1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari


-MAVZU: ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH (2-SOAT)



Yüklə 231,52 Kb.
səhifə4/20
tarix05.12.2023
ölçüsü231,52 Kb.
#173644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1 Pedagogika fanining dolzarb muammolari. Pedagogik tadqiqotlar -fayllar.org

2-MAVZU: ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH (2-SOAT)

Reja:
1. Ilmiy ish ustida ishlash.
2. Adabiy manbalarni yig'ish.
3. Bibliografiya va adabiyotlar ro'yxati tuzish.
4. Adabiy manbalarni o'rganish.
5. Foydalanilgan muhim manbaning konspekti.


Asosiy tushunchalar: “ilmiy ish”, “adabiy manba”, “bibliografiya” va “adabiyotlar ro'yxati”, “konspekt”.
Ilmiy ish ustida ishlashning dastlabki qismida ilmiy xodim, ishni mavzuda belgilangan vazifa uchun zarur bo'lgan adabiy manbalarni yig'ishdan boshlaydi. Bu ishni bibliografiya tuzish yoki foydalanilishi zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati deyiladi. Ro'yxat tuzish uchun kutubxona kartochkalaridan foydalaniladi. Kartochkalarda vatanimizda Rossiyada va boshqa chet ellarda mavjud bo'lgan shu muammo yuzasidan kerakli kitoblar, makolalar, yoklangan dessertasiyalar va arxiv materiallari yozib boriladi. Yigilgan materiallar bilan tanishish davomida ilmiy xodim, tanishgan materiallarni tanqidiy karab undan ko'chirmalar oladi. Ya'ni o'z mavzusining qaysi qismiga yoki rejaning qaysi bo'limi uchun zarurligini aniqlaydi. Agar o'z ishi uchun foydalanish zarur bo'lsa, foydalanilgan manbadan olingan sitatalar qo'shtirnoq ichiga olib yoziladi.Ayniqsa bu erda o'z mavzusiga yakin bo'lgan ishlarni, aniq va keng axborot tariqasida yoritish maqsadga muvofiq. Ayrim o'qilgan narsalardan qaysi biriga ilmiy xodim qo'shilishi , va qaysi ishlarga o'z fikri bilan qarshi chiqishi ham aytiladi. Bu olingan materiallar va faktlarni dissertasiyaning qaysi bo'limida foydalanishni ham rejalashtirib qo'yadi.
Adabaiy manbalardan foydalanilgan materiallar-ning natijasi odatda dissertasiyaning kirish qismida tahlil qilinadi va ayrim bo'limlarda foydalaniladi.
Adabiy manbalar nafaqat kitoblar, jurnal va dissertasiyalarni ko'rishdan iborat bulmay, balki ayrim institut va laboratoriyalar tomonidan chiqarilgan to'plamlar, ilmiy ishlar to'plami, instruksiya va chizmalar, loyihalardan ham iborat bo'ladi.
Adabiyotlar bilan ishlashda ayniqsa chet ellardan chiqarilgan adabiyotlarni o'qish katta o'rin tutadi. Ayrim hollarda institut va korxonalarda bajarilayotgan ilmiy ishlarda takrorlanishlar ro'y berib qoladi. Chunki, ilmiy xodimlarning ko'pchiligi chet ellarda bajarilayotgan ilmiy muammolardan xabarsizligi tufayli bunday hollar yuz beradi. Buning asosiy sababi ilmiy ish bilan shug'ullanayotgan xodimning chet tillarini bo'sh bilishidan kelib chikadi. Shuning uchun ham ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi kishilardan ingliz tili, nemis tili va fransuz tillarini chukur bilish va texnik adabiyotlarni o'rgani qattiq talab qilinadi. Bu adabiyotlarni o'rganish esa mustaqil o'qish orkali amalga oshiriladi. Shu tufayli nemis va ingliz tillarida ilmiy xodimlarning imtihon topshirishi talab etiladi. Bu imtihon nomzodlik imtihoni deb ataladi. Eng zarur adabiy manbalarni va chet tilida chiqarilgan adabiyotlarni ishlab chiqish uchun institutlar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari va maxsus kutubxonalarga hamda respublika kutubxonasiga murojaat qilish zarur. Bu kutubxoonalar orkali aloqa qilib kerakli jurnallar, adabiyotlar olib o'qilsa, ilmiy ishlar bilan tanishish va chet ellarda chiqarilgan kitoblar va ilmiy ishlar bilan tanishish uchun bevosita o'sha markaziy kutubxonalarga borib ishlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ilmiy ishlar bilan tanishishdan tashqari ilmiy ishlarning mualliflari (o'z mavzusiga yaqin) bilan tanishish va yaqin muammolar haqida maslahatlashishi ham juda muhim. Chunki ilmiy ishni, chiqarilgan kitob va maqolalarni ko'rganda tushunilmagan, anglashilmagan mavhum muammolar oson hal bo'ladi, ishni formalizmdan saqlaydi.
Mavjud mavzu yuzasidan o'rganilgan adabiy manbalar bibliografik ko'rsatkichga yozilib boriladi. Bibliografiyani tuzishning umumiy tartibiga muvofiq, har bir ishga etarli va to'liq annotasiya qisqa tavsiya yoziladi.
Yigilgan va o'rganilgan adabiyotlarning o'zi bilan kifoyalanib qolmasdan, mavzu yakin bo'lgan pedmetlarning ayrim mavzulari va bo'limlari bilan tanishish ham ilmiy ishning maqsadga muvofiq bajarilishini ta'minlaydi.
Demak adabiy manbalarni o'rganish va ular bilan ishlash quyidagicha bo'lmog'i lozim.
a) Annotasiya tuzish - o'z mavzusida foydalanish nuqtai nazaridan ishga qisqacha tasnif berish va mavzuini yoritish.
Ayniqsa, ishning nomi va paragrafi, beti, chizmasi formulasi va ifodalanishi haqida tasavvurga ega bo'lish.
b) Foydalanilgan muhim manbaning konspekti ( ayniksa yosh ilmiy xodimlar uchun juda zarur)
v) Adabiyotlarni ilmiy tahlil qilish uchun avvalo shu fan klassiklarining fundamental asarlarini ko'rish, masalaning metodologiyasini o'rganish lozim.
g) Fanning asosiy g'oyasi, ilmiy tekshirishning asosiy g'oyalarini bilish zarur. Keyin bibliografiyani sinchiklab o'rganish va birinchi galda qaysi adabiyotlarni o'qish, nimalarga e'tibor berishni bilish maqsadida o'qituvchilarga murojaat qilish zarur.
Bunda o'qilgan adabiyotlarni muammoning bo'limlari buyicha tahlil qilish kerak bo'ladi.
Har - xil olimlar o'rganilayotgan muammo, masalaning mohiyatini qanday tushunganlar, tekshirish ob'ektini qanday belgilaganlar, qanday muhim vazifalarni ajratib ko'rsatganliklariga e'tibor beriladi. -Shu muammo yuzasidan olim tushunchaning mohiyatini qanday ifodalaydi, uni nima bilan tushuntirish mumkin.
-Bu hodisaning boshqa shunga o'xshash voqealarga qanday bog'liqlik va o'xshashlik tomonlari bor.
-Qanday hollarda olimlarning fikricha bu jarayon kulay o'tadi.
- O'rganilayotgan hodisaning qanday ichki harakatlantiruvchi kuchlari mavjud, ularning rivojlanish dinamikasi qanday.
Ilmiy tekshirish ishida olim o'z pozisiyasini qanday belgilaydi, qaysi o'rganilayotgan masalalariga tanqidiy ko'z bilan karaydi.
Adabiyotlardan foydalanish zarur bo'lganda ularni sitatalar keltirish kerak bo'ladi. Olingan material qo'shtirnoq ichida yoziladi hamda avtorning ismi, familyasi yozilgan ishning nomi, kaerga qachon chiqqanligi, olingan material qaysi betdan olinganligi aniq ko'rsatiladi.
Adabiyotlar bilan ishlaganda, avvalo uning muallifi nomi, chiqqan shahri, chop etilgan nashriyoti, yili hamda anotasiyasi bilan tanishish kerak.
Bu ma'lumotlar olingandan keyin, uni 6x8 yoki 8x10 o'lchamli qattiq qog'ozga ma'lum bir qoida asosida yozib qo'yiladi.Bu qoidani kutubxonachilardan bilib olish mumkin. Bu qaydnoma bilan tadqiqotchi o'ziga maxsus adabiyotlar kartotekasini tuza boshlaydi.
Sohaning nazariyasiga bagishlangan adabiyotlarni ko'rish uchun alohida daftar tutib, unga o'qilgan kitobdagi shu soha faniga tegishli turgun tushuncha, qonuniyat hamda qonun va qoidalarni yozib boriladi. Keyinchalik ular guruhlarga ajratilib tartibga solinganidan keyin tadqiqot ishida ba'zilaridan umumiy, ba'zilaridan esa xususiy metodologik asos sifatida foydalaniladi. Kitobni o'qib konspekt qilib bo'lgandan sung yakunida kitob to'g'risida umumiy fikr - muloxazani qayd qilib qo'yiladi.Bu ma'lumotlar ilmiy ishning yozilishi jarayonida qo'l keladi.
Chop etilgan monogdafiya, ilmiy risola, ilmiy maqola yoki anjumanlarda qilinadigan ma'ruzalarning qisqacha mazmuni (tezisi)ni, shuningdek, dissertasiya yoki uning aftoreferatini o'qish tartibi nazariyaga asoslangan kitoblarni o'qishdan farq qiladi.
Ilmiy tadqiqot ishining umumiy yoki bir qismining yakuniga atalgan adabiyotlar bilan ishlaganda, uning hamma ko'rsatkichlarini - muallifi, nomi qachon va kaerda, qaysi muassasa yoki nashriyot tomonidan chop qilinganini kartotekaga mo'ljallangan kogozga tushiriladi.Shuning uchun stolga bir yo'la uch varaq qogoz tayyorlab qo'yiladi.Bu varaqlarni bosh - boshiga kartoteka kogoziga tushirilgan ma'lumotlar yozib qo'yiladi va kogozlar 1, 2, 3 raqamlar bilan belgilanib qo'yiladi.
Birinchi raqamli qogozga, ilmiy nuqtai nazardan to'g'ri fikrlar kqchirilib yozib boriladi. Har bir fikrni kqchirib yozgandan keyin, qavs ichida adabiyotni qaysi betidan olinganligini qayd qilib boriladi.Bu keyinchalik dissertasiya yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotga sahifa ostida izoh berishda kerak bo'ladi.
Ikkinchi raqamli kogozga o'qiyotgan ilmiy adabiyotdagi galiz yoki noto'g'ri ko'ringan fikrlarga muallif bilan munozara yuritib, unga alternativ holatdagi fikrlar kayd qilib boriladi. faqat munozara ilmiy asoslangan bo'lib, holisona , axloq darajasida olib borilishi shart. Shunday qilib, o'qiyotgan adabiyotingizni tahlil etgan bo'lasiz.
Uchinchi raqamli kogozga, shu adabiyot bilan ishlash jarayonida echimini kutayotgan masala va muammolar to'g'risida yangi fikrlar tushirib boriladi.
Shu yo'sinda uch turdagi kogozlarni uch xil papkaga yigiladi. Papkalar ham, kogozdagi raqamlarga muvofiq 1,2,3 deb belgilab qo'yiladi.
O'ttiz - qirq adabiyot ko'rilgandan keyin manbalar bilan ishlash nash'asini his qilina boshlaydiAdabiyotlarni bir- biriga solishtirib ko'rib sarasini puchagidan ajratish oson kechadi.
Tadqiqot ishi mavzusiga oid ilmiy nazariy adabiyotlarni ko'rish bilan birga boshqa ilm - fan tarmoqlaridan ham minimum bilimlarga ega bo'lish zarur.


Yüklə 231,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin