z izidan ergashtira olishida;
*d) o’z-o’zini, kayfiyatini, his-tuyg’usini, asab va ruhiy holatini boshqara olishida.
30. Pedagogik texnologiya nima?
a) Pedagogik texnologiya – ta‘lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun qo’lay usullardan foydalanish;
b) Pedagogik texnologiya – oldindan loyihalashtirilgan va rejalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonidir;
*v) Pedagogik texnologiya – bu ta‘lim shakllarini qulaylashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta‘sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini belgilash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir;
g) Pedagogik texnologiya bu ta‘lim jarayonini jadallashtirish maqsadida eng maqbul usullardan foydalanish imkoniyatidir.
d) Pedagogik texnologiya – ta‘lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga tezda erishish yo’lidir;
Dostları ilə paylaş: |