1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə7/60
tarix30.03.2023
ölçüsü130,92 Kb.
#91500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
2-kurs leksiyalar uzb

Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo’shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo’lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o’zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxonalarning quyidagi turlari faoliyat ko’rsatmoqda:
Xususiy korxona. O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy-huquqiy shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1- rasm) bo’lishi mumkin.
Korxona rahbari – mulk egasi
Hisob-iqtisodchi
Kotiba-referent
Ta’minot va mahsulot sotish bo’yicha menejer
Ta’minot guruhi
Ishlab chiqarish guruhi
Servis xizmati ko’rsatish guruhi
Mahsulot sotish guruhi
Xususiy korxonaning tashkiliy
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi. Uning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iboratdir:
- nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
- xususiy korxona Nizom jamg’armasini belgilash va shakllantirish;
- reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
- xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;
- xususiy korxona olgan foydani o’z ixtiyoriga ko’ra ishlatish;
- xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga berish, garovga qo’yish, boshqa korxonalar nizom jamg’armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O’zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuniga binoan: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg’armasi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi”.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun qo’shgan hissalari qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari esa jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir bo’lgan va qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda mustaqil tarzda javobgar bo’ladilar. Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo’shimcha mas’uliyatli -Boshqaruv
-Ma’suliyati cheklangan jamiyat ta’sisichilari kengashi
-Korxona direktori
-Ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosar
-Kotiba-referent
-Tijorat masalalari bo’yicha o’rinbosar
-Iqtisodiy masalalar bo’yicha o’rinbosar

Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin