Rol tuzilmasi — xodimlarning ishlab chiqarish jarayonidagi ijodiy ishtiroki, jamoadagi o’zaro munosabatlar xususiyatlaridir.
Ijtimoiy tuzilma — mehnat jamoasining ijtimoiy xususiyatlari (jinsi, yoshi, millati, kasbi, malakasi, ma’lumoti va hokazolar)ni ifola etadi.
Shtatlar tuzilmasidabo’linmalar tarkibi, lavozim va xizmat vazifalari ro’yxati. mansab maoshlari va ish haqi miqdori aks etadi.
Personal tuzilmasida, shuningdek. quyidagi tushunchalar ham mavjuddir: Boshqaruv bo’g’ini — muayyan bosqich (daraja)dagi tashkiliy tuzilmaning mustaqil qismi hisoblanib, boshqaruv apparati va ishlab chiqarish bo’linmalaridan iboratdir.
Boshqaruv bosqichi (darajasi)— korxona tashkiliy tuzilmasi yuqori bo’g’iplari (bosqich, darajalari).
Boshqaruv apparati — boshqaruv tizimining tegishli bo’linma, xizmatlarga rahbarlik qilish, faoliyatlarini muvofiqlashtirish huquqiga ega xodimlar jamoasidir.
Tarkibiy bo’linma— tashkiliy bo’linma to’g’risidagi nizom asosida boshqaruvbo’g’inining mustaqil qismidir. U funktsional va ishlab chiqarish tarkibiy bo’linmalarga bo’linali.
Funktsional tarkibiy bo’linma — boshqaruvning muayyan funktsiyalari (masalan, ishlab chiqarishni tayyorlash, buxgalteriya hisobi. iqtisodiy rsjalashtirish), vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv apparatining mustaqil qismi hisoblanadi. Uning faoliyatida pirovard natija — boshqaruv qarorlari taysrlashdir.
Ishlab chiqarishning tarkibiy bo’linmasi— ishlab chiqarishii tezkor boshqarish vazifalarini bajaruvchi hamda moddiy mahsulot ishlab chiqarishni (uy-joylar, tayyor mahsulotlar, yuk tashish va boshqalar) ta’minlovchi boshqaruvning mustaqil bo’ginidir.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Korxonalar va ularning faoliyati, maqsadlari haqida gapirib bering.
2. Korxonalarning qanday turlari mavjud va ular bir-biridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
3. Firmalarning qanday turlarini bilasiz? Misollar keltirib, ularni tushuntirib bering.
4. Korxona personali deganda nimani tushunasiz?
5. Zamonaviy korxonaning tuzilishi qanday ko’rinishga ega?
6. Korxona personali tuzilmasi va ularning o’zaro bog’liqligini tushuntirib bering.
7. Korxonalar faoliyatiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
8. Mehnatni tashkil etish tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ayting va tushuntirib bering.
9. Xodimlarning umumiy cheklangan soni qanday aniqlanadi?
10. “Boshqaruv xodimlarining sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan xarajatlarni maqbullashtirish to’g’risida”gi qarorning mazmuni nimalardan iborat?
11. Mehnatni tashkil etishning xorijiy tajribalarini gapirib bering.
12. Xususiy korxonalarni boshqarish qanday amalga oshiriladi?