Konsern (“sopserp” — “ishtirok”, “manfaat” so’zidan) manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorliqdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasidir. Aksariyat hollarda, korxonalarning bunday guruhlari shu korxonalar aksiyalarining asosiy qismini o’z qo’lida to’plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadi. Konsern tarkibiga turli (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) tarmokdarga tegishli, ayrim hollarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida joylashgan o’nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradilar. Amalda konsern tarkibidagi korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti, shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish sohasidagi vazifalarni moliyalashtirish asosida faoliyat ko’rsatadi. Tarmoq, tarmoqlararo konsernlar ham bo’ladi. Bir korxona faqat bir konsernga kira oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O’zbekistonda moddiy va ishlab chiqarish tarmoq vazirliklari o’rnida yirik konsernlar (“O’zkimyosanoat”, “O’zdavmashkonsern” va boshqalar) tashkil qilindi.
Korporatsiya(lotincha “compagnie” — “birlashma”, “hamjamiyat” so’zidan) biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo’jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitalini markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko’ra davlat, xususiy, qo’shma (aralash); tarmoqlar bo’yicha esa sanoat, qishloq xo’jaligi, aloqa va boshqalarga bo’linadi.
Firma (ital’yancha “firma” — “imzo” so’zidan) korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo’lgandar soni 2 — 3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo’lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi: