1. pisa tadqiqotlari haqida umumiy ma'lumotlar pisa tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari pisa dasturining o‘ziga xosligi



Yüklə 486,56 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü486,56 Kb.
#115333
1   2   3   4   5   6   7
PISA

2015-yilTahrirlash


2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi[6] Shu yili anʻanaviy testlar bilan bir qatorda, moliyaviy savodxonlik bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi.
Singapur davlati o'qish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan. MDH davlatlaridan o'qish savodxonligi boʻyicha Qozog'iston 427 ball (53 - oʻrin), matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan[7].Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “PISA boshqaruv kengashi aʼzolarining 48-uchrashuvi” boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirda Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori – PISA loyihasi milliy menejeri Abduvali Ismailov ham ishtirok etmoqda.PISA boshqaruv kengashi aʼzolarining uchrashuvi PISA tadqiqotining yuqori organi hisoblanib, unda odatda PISA doirasida amalga oshirilgan va kelgusidagi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kotibiyati hamda dunyoning 85 dan ortiq mamlakatlaridan 100 nafardan ziyod vakillar ishtirok etmoqda.Tadbir 5 kun davom etishi moʻljallangan boʻlib, unda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining PISA bilan bogʻliq faoliyatidagi oʻzgarishlar, PISAni joriy qilish, shuningdek 2021-yildagi tadqiqot uchun kiritilgan yangiliklar, PISAning uzoq muddatli strategik yoʻl xaritasini ishlab chiqish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar, 2024-yildagi tadqiqotning afzallik va kamchiliklari, jumladan yangi yoʻnalish sifatida kiritilayotgan “Xorijiy tillar” yoʻnalishi, kelgusidagi innovatsion yoʻnalishlari “Kreativ fikrlash”, “Raqamli dunyoda oʻrganish” yoʻnalishlarining , “Maktablar uchun PISAga asoslangan testlar” loyihasi komponentlaridagi yangilanishlar va boshqa dolzarb masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar doirasida PISA-D (PISA for development), yaʼni “PISA-rivojlanish uchun” loyihasining muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtishi, Buyuk Britaniyaning zamonaviy maktablariga ekskursiya amalga oshirilishi hamda oʻquv jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishish koʻzda tutilgan.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA (15-16 yoshli oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ACER) tashabbusi bilan PISA – 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlari oldidan oʻtkazilgan tajriba sinov jarayonlari boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi Hindiston, Salvador, Mongoliya kabi mamlakatlarga taqdimot qilindi.Maʼlumki, Oʻzbekiston ilk marotaba 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlarida (PISA) ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu nufuzli baholash dasturining asosiy tadqiqotlari 2022-yilda tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Undan avval esa, qoida tariqasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan belgilangan talablarga muvofiq, har bir mamlakatda tashkil etilgan Milliy markazlar tomonidan tajriba sinov jarayonlari oʻtkaziladi. Joriy yilning 22-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizning 14 ta hududidagi 84 ta maktabda tajriba sinov jarayonlari oʻtkazildi.PISA dasturida Salohiyatni rivojlantirish loyihasi (Core E)da ishtirok etayotgan davlatlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi boʻlib ushbu tajriba-sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi.Vebinarda dunyo xaritasining 3 ta qitʼasidan mamlakat va xalqaro tashkilotlar, xususan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD, Parij, Fransiya), Taʼlim test xizmati (ETS, Vashington, AQSH), Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi (ACER, Avstraliya), Salvador, Hindiston va Mongoliya davlatlari jamoalari qatnashdi.Oʻzbekistonda PISA tajriba sinovining muvaffaqiyatli tashkil etilishini dunyo mamlakatlari bilan oʻrtoqlashishga bagʻishlangan onlayn vebinar boshqa mamlakatlarga tajribalarni oʻrgatish, muvaffaqiyatga erishish omillari, uchragan muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida fikr almashishga qaratildi.Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori, PISA loyihasining milliy menejeri Abduvali Ismoilov Oʻzbekiston Respublikasi Oʻquvchilar savodxoniligini baholash boʻyicha xalqaro dasturi doirasidagi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tajriba-sinov tadqiqotlari haqidagi taqdimotni oʻtib berdi. Shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish qilindi. PISA loyihasining milliy menejeridan mamlakatimiz oʻquvchilari ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu tadqiqot tajriba sinov jarayonlari qanday tashkil qilingani haqida maʼlumot berishni soʻradik.
– Mamlakatimizda tajriba sinov jarayonlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan belgilangan PISA xalqaro standartlariga muvofiq, Vestat (AQSH), ETS (AQSH), ACER (Avstraliya), Capstan (Belgiya) tashkilotlari bilan kelishilgan holda tashkil etildi. Ushbu tadqiqotda dunyoning 88 tadan ortiq davlatlarida turli til, oʻquv dasturlari va metodikalari asosida taʼlim oladigan, turli madaniyat va qadriyat vakillari boʻlgan oʻquvchilarning bilimi bir xil mezonda baholanadi. Buni tashkil qilish esa oson vazifa emas. Shuning uchun, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti har bir mamlakatda tadqiqotlarni tashkil qilish uchun alohida masʼul milliy markaz tashkil etish shartini qoʻyadi. Tadqiqot materiallari maxfiy hisoblanadi. Faqat milliy markazlarga yuboriladi va topshiriqlar tegishli davlat tillariga tarjima qilinadi. Har bir qadamda nima ish amalga oshirilishi boʻyicha standartlar, yoʻriqnomalar va qoʻllanmalar bor. Tizim shunday qilinganki, agar qaysidir bosqichda vazifani chala yoki notoʻgʻri bajarsangiz, keyingi bosqichga oʻta olmaysiz. Shuning uchun, ikki yil davomida tayyorlandik, Milliy markazimiz mutaxassislari AQSH, Avstriya, Germaniya, Tayland va Afinada boʻlib oʻtgan xalqaro treninglar, shuningdek onlayn tarzda tashkil etilgan oʻnlab vebinarlarda ishtirok etib, oʻrganib keldilar. Qoʻllanmalarning qoʻplarini oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillariga ham tarjima qildik hamda xalqaro talab doirasida moslashtirdik.Masalan, PISA texnik standarti, Loyiha milliy menejeri uchun qoʻllanma, Tarjima va moslashtirish uchun yoʻriqnoma, Maktablar va oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha yoʻriqnoma, Maʼlumotlarni boshqarish uchun yoʻriqnoma, Maxsus dasturiy vositadan foydalanish boʻyicha qoʻllanma, Tadqiqot jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qoʻllanma, Test administratori, Maktab koordinatori, Milliy sifat nazoratchilari uchun qoʻllanmalar, Soʻrovnomalarni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma, Test oʻtkazish uchun ssenariy, Oʻquvchilarning javoblarini kodlashtirish boʻyicha yoʻriqnomalar, Kodlashtirish tizimidan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Qiziqarlisi, barcha jarayonlar ushbu talab va yoʻriqnomalarga muvofiq olib borilayotganligini nazorat qilib borish uchun 19 nomdan ortiq hisobot va nazorat shakllari mavjud.Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, birgina test oʻtkazish ssenariysida oʻquvchilar bilan “salomlashish”dan tortib, deyarli toʻrt soatlik testdan keyin xonani tark etishgacha boʻlgan harakatlar yozib qoʻyilgan. Test administratorlaridan ushbu yozilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishi talab etiladi. Bu esa, butun dunyoda test jarayonlari bir xil tartibda tashkil etilishini taʼminlaydi. Masʼullar oʻzining avvalgi tajribasiga tayanib, boshqacha yoʻl tutishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Yana bir misol, tanlangan maktablar jamoasiga boʻysinuvchi tashkilot sifatida emas, hamkor sifatida qaraladi. Test administratorlarimiz tanlangan maktab koordinatori va oʻqituvchilari bilan xushmuomalada boʻlishi, ular bilan olib boriladigan hamkorlikka oid muloqotning mazmuni ham yozib qoʻyilgan.Baʼzida maktablarga borganimizda “Test administratorlari juda xushmuomila ekan” deyishadi, shunda, - “ilojimiz qancha, standart shunaqa” deb xazillashamiz.Bundan tashqari, yuqoridagi ishlarni lozim darajada bajarish uchun, alohida vazifalar belgilangan. Masalan, Milliy markaz direktori sifatida loyiha milliy menejeri, inglizcha aytganda National project manager va dunyo boʻyicha PISA boshqaruv kengashi aʼzosi (PISA Governing board member) vazifasini bajaradigan boʻlsam, Tanlab olish masalalari boʻyicha menejer (Sampling manager), Maʼlumotlarni boshqaruvchi menejer (Data manager), Maʼlumotlarni dasturga kiritish boʻyicha masʼul (Data administrator), Tarjima ishlarini muvofiqlashtiruvchi (Reconciler), Tadqiqot jarayonlarini tashkil etish boʻyicha menejer (Survey operations manager), Oʻquvchilarning ochiq savollarga bergan javoblarini kodlashtirish masalalari boʻyicha masʼul (Coding manager), Kognitiv test yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi kodlovchilar (Lead coders) kabi vazifalar joriy qilingan.

Har bir vazifa uchun mutaxassislarimizni tanlab olib, xalqaro treninglarda oʻqitib bordik. Masalan, birgina xato yoki eʼtiborsizlik xalqaro tashkilotda keyinchalik tadqiqotdagi natijalarimizga shubha uygʻotishi mumkin.Yuqoridagilardan shunday xulosaga kelish mumkinki, “Sifatga erishish” faqatgina natijada emas, balki, jarayondagi har bir kichik, arzimas boʻlib koʻringan qoidalar va tafsilotlarga rioya qilishda sodir boʻladi. Xalqaro ISO standartida ham inglizcha aytganda Process approach, yaʼni “Jarayonga oid yondashuv” tamoyili mavjud.Sizga faqatgina, PISA haqidagi tajribalarimizni gapirib bergan boʻlsak, xuddi shunday jarayonlar PIRLS dasturi bilan ham sodir boʻlgan. Endilikda TIMSS va TALIS tadqiqotlariga tayyorgarlikka kirishdik. Ushbu tadqiqotlarni xalqaro standartlar asosida joriy qilish orqali yurtimizning nomi xalqaro nufuzli reytinglarda namoyon boʻlishiga erishish, xorijiy mamlakatlar bilan solishtirma tahliliy maʼlumotlarga ega boʻlish bilan bir qatorda, jamoamizda ham umumiy oʻrta taʼlim tizimining boshidan oxirigacha boʻlgan bosqichida baholash boʻyicha katta salohiyat va tajriba shakllanmoqda. Ushbu toʻplangan salohiyat va tajriba asosida xalqaro talablar va kompetensiyaga asoslangan yirik Milliy baholash tizimini taklif etishdek ezgu maqsadimiz bor. Bu borada zaruriy qadamlarni qoʻyganmiz.Tajriba sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlab maʼlumotlarni taqdim etganimizdan soʻng, ACER tashkiloti vakillari qoniqish hosil qilishganini va ushbu tajribani boshqa davlatlarga ham oʻrtoqlashishni taklif qilishdi. Aslida, tajriba-sinovni maktablarda oʻtkazib olganimiz bilan vazifamiz bajarildi, deya olmaymiz, chunki oldimizda kodlashtirish, maʼlumotlarni umumlashtirish va xalqaro tashkilolarga taqdim qilishdek juda katta masʼuliyatli ishlar turibdi” – dedi Abduvali Ismoilov.Tadbir davomida, shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish qilindi.Qayd etish joizki, mazkur tadqiqotlar dunyo boʻylab pandemiya sababli saqlanib qolayotgan karantin sharoitida tashkil etildi. Unda tanlangan maktablarning masʼul koordinatorlari, testlarni oʻtkazish boʻyicha administratorlar, tadqiqot jarayonlarining sifatini nazorat qilib boruvchi kuzatuvchilar uchun maxsus treninglar olib borish hamda ularning ishini tashkil etish oʻziga xos murakkabliklarga ega.Misol uchun PISA talablariga koʻra, tadqiqotda qatnashayotgan maktablarning kamida 10 foizi, boshqacha aytganda 84 tadan 9 ta maktabni 1-2 nafar sifat nazoratchilari tomonidan kuzatib borilishi lozimligi belgilangan. Lekin, Oʻzbekiston sharoitida 15 nafar sifat nazoratchilari tomonidan 42 ta maktabda kuzatuvlar olib borilib, uning qamrov darajasi kamida 10 foizlik oʻrniga 52,4 foizga olib chiqilgani alohida eʼtiborga sazovor boʻldi.

Shu bilan birga, tadqiqotda qatnashish uchun tanlab olingan oʻquvchilarning davomati kamida 86 foiz boʻlishi lozimligi kabi talab belgilangan. Lekin, Oʻzbekiston sharoitida tanlangan 4803 nafar oʻquvchidan 4574 nafarining ishtiroki taʼminlanib, ushbu davomat koʻrsatkichi 95,2 foizga yetkazildi.Bu holat xalqaro tashkilotlar nazarida, tadqiqotning sifatini taʼminlashga boʻlgan yuksak masʼuliyat sifatida qaralib, boshqa mamlakatlar uchun foydali tajriba sifatida qaraldi.Bu haqda vebinar tashkilotchisi, ACER tashkiloti ilmiy tadqiqotlar boʻyicha direktori Moris Uolker shunday dedi:
– Oʻzlarining qimmatli tajribalarini oʻrtoqlashish boʻyicha taklifimizga yoʻq demay, taqdimot oʻtib bergan Oʻzbekiston jamoasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Pandemiya sababli karantin sharoitida tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar uchun foydali boʻldi deb oʻylaymiz, hamda ushbu muvaffaqiyat bilan ularni yana bir bora tabriklaymiz.
Taʼkidlab oʻtish joizki, tadqiqot jarayonini tashkil etish uchun masʼullar, Taʼlim inspeksiyasi, Milliy markaz, Xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, Oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan taʼlim sifati monitoringi yoʻnalishida tajribali va masʼuliyatli mutaxassislar qatoridan, shuningdek, har bir maktab uchun maktab koordinatorlari tanlab olinganligi hamda ular uchun xalqaro standart, yoʻriqnoma, qoʻllanmalar asosida maxsus treninglar tashkil etilgan boʻlib, maxsus bilimlarga ega boʻlgan masʼullar yordamida tajriba-sinov jarayonlari tashkil etilgan.Taqdimot yakunida Salvador, Hindiston va Mongoliya davlatlari vakillari tajriba-sinovlarni oʻtkazishda toʻplangan tajriba boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
PISA ta'lim turi bu o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llash, fikrlash va
muloqot qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o'quv dasturini belgilamaydi, targ'ib qilmaydi va umumiy e'tirof etishni taqozo etmaydi.
PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o'tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. PISA tadqiqotlari har uch yilda o'tkazilishiga sabab shuki PISAning asosiy vazifasi a'zo mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan ta'minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish ko'zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi. PISA tadqiqotlarida asosan 15 yoshli o'quvchilar qatnashishining sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a'zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta'lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Savodxonlikni baholashda uyidagi kompetensiyalarni o'quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo'llaniladigan kompetensiyalar misolida ko'rib chiqamiz mumkin: -Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.
- Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.
- Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.
Mamlakatimizda ta'limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan
bugungi kunda 2021-yilda o'tkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat qatori O'zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, o'z navbatida, o'quvchilarning tadqiqotga munosib tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Bunda o'quvchilarimiz qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda o'zini munosib namoyon etishi mumkin.
1990-yillarning oxirida ta'lim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qo'llash g'oyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur -PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu -matematika, o'qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo'yicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to'plamidir. Bunday baholash har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o'quvchilari o'rtasida tasodifiy tanlov asosida o'tkaziladi.
PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o'quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish kontekstda ham ijodiy qo'llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan insonlar o'rtasida o'qish savodxonligi, matematik
savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o'lchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog'liq.
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o'zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta'lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etadi, ya'ni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu tadqiqot natijalari orqali javob topadi.
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Ma'lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish uchun matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go'zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shug'ullanish kerak bo'ladi. Bu borada jahon tajribasida e'tibor qaratsak, PISA tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo'lib, Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, o'qish va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha eng yuqori reytingga ega bo'lgan o'nta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqbo'yi davlati "Yangi Finlyandiya" deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar bo'yicha Finlyandiyadan o'zib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi ta'lim islohotlari masalalari bo'yicha estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat bo'ladimi yoki madaniy xususiyatmi, ta'limdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu yaxshi ta'minlangan yoki kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.
Estoniya ta'lim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan Estoniya o'quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi bog'liqlik ancha ochiq bo'lgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir.
PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida e'tiborga molik omil, bu - maksimal darajaga erishgan o'quvchilar soni emas, 3 muhim yo'nalishning har birida past ko'rsatkichlarga ega o'quvchilar sonining kamligi. Majburiy ta'lim 7 yoshdan boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bog'chalariga boradi. Bitta tarbiyachiga to'g'ri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi bo'yicha o'rtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh shkalasining ikkinchi uchida - o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan ko'p sonli o'quvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko'rsatkichlardan biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir o'quvchiga ko'rsatilayotgan yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan so'ng Estoniya markazlashmagan ta'lim tizimiga o'tdi va maktablarga ma'lum darajada avtonomiya,
ta'lim dasturi va byudjet bo'yicha qaror qabul qilish huquqi, o'qituvchilarni ishga olish va bo'shatish imkonini berdi. Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi eston ta'lim tizimi yetarli darajada kontingent yashaydigan joylarda maktablar bo'lishini, shu bilan birga maktab uchun zarur bo'lgan kontingent sonini nazorat qilishi shartligini talab qiladi.
PISA kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak? Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda 2 maqsadga ega bo'lish kerak: birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta'lim sifati o'qituvchilarning kasbiy darajasiga bog'liq, deb aytishmaydi. Demak, o'qituvchilarni tayyorlashga mablag' ajratish va yangi o'quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o'qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun biz o'qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta'limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o'qituvchilarni ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta'minlashimiz kerak.
2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi ko‘maklashmoqda.
24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar o‘tkazilgandi.
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati bo‘yicha — IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qaroriga binoan PISA-2021 - o‘quvchilarning savodxonligini baholash xalqaro dasturida ishtirok etish to‘g‘risida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari (IHTT) bilan kelishuvga erishildi.Ayni kunlarda kelishuvga ko‘ra 2021-yilda tashkil etilishi kutilayotgan o‘quvchilarning savodxonligini baholash jarayoniga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Rejalashtirilayotgan mazkur keng ko‘lamli tadbirda manfaatdor tashkilotlar sifatida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Avloniy nomidagi rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti ishtirok etmoqda.Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarlikni baholash maqsadida o‘tgan hafta Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi katta ilmiy xodimi Ursula Shvanter xonim Toshkent shahriga keldi. Tashrif davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida bo‘lgan ACER vakilasi Dastur bo‘yicha mamlakat reytingini yaratish hamda har uch yilda o‘tkaziluvchi maxsus testlar asosida o‘smirlarning bilim darajasini belgilash jarayoni bo‘yicha universitet rahbariyati bilan fikr almashdi.Ma’lumot uchun, Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quvchilarning savodxonligini baholash dasturining faoliyatini yurtimizda yo‘lga qo‘yish jarayonida tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida ishtirok etadi.Eslatib o‘tamiz, PISA dasturiga ko‘ra, 2021-yilda o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash maqsadida yurtimiz maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va matematika fanlaridan maxsus sinovlar o‘tkaziladi. Sinov natijalariga ko‘ra xalqaro o‘quvchilar savodxonligi reytingida mamlakatimiz yoshlarining o‘rni belgilanadi.

Yüklə 486,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin