1. Pedagogikaning umumiy asoslari. Iqtisodiy tarbiya



Yüklə 72 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü72 Kb.
#125437
1. Pedagogikaning umumiy asoslari. Iqtisodiy tarbiya


Mundarija


Kirish.
1.Pedagogikaning umumiy asoslari.
2.Iqtisodiy tarbiya.
3.Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya.
4.Iqtisodiy tarbiya va maʼnaviy qadriyatlar
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.


Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida (1997-y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e ’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish va maktab yoshidagi bolalarda iqtisodiy tushunchasini rivojlantirish mahsadida kuzda tutilgan metodik va tarbiyaviy ishlarning mazmun va mohiyati o`quvchilarning salohiyatini oshirish yulidagi olib borilayotgan pedagogik talim tarbiya jarayonida o`qituvchining tutgan o’rni katta ahamiyatga ega bo’lib uning bu sohaga mas`uliyat bilan yondashgan holda ta’lim tarbiya berishi, o`z kasbiga sadoqat bilan vijdonan yondashishi talab etiladi. Shu qatorda boshlang`ich talim va sport yunalishlarida ham o`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish kata ahamiyatga egabulib bunda o`qituvchi o`z qol ostida shakillanib borayotgan yosh avlodni kelajakga tayorlab tog`ri shakillantirishi va ularni tug`ri yunaltira bilishi muhim hisoblanadi.O‘sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, mamlakatiniz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir.Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o‘qituvchi tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir.Bu vazifani amalga oshirish uchun qanday yo‘l tutish va nimalargae’tibor bermoq lozim.Bu savollarga m a’lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo‘lgan.Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni yoshlarga o‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalaming to ‘planishi natijasida ta’lim-tarbiyaningdastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagitajribalar asosida bilimlar boyib bordi.
Milliy istiqlol tufayli jadval rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodning bilim darajasini jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, m a’naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu esa, avvalo, pedagogika fanini, ta’limtarbiya tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasbhunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning ta’limtarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Agar pedagogika fanidan xabarsiz bolgan kishilar pedagogika fanini o ‘z vaqtida o ‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida edi, yoshlarni yana ham yaxshiroq tarbiyalagan bobur edilar. Bunda islom dunyosida qalam tebratgan allomalardan tortib, zamondosh olim-u fuzalolaming ta’limotlaridan ta’lim-tarbiyaga oid qirralarini izlab topish taqozo etiladi. Yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishda istiqloldan avval qoralangantasarruf ilmidan ham foydalanish joiz. Negaki, bir mafkura yakkahokimligiga endilikda y o‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Erkin fikrlash tizimi yosh avlod ruhini tarbiyalashdagi bosh omillardan biridir. Pedagogika fani mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari,qonuniyat va prinsiplari, o‘ziga xos y o‘nalishlari ta ’lim-tarbiyajarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani O‘zbekiston Respublikasidailmning ustuvor sohasi sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida jahon va sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasaw uf ta’limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy Asarlari, sharqona ta’lim-tarbiya vositalari hamda metodlarinio‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g‘oyasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to 'g ‘risda»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmuyi e ’tirof etiladi.
1.Pedagogikaning umuniy asoslari
«Pedagogika» atamasi «Peyne»-«bola»va «aygogeyn»-«yetaklamoq» degan ma’noni bildiruvchi lotincha «daydagogos» so‘zlaridan iborat bo‘lib, quyidagicha izohlanadi: eramizdan oldingiI asrlarda Gretsiyada, quldorlaming bolalarini ovqatlantiradigan, sayr qildiradigan, tarbiyachi-qullarni «pedagog» deb atashgan. U bolalarning kamolga yetishiga m as’ul bo‘lgan. Quldorningbolasini maktabga olib borgan va olib kelgan. Maktabda ishlovchio ‘qituvchilarni «didaskallar» («didayko-men» o‘qitaman) deyishgan.Feodalizm jamiyatiga kelib esa har ikki kasbdagi kishilar hamkorliginatijasida ta’lim-tarbiya bilan maxsus shug‘ullanuvchilar vujudgakelgan. Ularni chex pedagogi Y.A.Kam enskiy ta’kidlaganidek, «pedagog» deb nomlaganlar.
Pedagogika fani mustaqil 0‘zbekiston Respublikasida amalqiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o ‘ziga xos yo‘nalishlari ta’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o ‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani 0 ‘zbekiston Respublikasida ilmning ustuvor sohasi sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida jahon va sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasaw uf ta’limoti namoyondalarining badiiy va ilmiyAsarlari, sharqona ta’lim-tarbiya vositalari hamda metodlarini o ‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g‘oyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining«Ta’lim to 'g ‘risda»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiyilmiy majmuyi e ’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali natijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning ta’lim faoliyatini liberallashtirish yo‘llari, ta’lim mazmunini tanlash va ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta’limi nazariyasi, ta’limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, ta’lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo‘ladi Pedagogika fanining obyekti asosan maktab o ‘quvchilaridir, predmeti esa o'quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir.
Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o ‘rganib borishni taqozo etadi, tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo`llarini ko‘rsatib beradi. Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta’lim», «tarbiya» hamda«m a’lumot» degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so’zlar o ‘zaro bog‘langantarzda, bir-birini to`ldiradi. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriyatushunchalari deb nomlaymiz. Bulardan tashqari «o‘quvchi», «o‘qituvchi», «metod», «intizom», «jamoa», «irsiyat», «muhit», «direktor» kabi tushuncha-nomlar mavjudki, bu haqida mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtab o ‘tamiz.Tarbiya tarixini o ‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayonekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilanshug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirning samarali yo’ l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buningnatijasida tarbiya haqidagi g ‘oyalar, nazariya va tavsiyalarpaydo bo‘la boshlagan. Bular o ‘z navbatida pedagogikafanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlario‘zlarining pedagogik g‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissaqo‘shdilar. Bu jarayonda o ‘zbek mutafakkirlarining xizmatlari beqiyosdir. Tarbiya haqidagi g ‘oyalar eramizdan avvalgi VI asrda shakllanganligi haqida m a’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlartalqin etilgan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarni shakllanishida islom ta’limotining ahamiyatini alohida ta ’kidlash joiz. Qur’oni Karimva hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi,ma’naviyati, axloqi, e ’tiqodini har tomonlama shakllantirish omillari bayon qilingan.Tarbiya haqidagi g ‘oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy,At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, AlisherNavoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlaribeqiyosdir. Buo ‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishilozimPedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o ‘zgarib borishinio‘rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ularo‘rtasidagi aloqa hamda bogManishlarni ochib beradi. Shu asnodata’lim va tarbiya sohasidagi tajribalami umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar hamda maktabdan tashqari muassasa xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalarbilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish,o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliytavsiyalar beradi.Tarbiya - o‘sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlarasosida aqliy kamolot va dunyoqarashni, insoniy e ’tiqod, burch vamas’uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Ta’lim, tarbiya va ma’lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon bo‘lib, o ‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilikqiladi. o‘qituvchi maktabda dars berar ekan, o‘quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor qiladi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi. Pedagog o ‘quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe’l-atvorlariga doimo ta’sir ko‘rsatadi.Ijtimoiy hayot tajribasining ko‘rsatishicha, agar inson o‘zshaxsiy manfaatini ko‘zlab o‘qisa, o‘rgansa, o‘z ustida tinmay quntbilan shug‘ullansa, u oliy m a’lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiymukammal kamolot egasi bo’lishi uchun u ta’lim va m a’lumotdantashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan bo`lmog`i lozim. Ana shunday fazilatlarga ega bo`lgan kishigina tarbiyako‘rgan inson hisoblanadi.
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma’lumot beruvchi nazariyalar m a’lum darajada pedagogika fani uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham har bir insonning ijtimoiy kamolotga erishishiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlariga asoslanadi va o ‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy bogMangandir. M a’lumki, har bir o ‘qituvchi-tarbiyachi, o ‘quvchi o ‘z ona yurti tarixini yaxshi bilmog‘i lozim. T a’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o ‘qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o ‘tmishdagi taraqqiyot yo‘lini bilishi kerak. o‘qituvchi-tarbiyachi o‘quvchilarga bilim berish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda u psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ma’lum ma’noda psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha m a’lumot beradi. Bu fan o ‘quvchining xulqi, odobi m e’yorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni chin m a’noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga mehr uyg‘otadi. Fanlarni o ‘qitish yoMlari ham pedagogika fanining didaktika boMimiga aloqador. Chunki har qanday fanni o ‘qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini o ‘quvchilar tomonidan o ‘zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham o‘zaro bog‘langan. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani obyekti yil sayin kengayib borib uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi. M a’lumki, turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o ‘qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fanining o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o ‘quvchilarni tarbiyalash va o ‘qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o ‘rganadi), harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o ‘quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurolyaroglardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash y o ‘nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir. Pedagogika faqat sog‘lom o ‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki nogiron bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’limtarbiya berish), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. o‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o ‘z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o ‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. o ‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g ‘oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e ’tibor berganlar.Har qanday fan o ‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o ‘rgatish va qanday o ‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o ‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim - degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o ‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o ‘qitishning real jarayonlariga xos boMgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuyini tushunamiz. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to‘g ‘ri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanib, pedagogika fani ham boyib boradi. Bugungi kungaqadar mavjud bo‘lgan va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritish mumkin: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o ‘rganish metodi; 4) test, so‘rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi.Pedagogikaning kuzatish metodi ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va'shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi. Bu metodni qo‘llanish jarayoni ancha murakkab bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o ‘qituvchi va o‘quvchilaming o ‘zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi. 16 Tajribalarning ko‘rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv m a’lum reja asosida yig‘ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo`ladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig`ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o ‘quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarining shakllanishi, fikrlash va xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil qiladi hamda tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratadi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab boladi.Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o ‘rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o ‘quvchilarining o ‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma’lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Shu sababli yoshlarning turli yozma ishlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

2. Iqtisodiy tarbiya.


Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya berish muammosi ko‘pdan buyon pedagogikaning asosiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Avvalo, iqtisodiy tarbiya haqida mukammal tushunchaga ega bo‘lmoq darkor. Iqtisodiy tarbiya o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish qobiliyatini kamol toptirishdir. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutafakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso Al Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o ‘z ishiga pishiq bo‘lishi kerak. Shunda u o ‘z mehnatining natijalarini o‘lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr Al-Farobiy insonga yashash uchun juda ko‘p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e ’tirof etadi. Bu o ‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o‘rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini Yevro‘pa amaliyoti misolida ko‘rib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Al-Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» asarida shunday yozadi: inson o ‘z mablag‘ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi». Ko‘rinib turibdiki, o‘tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob-kitobga o ‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e’tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni saqlash yo ‘llarini bilishi kerak. Ota-ona ne’matlarni uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidanoq nasihat yo‘li bilan o ‘rgatadi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o ‘rgatish lozim deb ko‘rsatadi. Inson hunarni puxta o ‘rganishi shart. Chunki, hunar unga kelajakda ro‘zg‘or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u o ‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o ‘z imkoniyatidan to‘g ‘ri yoki noto‘g ‘ri foydalanayotganini his qila oladi. Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Farzand oilada ota-ona tajribalari ta’sirida tarbiya ko‘radi. Ota ona har qadam, har nafasda bolaga saboq beradi: - Asbobni ishlatgach, darhol o ‘rniga, yopiq joyga olib, qo‘y. U yom g‘ir emas, shudring tegsa ham zanglaydi, o‘tinaslashib qoladi. - Tovoningni to‘g‘ri bos, poyabzalning poshnasi yeyilmasin... - Suvning bir tomchisi ham aziz. Uni qadrla... - Nonning uvoli turmushga, qog‘ozning uvoli obro‘ga putur yetkazadi. Uvoqni ko‘rdingmi, ko ‘zingga surt, qog'oz parchasini chetga olib qo‘y... Mazmuni olamcha bo'lgan bu o‘gitlar ota-onalar tomonidan farzandlar ongiga singdirilayotgani xasislik alomatlari emas, balki turmush tajribasining durdona xulosasi, tejamkorlikka undashdir. Tejamkorlik tarbiyasi axloqiy tarbiyaning hisob-kitob bilan yashashga o ‘rgatadigan muhim sohasi sanaladi. Ishlab chiqarish korxonasidami, ro‘zg‘ordami, tabiat bag‘ridami, qayerda boMmasin, tejalgan ne’mat katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Insonlardagi tejamkorlik fazilati oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, ularda turmush kechirish m e’yoriga amal qilish malakasini ham shakllantiradi. Vaqt- inson ixtiyoridagi bebaho xazina. Uni faqat dunyoni o ‘rganish va o ‘zgartirishga, shaxsiy manfaati va el-yurt xizmatiga, mehnat samadorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga sarf etish xususiyatini har bir kishida shakllanishi muhim fazilatdir. Saxiylik yuksak darajadagi ijobiy fazilatdir. Shu bilan birga saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug‘orilmog‘i kerak. Yoshlarga daromad hajmini belgilash va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va unga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini shakllantirish darkor. Qiymati qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so‘rab yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish halollik belgisidir. Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to‘g ‘ri anglatish tejamkorlik tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to ‘laqonli amalga oshishi ota-onalar, o ‘qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga bog`liq. Tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan bolalar dastlab o ‘z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna ko‘rsatish, ishontirish, nasihat qilish. maslahat berish yo‘li bilan farzandlarni tejamkor bo‘lishga undash, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish, lozim boisa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash ota-onalarning tarbiyalay olish mahoratlariga bog‘liq. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyalanuvchi shaxsida qisqa muddatli, uzoq muddatli, beqaror yoki doimiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ta’sir qanchalik to‘g'ri, asosli va kuchli bo‘lsa, farzandlarda tejamkorlik fazilati shu qadar mustahkam shakllanadi. Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro'zg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta ’mirlash sohasida bolalar mehnatini tashkil etadilar. Bunda ota-ona yumushlarni bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ishni topshirish bilan cheklanmay, bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilib turish, lozim boMsa, maslahat, ko‘mak berishi, ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Bola mustaqil topshiriqni bajarish jarayonida rejadagi ishni uddalash uchun sarf etiladigan xomashyo, mablag‘, vaqt, kuchni aniqlash, kerakli uskunalarni tayyorlash, sozlash malakalarini egallab boradi. Matbuot, radio, televideniya xabarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar tomonidan berilgan tejamkorlikka oid ma’lumotlar, ota-onalar hamda keksalarning bu to‘g ‘ridagi maslahatlari, tanbehlari ham bolada mazkur tushunchaning kengayishiga ijobiy ta’sir etadi. Maktab sharoitida iqtisodiy tarbiyaning xilma-xil vazifalari bir necha fan bo‘yicha darslarda amalga oshiriladi.0‘zbekiston davlatining moddiy va m a’naviy o ‘sish iqtisodiy qonuniyati bilan o‘quvchilar tabiiy fanlarga oid darslarda tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalarni bajarilishi lozimligini o‘rganadilar. Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday savollarga bolalar o‘qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda javob topadilar. Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o ‘quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malakaga ega boMadilar. Bunday bilimlar o ‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda o ‘qishlari mumkinligini moMjallashlariga imkon beradi. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, m a’- ruza, amaliy mashg‘ulot, sanoat shoxbchalariga sayohat o ‘tkazish, solishtirish,hisob-kitob qilish g ‘oyatdata’sirchanuslublar hisoblanadi. 0 ‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish mumkin. o‘quvchilarni nechog‘lik iqtisodiy tarbiya topganliklari o ‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak. Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, hisob-kitob mohirligi o‘quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq olayotganliklarini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. M a’lumki, agar kasb to‘g ‘ri tanlangan bo‘lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intellektual, m a’naviy imkoniyatlari rivojlangan hozirgi sharoitda mamlakatimizning barcha bo‘lg‘usi mutaxassislarini tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi. Jahon pedagogik hamjamiyati ishlab chiqarish va o ‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni o‘rta umumta’limni yangilashning muhim omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo‘yicha YUNESKO xalqaro konferensiyasining tavsiyalarida ishlab chiqarish mehnati xalq xo‘jaiigining asosiy sohalarida q o ‘llanadigan asosiy ilmiy qoidalarini tushunishga yordam berishi, o‘quvchilarning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi ta’kidlab o ‘tilgan.
2.Bolalarga maktab va oila sharoitida iqtisodiy tarbiya
Dunyoqarash faqat insоngagina xоs xususiyat bo’lib, hayvоnоt dunyosi, bоshqa narsa, buyumlar va mavjudоt uchun bu hоl yotdir, ularda ham dunyoqarash bo’ladi, deb o’ylash bema’nilik bo’lur edi.Avvalо ta’kidlash lоzimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida turlicha-to’larоq, mukammоlrоq, chuqurrоq yoki yuzakirоq, chalarоq, sayoz va xоmrоq bo’lishi mumkin. Bunda kishilar tоmоnidan оldingi ajdоdlardan merоs bo’lgan ma’naviy bоyliklarni, bilimlarni va hоzirgi mavjud bilimlarni o’zlashtirish darajalari muhim ahamiyatga egadir.Hоzirgi sharоitda kishilarning оngi, dunyoqarashida yangicha fikrlash, yashashni tarbiyalanmasa, mustaqillikning g’оyasi, mazmuni va mоhiyatini tushuntirilmasa, ko’zda tutilgan natijaga erishib bo’lmaydi.Shuning uchun hоzirgi eng muhim dоlzarb masala xalqning оngidagi eskicha dunyoqarashni o’zgartirish iqtisоd, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharоitida o’z haq-huquqlarini anglash va nоxush hоlatlarni hayotga kirib qоlmasligiga, unga qarshi kurashishga tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashli Shaxsni tarbiyalashdan ibоratdir.Оddiy kuzatish uy hayvоnlariga, xattо vaxshiy hayvоnlarga ham xоs bo’lib, ular ham оvqat tоpib eyishni, egasini tanishni, xavf-xatardan qo’rqishni biladilar. Bu hоl shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday hоlat jоnli kuzatish bo’lib, оdamlarga hayvоnlarga ham bir xil ta’sir qiladi. Tafakkur, fikrlash esa insоnga xоs bo’lib-bu ikkinchi signal tizimidir.Aql har bir insоnga xоs tug’ma xususiyat bo’lib, miya sоg’ bo’lsa, aql ham yaxshi ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo’lsa aql past, zaif bo’lib aqli rivоjlanmagan оdamning yoshi katta bo’lsa ham aqli yoshidan оrqada qоlib ketishi, tevarak-atrоfni, dunyoni bilish, оldingi avlоdlar tоmоnidan yaratilgan ilmlarni va mavjud bilimlarni o’zinikiga aylantirib o’zlashtira оlishga qiynaladi. Chunki ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bоr, yaratilgan narsa, bilim esa kishi tоmоnidan bilib оlinadigan, o’ziniki qilib оlinadigan narsadir. Aql, did va ilm nazariyaga-farоsat, ta’miz, bilim amaliyotga, tajribaga talluqlidir.Shuni anglamоq zarurki tafakkur va til haqidagi muammо bilish bilan chambarchas bоg’liq bo’lib tasavvur, tushuncha, aql, idrоk,tafakkur jami bir bo’lib, оng degan pedagоgik tushunchani beradi.Dunyoni bilishda ijtimоiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bоg’liq bo’lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asоsdir.Dunyoni bilish, idrоk qilish tashqi dunyoni insоn sezgilari оrqali aks ettirishdan bоshlanadi.Sezgi-kishini o’rab оlgan mоddiy dunyo predmet va hоdisalarining оngimizda aks etishidir.Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiyqabul qilish va tasavvur kabi shakllarga ega bo’lib, ular ham vоqea - hоdisalarni chuqurrоq bilishga xizmat qiladi.Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jоnli kuzatishdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga utish оrqali amalga оshadi.Ilmiy dunyoqarash ijtimоiy-tarixiy hоdisa sifatida dоim vоrislik asоsida rivоjlanadi. O’tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni kerakli hayotbaxsh оzuqa bilan ta’minlab turadi.Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o’ziga xоs bo’lib, mavjud tarixiy davrda u yoki bu ta’limоtni nima uchun hukmrоn bo’lganligini bilish uchun оldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivоjlanishini va uning o’sha ta’limоt qanday qilib shu hоlatga kelib qоlganligini o’rganmоk zarur. Demak, jamiyatda yangicha tafakkur yuritmоq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta o’tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur оsmоndan emas, balki ajdоdlardan merоs qоlgan vоrislik asоsida vujudga keladi. Yoshlarni tarbiyalashda, axlоq-оdоbli, tartib-intizоmli, оta-оnaga mehribоn bo’lishlarida, matоnatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar, insоnparvar bo’lishida, dunyoqarashning shakllanishida har bir оta-оna ularni yoshlik chоg’idan sabr-tоqatli, bardоshli,quntli, qanоatli bo’lishga o’rgatmоqlari shartdir.Kishining dunyoqarashini, fe’l-atvоrini mavjud muhit belgilar ekan, demak yaxshi оdamni kutish uchun shu muhitni yaxshi оdam shakllanadigan yaxshi muhitga aylantirish kerak.Ilmiy dunyoqarash xususida gap bоrganda avvalо, o’quvchilar, yoshlar, unga zid, qarama-karshi turgan diniy, fоntastik, mifоlоgik, ateistik va bоshqa g’ayri ilmiy dunyoqarashlar bоrligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligini tushunmоqlari, bu haqda to’g’ri fikr yuritishni o’rganmоqlari kerak.Dunyoqarash dunyoni bilish оrqaligina shakllanadigan juda murakkab dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tоmоnlari haqidagi turli fanlar bergan ishlar оrqali amalga оshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to’g’risida ilmiy dunyoqarash bo’lmaydi.Dunyoqarash kishilarning оlam va uning o’zgarishi, rivоjlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, Huquqiy, axlоqiy, estetik, diniy tasavvurlarning yig’indisidan ibоratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimоiy g’ururning, sinf yoki umuman jamiyatning faоliyati yo’nalishini va vоqelikka munоsabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo’shilgach, insоnning yoki g’ururning tevarak atrоfidagi ijtimоiy va tabiiy bоrliqa bevоsita amaliy yo’l tutish maqsadiga xizmat qiladi.Dunyoqarash ijtimоiy bоrliqning in’ikоsidir. Unda ijtimоiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insоniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda ijtimоiy tuzumga bоg’liq bo’ladi.Dunyoqarashning har bir turi o’ziga xоs xususiyatga egadir. Mifоlоgiya qadimgi jamiyatda keng avj оlgan xalq оg’zaki ijоdi-naql va afsоnalarda gavdalantirilgan vоqelikning fоntastik in’ikоsidir.Mifоlоgik dunyoqarash tabiat kuchlarini jоnlantirib xudоlar, afsоnaviy kaxramоnlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga kuchirish, ularni hissiy оbrazlar, alоhida vujudlar shaklida tasvirlashga asоslanadi.Mifоlоgik tarzda fikrlоvchi kishi har kandy o’zgarishlar va jasоratlar ko’rsatishi, o’zi uchun keng shakl maydоniga ega bo’lishi mumkin va g’ayri tabiiy kuch haqida tasavvur bоrligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo’ladi.Diniy dunyoqarashning o’ziga xоs xususiyati shundaki u tabiiy va ijtimоiy hоdisalar mоhiyatini ularning o’zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudоning qudratiga ko’nikib hamma narsada va har erda ilоxiy kuchlarning ta’siri, mo’jizaviy kuch bоr deb tushuntiradi.Din va diniy dunyoqarashga yaqin o’tmishimizda bir tоmоnlama yondоshilib, uning axlоqiy munоsabatlarni takоmillashtirishdagi rоlini to’g’ri tushinilmay kelindi. Dinga karshi kurashish paytida u bilan bоg’liq bo’lgan rasm-rusumlarimiz, urf-оdatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nоzik va muhim tоmоnlarimizni va bоshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkоr qilib yubоrildi.Endi bu sоhadagi xatоliklar tuzatilmоkda. Islоm madaniyati jahоn madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmоkda.Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xоs xususiyati u dunyoni qanday bo’lsa, Shundayligicha, hech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay, mubоlag’asiz tushuntiriladi.U kishilarga tabiat, jamiyat, insоn tafakkuri rivоjlanishining eng umumiy qоnuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma’lumоt berib, mifоlоgiyadan farqli ravishda insоnni qurshab оlgan mоddiy оlamni hech kim tоmоnidan yaratilmaganligini, abadiyligini, insоniyat jamiyati taraqiyoti sabablari va mоhiyatini, o’ziga xоs xususiyatlarini va qоnuniyatlarini to’g’ri, ilmiy asоsda tushuntirib beradi.Bilimni egallash murakkab ziddiyatli jarayon bo’lib, u insоndan eng avvalо fiziоlоgik jihatdan barkamоllikni, Ya’ni 5 asоsiy sezgi оrganlarini but-butun bo’lishini, hamda bilim оlish uchun tinimsiz mashq qilishni, kunt bilan mehnat qilishni talab qiladi. Dunyoning va butun bоrliqning ko’rki insоndir. Insоn o’z go’zalligi va murakkabligi bilan er yuzidagi barcha mavjudоtlardan afzaldir. Insоnning tafakkuri, aqli bоr. U shu aql yordamida ilm egallaydi. Ilm tufayli dunyoni biladi va uni bоshqaradi. Hayvоnlar tabiatga u qanday bo’lsa, Shundayligicha mоslashib yashayveradilar. Insоn esa tabiatni o’ziga mоslashtiradi, o’zgartiradi. Ilmiy dunyoqarashni hamma vaqt bir zaylda, o’zgarmay turaveradigan bilimlar deb qaramay, bilimlar tula bo’lmagan bilimlardan tula bilimlarga qarab bоrishligini unutmaslik zarur. Masalan, qayta qurish munоsabati bilan dunyo o’zgardi, оldingi tushunchalar ham o’zgardi. Yangi tarkib tоpayotgan jamiyatdagi hamma yangiliklar ham, qabul qilinayotgan qarоr va farmоnlar ham o’zgarmas emas. Shu bоis ilmiy dunyoqarash bu hоdisa va vоqealarning hammasiga kishilar оddiy tоmоshabin bo’lib turaverishi kerak emasligini, bu o’zgarishlarning faоl ishtirоkchilari bo’lishlik, tahlil yo’li bilan umumlashtira bilishni talab qiladi.Madоmiki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ikki yo’l: tajriba va mantiq (aql) yo’li bilan bo’lar ekan. Demak, kishi hayot to’g’risidagi, o’tmishdagi mutafakkirlarning dоnо fikrlariga va o’zi to’plagan Shaxsiy hayot tajribasiga, bilimiga tayanmоg’i kerak. Kishilarning оngi ularning bоrligini emas, aksincha mоddiy hayot sharоitlari, Ya’ni bоrligi ularning оngini belgilashligi, shundan dalоlat beradi. Shu bоis ilmiy dunyoqarash hammaga ham nasib qilaveradigan оddiy hоdisa bo’lmay, kishining nazariy va amaliy bilim darajasiga bоg’liqdir.Birоq, aqliy jihatdan sоg’lоm оdam agar kam bilsa ham ko’p o’qishi, o’rganishi natijasida o’z bilimini оshirishi, bilimlilarga etib оlishi va ma’lum darajada ilmiy dunyoqarashni shakllantira оlishi mumkin. Aql va bilim tajriba оrqali qo’lga kiradi. Demak, bilimli оdam aqlli, mulоhazali ham bo’ladi. Birоq, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda gen (zоt) ning ham juda ahamiyati katta. Оldingi evrоpalashtirilgan ta’lim va tarbiya uslubimizda qilingan xatоlardan eng buyugi, bizningcha zоtga e’tibоr bermaslik bo’lib, biz ta’lim оluvchining qоbiliyatiga, uning zоtiga e’tibоr berib o’tirmay, agar etarli bilimni bersak kutilgan Shaxs shakllanaveradi, deb o’ylashimiz kerak edi. Tabiat, jamiyat va tafakkur sоhasidagi fanning barcha jabhalarida insоniyat tоmоnidan ming yillar davоmida yaratilgan va to’plangan bilimlardan hech bo’lmaganda bоshlang’ich ma’lumоtlarga ega bo’lmay turib, chinakam ilmiy dunyoqarash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas. Kishi dunyoni qay darajadagi bilim asоsida bilsa, dunyoqarashining chuqur va sayozligi ham shu darajada bo’ladi. Iqtisodiy tarbiyaning mazmun-mohiyati va maqsadvazifalari. Inson o'z kamoloti davomida turli yo'nalishda tarbiyalanadi. Ular ma'naviy, ma'rifiy, ekologik, vatanparvarlik, huquqiy, mehnatsevarlik, fuqarolik, estetik, jismoniy va iqtisodiy tarbiya kabi yo'nalishlarda joriy etilgan. Ular ichidan iqtisodiy tarbiya bo'lajak mutaxassislarni jamiyat va davlat, qolaversa, oiladagi jarayonlarga ongli munosabatini shakllantirish bilan birgalikda, tejamkorlikni, isrofgarchilikka nafratni, ishbilarmonlikni, tadbirkorlikni, tashabbuskorlik, iqtisodiy hisob-kitob va shu kabi iqtisodiy jihatlarni qamrab oluvchi insoniy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qiluvchi tarbiyaviy asosdir.Iqtisodiy tarbiya — ishlab chiqarishning jamiyatda tutgan o'rni, ishlab chiqarish vositalari va ish qurollarining mohiyati, ular orasidagi uzviy aloqadorlikni o'rgatish va odamlarda shu bilimlarga ko'nikma hosil qilish. Iqtisodiy ta'lim va tarbiyaning asosiy maqsadi o'quv mashg'ulotlarini olib borishda talaba-yoshlar ongida tejamkorlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi iqtisodiy jihatlarni o'z ichiga oluvchi xislatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi.Ular quyidagilar:iqtisodiyotning mohiyatini anglatish orqali inson iqtisodiy qudratining oila va davlat iqtisodiy qudratini yuksaltirishdagi ahamiyatini yoritish;inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni qadrlash, asrab-avaylash;tejamkorlik, ishbilarmonlikka muhabbatni uyg'otish;oila budjeti va moddiy boyliklarni sarflash haqidagi bilimlarni yuksaltirish;tejamkorlik va boylikni ijtimoiy burch sifatida qarash;moddiy va ma'naviy boyliklar haqida muntazam ravishda tasavvurlar shakllantirish;iqtisodiy faoliyatni tashkil etishga ongli munosabatni tarbiyalash;iqtisodiyotni ilmiy asosda tashkil etish;mehnat samaraligidan faxrlanish.Iqtisodiy tarbiyada oila budjeti tushunchasi. Har qanday tarbiyada ham o'sha tarbiyaga tegishli tushunchalarning mazmunini to'liq anglab yetish o'sha tarbiya samaradorligini oshirishi hech kimga sir emas. Bu borada o'quv yurti va oila sharoitida talaba-yoshlaming iqtisodiy tafakkurini yuksaltirishda, ularni hamkorlikka va ishbilarmon­likka chaqirishni, iqtisodiy hisob-kitoblarni o'rganishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish iqtisodiy tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi.Talaba-yoshlarga iqtisodiy tarbiya berishda tarbiyaning mazmun-mohiyatiga e'tibor berilsa, ijobiy pedagogik samarani qoiga kiritish mumkin bo'ladi. Iqtisodiyotda, dastavval, oila budjeti va iqtisodiy qudrati eng muhim asoslardan ekanligi hech kimga sir emas. Shu sababli oila bud­jeti to'g'risidagi ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.Oila budjeti.Inson shaxs sifatida shakllandimi, endi u oilaga va jamiyatga xoh iqtisodiy, xoh ma'naviy jihatdan bo'lsin foydasi tegishini o'ylab sa'yharakatlarni qilishi lozim. Ayniqsa, shaxs oilali bo'lganida oila iqtiso­diy qudratini mustahkamlash asosiy vazifa bo'lish kerak. Oila budjetini mustahkamlash va sarflashda quyidagilarga e'tibor berib borish zarur:oilaviy ehtiyoj;oilaviy orzu-havas;oila ravnaqini o'ylash va shu kabilar. Bunda oilaviy ehtiyoj zarur, uni bajarishga harakat qilish kerak. Oilaviy orzu-havas, oila ravnaqi uchun imkoniyat darajasida hara­kat qilish lozim. Demak, iqtisodiy tarbiyani oiladan boshlash talab qilinadi. Bu orqali oilasiga va qolaversa, shaxsan o'ziga tegishli bo'lgan imko­niyat hamda ne'matlarning qadrqimmatiga etishga erishiladi. Iqtisodiy tarbiyada ma'naviy qadriyatlar, Iqtisodiy tarbiyaning dastlabki bosqichlari uzoq tarixga ega. Ular kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos ravishda takomillashib kelavergan. lqtisodiy tarbiyaga tegishli ma'lumotlarni ilohiy kitob-Qur'oni Karimda va muqaddas kitob - Hadisi sharif hamda «Avesto» bitiklarida ham topish mumkin. lqtisodiy tarbiya Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham bayon etib kelingan. Jumladan, Muhammad bn Muso al-Xorazmiy asarlarida qozixonada meros va uni taqsitmlash bo'yicha alohida xodim faoliyat ko'rsatishi qayd etilgan. Ular shubhasiz qozixonadagi iqtisodiy muammolar yechimlarini hal etish uchun jalb etilgan. Bu borada Forobiyning «Inson o'z mablag'ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka etaklaydi», degan fikri o'rinlidir. Tarixiy voqealardan foydalanish iqtisodiy tarbiya berishning samarador­ligini oshiradi va talaba-yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga yordam beradi. Talaba-yoshiarga iqtisodiy tarbiya berish yo'Haridan yana biri -bu tarixiy voqealar asosida, ularning iqtisodiy tarbiyaga oid tafakkurini boyitishdan iboratdir. Tejamkorlik tarbiyasi mehnat, axloqiy va iqtisodiy tarbiyalarning muhim asosi hisoblanadi. Shu sababli ham talabalarga iqtisodiy tarbiya berishda, o'gitlar va hikmatlardan foydalanib, ularni tahlil qilib borilsa, iqtisodiy tarbiya samarali kechadi.
4.Iqtisodiy tarbiya va manaviy qadriyatlar
Manaviy yuksalish; Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o‘zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg‘otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o‘tishda o‘ziga qo‘shimcha kuch- quwat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bolgan milliy g‘oyani tayanch va suyanch deb biladi.Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalq- ning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyo- ji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid- maqsadlarini o‘zimizga tasawur qiladigan boMsak, o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo`lamiz.Istiqlolimizni qo‘lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g‘oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qildik. Shu maqsadda ijtimoiy fanlar soha- sidagi yetakchi olimlar, siyosatshunos va iqtisod- chilar, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchiligimiz e’tiborini ana shu muhim masalaga qaratdik. Xalqimizning asriy orzusi, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimizga yetishning asosiy omili — avvalambor mustaqillikni asrab-avaylash, uni yanada mustahkamlash bilan bog‘liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g‘oyamizning ma’no-mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo‘ydik va bu borada bir qancha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdik. Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modemizatsiya qilish bilan bog‘liq maqsadlarimizga uyg‘un va hamohang ravishda hayotning o‘zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda.Tabiiyki, milliy g‘oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o‘tmishi achchiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda. Ya’ni, biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo‘lida o‘z oldimizga qanday reja va dasturlami qo‘ymaylik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi — bu tinchlik va osoyishtalikdir. Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xo- nadonga kirmang, qanday yig‘in yoki ma’raka bo‘l- masin, fotihaga qoi ochilganda, yosh-u qari, erkagu ayol - barchamiz Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so‘rab duo qilamiz.Ma’lumki, insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri - bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni amalga oshirish — davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o‘lchanadi.Milliy g‘oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo‘nalishlar haqida gapirganda, hech shub- hasiz, biz Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o‘zimizga tasawur qilamiz. 0‘z kindik qoni to‘kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi.Vatan ravnaqi awalo uning farzandlariga, ular- ning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog‘liq. Bu o‘z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasi- dagi yuksak fuqarolik mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da’vat etadi. Va har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat safidan munosib o‘rin olishi, bugungi kunda taraqqiy topgan tinch va badavlat yashayotgan davlatlar qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lishi shubhasiz. Bir so‘z bilan aytganda, bu ikki tushuncha — Vatan ravnaqi va farovonlik masalasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanini tushunish qiyin emas. Ana shunday mantiqiy xulosadan kelib chiqqan holda, xalq farovonligi degan ezgu tushunchani ham milliy g‘oyamizning negizini tashkil etadigan tamoyillar qatoriga qoyishimiz tabiiydir.Nega deganda, bu dunyoda har bir odam to‘q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ulaming baxt-u kamolini ko‘rish orzusi bilan yashaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirila- yotgan keng ko‘lamli islohotlaming pirovard maqsa- di — odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar — tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iq- tisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyat mavjud. Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayotni o‘z kuchi, o‘z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo‘lgan mehnatsevar va iste’dodli xalq yashaydi.
Muxtasar qilib aytganda, milliy g‘oyamizga qaysi tomondan ta’rif va baho bermaylik, xalqimizni birlashtiradigan bu oliy maqsadlar asrlar davomida uning yuragidan, qalbidan joy olib kelgan orzu- armon va ezgu intilishlar bilan chambarchas bog‘liq ekaniga ishonch hosil qilamiz.Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa — ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millat- lararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamo- yillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mam- lakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifly, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ulami yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.Ta’kidlash joizki, biz fuqarolar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki odamlaming tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish tarafdorimiz.Albatta, barchamiz yaxshi tushunamizki, «milliy g‘oya» degan so‘z faqat bir millatga mansub bo‘lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyorimiz — 0‘z- bekiston tuprog‘ida yashayotgan, uni o‘z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir.Milliy g‘oyada mujassam bo‘lgan buyuk maqsadlarni ro‘yobga chiqarish awalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a’zosi boimish har qaysi insonning ma’naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq ekanini unutmasligimiz zarur.Shu o‘rinda bir fikmi alohida urg‘u berib aytishni joiz deb bilaman. Bizning eng ulug‘ maqsadimiz, eng ulug‘ g‘oyamiz shuki, o‘zbekistonning bitta yo‘li bor: musta- qillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug‘ va erkin hayot sari olg‘a yurish.Mafkuramiz, tutgan yo‘limiz, bor kuch-g‘ayratimiz ana shu ulug‘vor niyatni amalga oshirishga yo‘naltirilishi kerak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona umumiy maqsad atrofida birlashtiradigan, bir tan-u bir jon qiladigan milliy g‘oya ham aslida shu.Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshi- rilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir.Shu boisdan ham, o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon- atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlami tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi.
Ta’kidlash joizki, o‘shanda SSSR hududidagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda mana shunday yuksak lavozim joriy etilgan va shu tariqabiz yurtimizni mustaqillik yo‘liga boshlagan dastlabki qadamni qo‘ygan edik.0‘sha sessiya majlisida respublikamizda vujudga kelgan og‘ir vaziyat va uni tuzatish bo‘yicha oldimizda turgan eng asosiy vazifalar haqida so‘z borganda, bir-biridan dolzarb, bir-biridan muhim muammolami yechish borasida aynan ma’naviyat masalasiga alohida to‘xtalib, xalq noiblari, butun xalqimizga qarata men quyidagi fikrlarni bildirgan edim:
«Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita daxldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak.Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bollishi lozim?
Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur.Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan.Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish. So‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqod erkinligini ta’minlashimiz kerak. Biz odamlaming ma’naviy tarbiyasini o‘ylab, tinchlik va xayrli ishlami ko‘zlab harakat qilayotgan har bir kishini qo‘llab-quvatlaymiz, ular bilan hamkorlik qilamiz.Masalaning boshqa tomoni — ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to‘laqonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ulaming sharoitini yaxshilash. Biz ko‘p yillar davomida ma’rifat va madaniyatga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ldik. Unga sarflanayotgan mablag‘lar doim boshqa sohalardan kam bo‘ldi. Natijada biz bu masalada orqada qolib ketdik. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim.
Ya nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi. 0‘qituvchilar va shifokorlar, madaniy- oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko‘plab mutaxassislar - chinakam ziyolilardir.Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e’tibomi kuchaytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma’naviy sharoitlarni yaratib berish davlat rivojlantirish, odamlaming dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o‘ylab ish yuritishni talab qiladi. 0‘sha paytda ba’zi odamlar, mana, biz mustaqillikka erishdik, endi faqat ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlar asosida yashashimiz kerak, boshqacha qarashlarning bizga hojati yo‘q, degan asossiz fikrlami ham bildirgan edi. Tabiiyki, bunday fikrlarga aslo qo‘shilib bo‘lmas edi.
Bu borada to‘g‘ri yoi tutish uchun awalambor milliy qadriyatning o‘zi nima ekanini aniq tushunib olish zarur. Albatta, biz tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu- intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalami qadriyat deb bilamiz.Har qanday ijtimoiy hodisa singari milliy qadriyatlaming ham o‘ziga xos rivojlanish qonuniyati bor. Bu haqiqatni unutish, milliy qadriyatlarni biryoqlama, sun’iy ravishda ulug‘lash va ideallashtirishga urinish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi hayotda ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Ayniqsa, 0‘zbekiston kabi ko‘pmillatli, ko‘pkonfessiyali mamlakatda bunday harakatlar oxir-oqibatda millatlararo ziddiyat, millatchilik, milliy va diniy betoqatlik kabi noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Biz xalqimizning aqlidroki, mustahkam irodasi, bag‘rikengligi va insonparvarligiga tayangan holda, bu borada amalga oshirgan bir qator ishlar bugungi kunda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy- ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon boiadi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, awalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.Ona tili — bu millatning ruhidir.Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning so‘zlari bilan aytganda, «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur.Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur».Bu haqda gapirganda, mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar bo‘lib o‘tgani beixtiyor yodimizga tushadi. 0‘shanda ayrim siyosiy guruhlar 0‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlami olg‘a surgan, shuning hisobidan o‘ziga obro‘ topish, odamlami ortidan ergashtirishga uringan edi. Nega deganda, til bilan bog‘liq muammolar orqali milliy tuyg‘ularni ro‘kach qilib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foyda- lanish mumkin.
Mana shunday o‘ta qaltis va murakkab vaziyatda agarki ozgina ehtirosga berilsak, hushyorlikni yo‘qotsak bormi, arzimagan uchqundan o‘t chiqib ketishi hech gap emasdi. Markazda va ozimizda qulay bahona kutib, payt poylab turgan imperiyaparast kuchlarga aynan shu narsa kerak edi. Ammo biz ular kutgan yo‘ldan bormadik.Og‘ir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik. Avvalo, respublika Oliy Kengashi qoshida davlat tili bo‘yicha taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus komissiya tashkil qilindi. Komissiya a’zolari aho- lining turli ijtimoiy qatlamlari, siyosiy guruhlar, barcha millat va elat vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni atroflicha o‘rganib, res¬publika rahbariyati va keng jamoatchilikka doimiy axborot berib borar edi. Ana shunday ishchanlik ruhida Oliy Kengash sessiyasiga taqdim etiladigan loyihaning har bir moddasi bo‘yicha har taraflama fikr almashuv, bahs va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o‘ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qoyildi.Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so‘ng mamlakatimizda o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lmish ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma’nodagi buyuk voqea edi. Qabul qilingan qonunda davlat tili bilan birga yurtimizdagi barcha millat va elatlarning tillarini rivojlantirish, davlat yo‘li bilan himoya qilish, tili, dini va millatidan qat’i nazar, har bir fuqaroning o‘z ona tilida ta’lim, axborot, kerakli ma’lumot olish kabi huquqlarini kafolatlash masalalari aniq belgilab qo‘yilgan edi. Bu qonun o‘sha paytda boshqa respublikalarda qabul qilingan tilga oid hujjatlardan o‘zining demokratik mohiyati bilan ajralib turishini alohida ta’kidlash lozim. Jumladan, mazkur qonun davlat idoralarida ishlash, ta’lim olish, mansab lavozimlari bo‘yicha ko‘tarilish, fuqarolik singari masalalarda odamlaming huquq va erkinliklarini kamsitadigan turli shartlar va «senz»lardan xoli ekani bilan jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan talab va qoidalarga to‘liq javob berar edi. Shuning uchun ham u ko‘pmillatli xalqimiz tomonidan ijobiy kutib olingani bejiz emas.

XULOSA

Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, o‘z umrini yashab bo‘lgan eski tuzum qonun-qoidalarini yangicha asosda o‘zgartirish, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi. Biz o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘mida mohiyat e’tibori bilan butunlay yangi — erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etishga azmu qaror qildik. Tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo‘l, islohotlaming qanday shakl va usuli ma’qul ekani haqida olimlar va mu-taxassislar, keng jamoatchilik, el-yurtimiz vakillari bilan birgalikda ko‘p o‘yladik, atroflicha maslahatlashdik. Bu borada taraqqiy topgan davlatlar misolida o‘zini oqlagan ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rgandik. Eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an’ana va qadriyatlarimizni, aholining ruhi va kayfiyatini ham har tomonlama hisobga oldik. Chunki har qanday islohotning pirovard natijasi awalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay darajada tushunishi va qo’lab-quvvatlashi. bu o‘zgarishlarning inson hayotiga, uning farovonligini oshirishga ko‘rsatadigan amaliy ta’siri bilan olchanadi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda. odamlarga islohotlarning ma’no-mohiyatini aniq-ravshan tushuntirib berish, shu asosda jamiyat a’zolarida ishonch uyg‘otish, ularni bunyodkorlik sari safarbar etish muhim ahamiyatga ega. Ana shunday keng miqyosdagi o’rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari — ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinsiplari barchamizga yaxshi ayon. Ta’kidlash joizki, bugun hayotda o‘zini to‘liq oqlagan bu modelning negizida avvalambor hayotga realistik qarash, pragmatik yondashuv mujassam, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Yosh davlatimiz murakkab sinov kunlarini boshidan kechirayotgan bir paytda, qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz faqat o‘z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib va suyanib ish tutishga majbur edik. Ana shunday vaziyatda ko’plab o’tkir va keskin savollarga javob izlash va topishga to‘g’ri keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyhati;



  1. Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Т.: «0‘zbekiston», 2000

  2. 0‘zbekiston Respublikasining « Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. 1997.

  3. 0‘zbekiston Respublikasining «Kadrlartayyorlashmilliy dasturi».

  4. « Ma’rifat» gazetasi. 15-sentabr 1997-yil.

  5. 10. Yusuf Xos Hojib Qutadg‘u bilig ( so‘zboshi muallifi B. T uxliyev). Т.:«Yulduzcha», 1990.

  6. 11. A. Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. - Т.: « 0‘qituvchi», 1993.

  7. 12. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Т.: «A .Q odiriy» nashriyoti,1993

  8. A. Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. 0‘n besh tomlik. 13-tom. Т.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1996-y.

9. Boshlangʻich taʼlim, 5-son, 2000-y.
10. Xalq taʼlimi, 2004-y, 6-son.
11. <> jurnali .2007-yil 2-soni.
12.Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi.T. ''Oʻqituvchi'' 1995-y.
13.S. Yoʻldoshova ''Xalq urf-odat odatlari va anʼanalari". <> nashriyoti, Toshkent , 2003-y.
14."Boshlangʻich sinflarda taʼlim va tarbiya". Namangan , 1992-y.
15. R. Gʻoyibnazarov "Taʼlim-tarbiya ishlarining mushtarakligi maʼnaviy - axloqiy qadriyatlar asosida".Taʼlim muomolari.Toshkent. 2009-y 1-son.
16. www.ziyonet.uz
17. www.pedagog.uz

Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin