Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro aloqadorligi
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish vazifalari
Personalni boshqarish vazifalari
Ishlab chiqarishning maqsadlari
Boshqaruv maqsadlari
Ishlab chiqarish faoliyati
Boshqaruv faoliyati
Faoliyatining moddiy ne’matga aylanishi hisobga olish
Insonlarni boshqarish orqali moddiy ne’mat hosil qilishga hissa qo’shishini nazarda tutish
Texnologik va boshqa me’yorlangan moddiy buyum jarayonlariga muvofiq ko’zlagan va qat’iy belgilab qo’yilgan faolyat orqali amaliy natijalariga erishish
Rahbarlar faoliyati natijalari ko’zlangan, lekin qat’iy belgilab qo’yilmagan faoliyat turlarining mahsuli sifatida
- xodimlar va rahbarlar, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar;
- boshqaruv uslubi.
Mazkur omillar har bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlariga qarab yaxlit tizimni tashkil etadi. Personalni samarali boshqarish ana shu omillarni bilish va shu orqali korxonadagi tabiiy jarayonlarni rivojlantirishga, xodimlar salohiyatini korxona maqsadlariga yo’naltirishga bog’liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida personalni boshqarish vazifalariga ikkinchi darajali masala sifatida qarash barham topdi. Hozirgi vaqtda har bir xo’jalik rahbari bu vazifalarni hal etishdan manfaatdordir.
Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti ma’muriy buyruqbozlik tizimidan farqli ravishda personalni boshqarishga yanada qat’iyatliroq yondashuvni talab etadi. Bu, eng avvalo, har bir korxona o’z personalining bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tavakkalchilik asosida faoliyat yuritishlari bilan izohlanadi. Ana shunday vaziyatda personalni boshqarish xizmati xodimlarining mulk egalari oldidagi mas’uliyati keskin ortadi.
Raqobatga asoslangan bozor munosabatlariga o’tish boshqaruv tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirishni, qat’iy ierarxiyaga asoslangan tarkibiy tuzilmalarni egiluvchan, moslashuvchan, tadbirkorlikning muayyan turlariga ixtisoslashgan bo’linmalarga aylantirishni hayotiy zaruratga aylantiradi.