1. Polineziya va Yangi Zelandiyaliklarning kelib chiqishi. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#169133
1   2
G'ARBIY OSIYO XALQLARI 

G'arbiy yoki Old Osiyo xalqlari katta tarixiy-etnografik hududpi tashkil qiladi. Unda


joylashgan 30 ga yaqin katta-kichik mamlakatlar juda keng hududni, ya'ni butun
qit'aning taxminan 25 foizidan ortiq Erni egallaydi.
Bahraynda - 96%, Quvaytda - 95% va Suriyada — 85% ni tashkil qiladi. Islom
mazhablaridan sunna tarafdorlari arablar/turklar, afg'onlar, o'zbeklar, turkmanlar,
qisman kurd va balujiylar, shia mazhabidagilarga butun Eron aholisining 90%i,
jumladan, fors-lar, ozarbayjonlar, kurd va balujiylarning bir qismi kiradi. Sun-
niylar ichida ham ayrim mazhablar mavjud. Masalan, Turkiya «a Afg'onistonda
xanifiylar, Iordaniya va Yaman Xalq Demok-ratik Respublikasida shariilar,
Saudiya Arabistonida vahobiy (xanbaliy)lar va g'arbiy qismida shofiylar,
Birlashgan Arab amirliklarida molikiylar va xanbaliy (vahobiy)lar, Quvaytda
molikiylar. Yamandagi musulmonlarning — 55% i, Iroqda -54% i, Bahraynda -
yarmidan kamroq aholi shia mazhabidadir. Boshqa mamlakatlarda shia mazhabi
turli nomdagi tarmoqlarni tashkil qiladi (Turkiyada bektoshiylar yoki ali-ilohlar
mazhabi, Suriyada nusayrilar, yoki druzlar va ismoiliylar, Iordaniyada imomiylar,
Saudiya Arabistonida imomiylar va karmatlar va hokazo). G'arbiy Osiyoda
musulmonlarning muqaddas bosh ziyoratgohlari joylashgan. (Saudiya Arabistonida
Makka va Madina, Iroqda Karbalo va En-Najaf, Suriyada Damashq, Eronda
Mashhad). Nasroniy dini asosan, Kiprda (aholining 80 foizi) va Livanda (taxminan
40 foizi) bo'lib, qolgan mamlakatlarda ozchilikni tashkil qiladi (masalan, Suriyada
14 % aholi, Iordaniya 6 %, Quvaytda 5 %, Bahrayn va Iroqda 3 %, Turkiya va
Eronda 1 %). Nasroniy dinidagilar ham turli mazhablarga bo'lingan. Diniy jihatdan
eng murakkab mamlakat Livan. Bu Yerda yashaydigan aholining etnik tuzililishi
ancha yaxlit (asosan, arablar) bo'lsa-da, nasroniylar ham (52 %) musulmonlar ham
(47 %) turli mazhablarga bo'lingan.
Etnik jihatdan murakkab tarixiy-etnografik viloyatni tashkil qiluvchi Kavkazda
qadimdan turli etnoslar yashaydilar. Ularning madaniy taraqqiyotida Yaqin
Sharqdagi buyuk madaniyat mar-kazlarining joylanis, bu Yerda qadimiy davrlardan
turli elatlar-ning ko'chib yurishi, qisman turib qolishi hamda Kavkazning Yevropa
va Osiyo oralig'ida darvoza vazifasini bajarishi muhim rol o'ynagan. Hozir nisbatan

kichik hududda katta-kichik turli tillarda so'zlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar istiqomat


qiladilar. Faqat Dog'iston Avtonom Respublikasida 30 ga yaqin xalq va elatlar
yashaydi.
Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan, uch til turkumiga-kavkaz yoki
iberokavkaz, hind-Yevropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillariga mansub. Shulardan eng
yirigi kavkaz til turkumi bo'lib, unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar,
kabardinlar, in-gushlar, dog'istonlik ozarlar, darg'inlar, lezginlar, laklar, tabasarin va
boshqa elatlar kiradi. Turkiy tillarda ozarbayjonlar, no'g'aylar, qumiklar, bolqar va
qorachoEvlar so'zlashadilar. Armanlar esa hind-Yevropa til oilasiga mansub o'ziga
xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, ossuriylar va boshqa mayda
millatlar ham yashashadi.
Antropologik jihatdan kavkazliklar asosan, katta Evropoid irqiga kiradi. Faqat
no'g'aylar mongoloid belgilariga ega. Hozirgi antropologik tiplar eng qadimgi
davrlar bronza va ilk temir davrlarida shakllanib bo'lgan. O'sha vaqtdayoq Kavkazda
metalldan ajoyib buyumlar yasagan o'troq aholi yashagan. Ular nafis san'atga ega
bo'lgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan. Qadimgi Kavkaz tillarida
gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki ajdodlari ekanligi arxeologik,
etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan.
Qadimgi qabilalar negizida ma'lumotlarga binoan, 3,8 mln.ga yaqin gruzin xalqi
(o'z nomi kartveli) shakllangan. Asl gruzinlar uchta yirik qarindotsh etnik guruhlar-
kart, megrel-chvan va svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki
etnik tuzilishida qadimgi Urartu davlatida yashagan xalqlar muhim rol o'ynagan.
Miloddan avvalgi I ming yillikning bosh-larida bu Yerda yirik qabilaviy birikmalar
paydo bo'lgan. VI asrda G'arbiy Gruziyada Kolxida davlati, III asrga kelib sharq-iy
qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Milodning IV-VI asrlariga kelib bir necha
mayda feodal davlatchalar paydo bo'lgan. Faqat XI asrdagina ular markazlashgan
davlat barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan. Shimoliy Gruziyada
yashovchi svanlar, xevsurlar, pshavlar, tushinlar va musul-mon diniga o'tgan
adjarlar etnik jihatdan hozirgacha ajralib tu-radilar. 1801-1804-yillari Gruziyaning
Rossiya tasarrufiga o'ti-shi natijasida gruzin xalqining etnik jihatdan birlashish

jarayoni kuchaygan. O'tgan asrga kelib yangi bozor munosabatlarining ta'siri ostida


gruzin millati paydo bo'lgan. Ammo ayrim etnografik guruhlar madaniy-maishiy
xususiyatlarini mustah-kam saqlab qolganlar, megrel, laz va svanlar esa hatto o'z
tilida gapiradilar.
Qadimgi kavkaz tillarida gapiradigan elatlarning (abazcha, apsil, adiga) keyingi ayrim
etnoslar bilan aralashishi natijasida abxaz-adigey, chechen, ingush va turli dog'iston
tillari paydo bo'lgan edi. Shimoliy Kavkaz dashtlarida qadimiy davrlardan eroniy
tillarda gapiradigan skif, sarmat, alanlar yashagan; ular bilan VI asrlarda kelgan
ko'chmanchi turkiy gunlar, bulg'orlar, xazarlar va keyinroq paydo bo'lgan qipchoqlar
mahalliy aholi bilan aralashib turli etnoslarning shakllanishiga sabab bo'lgan. O'sha
davrlarda qipchoqlar bilan Dog'iston tog' etaklari va tekisliklarida yashovchi aholi
aralashmasidan turkiy tilda gapiradigan kumiklar, tog'liklarga siqib chiqarilgan alanlar
bilan tub aholi qo'shilishidan osetinlar vu judga kelgan edi. Mo'g'ul istilosi davriga
kelib, asosan, qipchoq va mahalliy elatlarning yaqinlashishidan tashkil topgan tili
va madaniyati yaqin bo'lgan bolqon va qorachoy xalqlari shakllangan. Kavkaz xalqlari
etnogenezida Ozarbayjon (ozariy)larning kelib chiqishi sabablari ancha murakkab.
O'tgan asrning 80-yillarida (asosan, o'z respublikasida, qo'shni Gruziya,
Armaniston va Do-g'istonda) 6,3 mln.ga yaqin ozarbayjon yashagan bo'lsa, Shimoliy
Eronda 5,6 mln. ozarbayjon borligi qayd etilgan. Miloddan avval-gi ikkinchi ming
yilliklarda hozirgi Ozarbayjonning janubiy hudud-lari qadimgi eroniy tillarda
gapiradigan aholiga ega Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi esa qadimgi
kavkaz tillarida gapiruvchi turli qabilalardan iborat Albaniya davlati qaramog'ida
bo'lgan. O'sha davrlarda mazkur hududlarga bosib kirgan eroniy va turkiy tillarda
gaplashuvchi kimmeriylar, skiflar, gunnlar, bul-g'orlar, xazarlar, o'g'uzlar,
pachanaklar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar. Midiya inqirozga
uchragandan keyin uning xarobalarida Atropaten davlati paydo bo'ladi. Ehtiraiol
ozarbayjon etnonimi ham mazkur davlat nomidan kelib chiqqandir. III-IV asrlarda
Atropaten va Albaniya sosoniylar Eroniga qo'shiladi. Keyingi asrlarda bu Erga
turkiy qabilalar kela boshlaydi. XI-XIII asrlarda yangi turkiy to'lqin, ayniqsa,
saljuqiy turklar Ozarbay-jonni bosib oladi. O'sha davrdan boshlab turkiylashtirish

jarayoni ancha kuchayadi va oqibatda mo'g'ullar istilosidan keyin turk tili


hukmronlik qilib, Ozarbayjon xalqining shakllanishi asosan, tu-gaydi. Ba'zi
olimlarning Ozarbayjon xalqi mo'g'ul istilosi arafasi-da shakllangan degan fikrlari
bor.


Adabiyotlar:
1. Osnovi etnografii. Pod. red. S.A.Tokareva. M., 1968. 2. Etnologiya. Pod. red. Yu.V.Bromleya i G.E.Markova. M.: Visshaya shkola, 1982. 3. A.P.Sadoxin. Etnologiya. M., 2001. 4. Ocherki istorii etnografii. M.: Nauka, 1957-1968 g. Vip. 1-5. 5. Narodi mira. M.-L., 1954-1966, T.1-13. 6. Bromley Yu.V. Sovremennie problemi etnografii. M., 1981. 7. Bruk S.I. Naselenie mira. M., 1981. 8. Its R.F. Vvedenie v etnografiyu. L., 1974. Izd. vtoroe, 1994. 9. Tokarev S.A. Istoki etnograficheskoy nauki. M.: Nauka, 1978. 10. Tokarev S.A. Istoriya zarubejnoy etnografii. M.: Nauka, 1978.
Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin