1 Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi



Yüklə 186,08 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü186,08 Kb.
#196059
Nazorat ishlari 6-7-sinflar (2)



Nazorat ishi-I(6-sinf)
1) Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi.
a) Rim shahriga asos solingandan to parchalangunga qadar bo’lgan davr.
b) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagguniga qadar bo’lgan davr.
c) Mill.avv.I mingyillikdan milodiy I asrgacha bo’lgan davr.
d) Ilk paleolit davridan temir davri boshlangunga qadar bo’lgan davr.
2) Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiruvchi olimlar kim deb ataladi?

  1. Etnograflar b) Antropologlar c) Arxeologlar d) Numizmatlar

3) Qadimgi dunyo tarixida ishlab chiqaruvchi xo’jalik deb qaysi sohalarga aytiladi?
a)Termachilik,ovchilik va baliqchilik.
b)Dehqonchilik va chorvachilik.
c)Kulolchilik
d)To’quvchilik
4) O’rta Osiyodagi mezalit davriga oid manzilgohlar to’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a)Machay,Obishir,Qo’shilish
b)Ko’lbuloq,Lasko,Zarautsoy
c)Selung’ur,Ko’lbuloq,Teshiktosh
d)Obishir,Teshiktosh,Selung’ur
5) Mezolit va neolit davrida odamlar toshdan yasagan mayda tosh qurollar nima deb ataladi?
a)Mikrolit b)Chopper c)Altamir d)Makrolit
6) Fetishizm nima?
a)Odamlarning biror hayvon yoki o’simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish.
b)Odamni o’rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish.
c)Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonishi.
d)Quyoshni muqaddas bilib,unga sig’inish.
7) Kulolchilik charxi va g’ildirak qaysi davrda kashf qilindi?
a) Paleolit davrida b) Temir davrida c) Mezolit davrida d) Bronza davrida
8) Orta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari nechanchi asrlarga tegishli?
a) Mil.avv IX-VIII asrlar b) Mil.avv VIII-IX asrlar
c)Milodiy I-II asrlar d)Mil.avv X-IX asrlar
9) Mil.avv 4-mingyillikda O’rta Osiyoning qaysi qismida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi?
a) Sharqida b)Janubida c)Shimolida d) G’arbida
10)Quyidagi ilonlar tasviri tushirilgan ilonlar tasviri qaysi davrga tegishli?
a) Mil.avv 1-mingyillik b) Mil.avv 2-mingyillik
c)Milodiy II asr d) Mil.avv 3-mingyillik



Nazorat ishi-II (6-sinf)
1) Misr Afrikaning qaysi qismida joylashgan?
a)Shimoli-g’arbida b) Shimoli-sharqida c)Janubida d) Janubi- g’arbida
2)Qadimgi Misrda tashkil topgan shahar-davlatlar nima deyilgan?
a)Veda b) Nom c) Memfis d) Nomarx
3)Misrni bosib olgan fors shohi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a)Kir II b) Doro I c) Kambiz II d) Tutmos II
4) Nil daryosi to’g’risidagi to’g’ri ta’rifni aniqlang.
a) Uzunligi 10 ming km,kengligi 3km dan 22 km gacha
b) Uzunligi 6 ming km,kengligi 20 km dan 22-km gacha
c) Uzunligi 8 ming km,kengligi 4 km dan 18 km gacha
d) Uzunligi 6 ming km dan 3kmdan 22 km gacha
5)Qadimgi Misr hunarmandlarining necha xil kasb-korlari bo’lgan?
a) 100dan ortiq b) 60ga yaqin c) 30dan ortiq d) 30ga yaqin
6) Mesopotamiya so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a) Daryoning narigi tomoni b) Ikki daryo oralig’i
c) Tog’li hudud d) Odamlar qo’li bilan o’zlashtirilgan cho’l-voha
7)Qadimgi misrliklarning yozuvi iyerogliflarni o’qishga muvaffaq bolgan olimni aniqlaang.
a) Valdzemyuller b) V. Kostetskiy c) Jak-Fransua Shampolyon d)Kolumb
8)Misrliklar tomonidan qurilgan piramida-maqbaralarning eng kattalaridan biri bo’lmish Xufu piramidasini yunonlar qanday ataganlar? a) Xeops b) Xufu c) Xafra d) Menkaura
9)Qadimgi Misrning janubdagi qo’shnisi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Liviya b) Falastin c) Suriya d) Nubiya
10)Mil.avv 3000-yilda Misrdagi ikki podsholik birlashtirilib,yagona davlatga aylandi.Birlashgan davlatning 1-hukmdori nomi nima deb atala boshlandi.
a) Nomarx b)Fir’avn c) Shoh d)Sulton
11)Quyidagi suratda nima tasvirlangan?

a)Osiris sudi tasviri b) Dafn marosimi
c)Majlis d) To’y marosimi
12)Suratda ko’rsatilgan inshootning nomi nima?
a) Piramida b) Sfinks c) Fir’avn xaykali d)Menkaura
13) Xeops piramidasi qachon qurilgan?
a) Mil.avv 2-mingyillikda b) Mil.avv 1750-yil atrofida
c) Mil.avv 1-mingyillikda d)Mil.avv 2600-yil atrofida
14) Qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini nima deb atashgan?
a) Iyeroglif (muqaddas bitiklar) b) Mixxat (mixga o’xshagan yozuv)
c) Piktogrif(rasmli yozuv) d) Rozett
15) Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari nima deyilgan?
a) Cherkov b) Sinogoga c) Zikkurat d) Masjid



Nazorat ishi-III (6-sinf)
1) Mil.avv II mingyillikda Mesopatamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo;lgan Bobil podshosi ismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Ishtar b) Kserks c)Xammurapi d) Sargon
2) Mil.avv II mingyillikda Old Osiyoda tashkil topgan Ossuriya davlatining avvalgi va keyingi poytaxtlarini aniqlang.
a) Tushpa,Teyshebani b) Suza, Bobil c) Ashshur,Nineviya d)Tir,Sidon
3) Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan podsho Kir II tomonidan batcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan sana to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
a) Mil.avv 552-yil b) Mil.avv VII asr c) Milodiy 558-yil d) Mil.avv 558-yil
4) Ahamoniylar davrida muhim savdo markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang.
a) Suza, Ekbatana b) Tushpa,Sidon c) Ugarit,Persopol d) Nineviya, Uruk
5) Bobil so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Tepalikdagi shahar b) Xudolar darvozasi c)Ibodatxona d) Muqaddas bitik
6) Jahon tarixida 1-bo’lib muntazam qo’shin tuzgan hukmdor kim?
a) Sargon I b) Kir II c) Gilgamish b) Sargon II
7) Mesopatamiyaning shimoliy qismi nima deyilgan?
a) Shumer b) Akkad c) Sippar d) Lagash
8) Mesopotamiya rivoyatlarining eng sevimli qahramoni bo’lgan Gilgamish qaysi shahar podshosi bo’lgan?
a) Ur b) Lagash c)Umma d) Uruk
9) Mil.avv VII asrda vujudga kelgan Yangi Bobil podsholigi qaysi hukmdor davrida o’z ravnaqining cho’qqisiga erishdi?
a) Sargon I davrida b) Ashshurbanapal davrida
c) Navuxodonosor II davrida d) Kambiz II davrida



10) Finikiyaliklarning dengizbo’yi shaharlari ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a) Umma,Lagash,Tir b) Sidon,Ugarit,Tir c) Tushpa,Urmiya,Suza d) Van,Ur
11)Quyidagi suratda ko’rsatilgan inshooot qaysi davlatga tegishli?
a) Ossuriya b) Elam c) Urartu d) Bobil
12) Davlatlarni poytaxtlari bilan muvofiqlashtiring.
a)Tushpa, b)Suza, c)Nineviya d)Persopol
1)Elam 2)Urartu 3)Ossuriya 4) Bobil 5)Ahamoniylar
A)a-4,b-2,c-1,d-3
B)d-2,c-3,b-1,a
C)a-2,b-1,c-3,d-5
D)a-5,b-3,c-2,d-1
13) Suratda kimning rasmi ko’rsatilgan?
a)Doro I b)Ashshurbanipal c)Kir II d)Gilgamish
14) O’zini “to’rt iqlim mamalakati podshosi” deb e’lon qilgan hukmdor bu…
15) Mil.avv X asrda Finikiyada …………… harfdan iborat alifbo yaratildi.


Nazorat ishi-IV (6-sinf)
1) Qadimgi hindlarning boshi filnikiga o’xshagan donishmandlik ma’budi nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Indra b) Ganesha c) Brahman d) Kshatriy
2) Xitoydagi ilk sivilizatsiya qaysi daryolar bo’yida vujudga keldi?
a) Xuanxe va Ganga b) Dajla va Yanszi c) Yanszi va Xuanxe d) Nil va Frot
3) Qadimgi Xitoy tarixida ko’p podsholiklar davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi?
a) Milodiy V-VII asrlar b) Mil.avv V- III asrlar
c)Mil.avv VII-V asrlar d) mil.avv VI-IV asrlar
4) So’g’diyonaliklarning eng yaqin qo’shnilari kimlar edi?
a) Shoshliklar b) Xorazmliklar c) Baqtriyaliklar d) Massagetlar
5) Qadimgi shaharlarning hozirgi hududi bilan muvofiqlashtiring.
I.Afrosiyob, II.Ko’ktepa, III.Yerqo’rg’on, IV.Ko’zaliqir, V.Qiziltepa VI.Uzunqir
A-Xorazm,B-Zarafshon vohasi,C-Qashqadaryo,D-Samarqand,
F-Surxondaryo
a) I-C, II-A, III-F, IV-B, V-D, VI-B
b) I-F, II-B, III-C, IV-A, V-F, VI-D
c) I-D, II-B, III-C, IV-A, V-F, VI-C
d) I-B, II-D, III-A, IV-C, V-D, VI-F
6) Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
a) Plutarx b) Arrian c) Geradot d) Ktesiy
7) Qadimda shahar mudofaasi maqsadida darvozaga kirish yo’lini suv bilan to’ldirilgan chiqur qazib to’sib olingan.Ana shu chuqur nomi nima deyiladi?
a) Zovur b) Ariq c) Kanal d) Xandaq
8) Paydo bo’lgan davrda xudolarsiz din bo’lib, keyinchalik bu din targ’ibotchisini o’zini xudo deb bilib, unga sig’ina boshlagan din nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan.
a) Zardushtiylik b) Animizm c) Buddaviylik d) Majusiylik
9) Mil.avv I-mingyillikda O’rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi.Zardushtiylar nimalarni ilohiylashtirib,ularga sig’inishgan?
a) Olov,yer,suv va yuldular
b) Quyosh,tuproq,ruhlar
c) Yulduzlar,ruhlar va suv
d) Tuproq,havo,ajdodlar ruhi
10) Zardushtiylik diniga ko’ra hosildorlik ma’budasi nima deb atalgan?
a) Ahuramazda b) Mitra c) Anaxita d) Ahriman
11) Hindistonda mil.avv VI asrda paydo bo’lgan buddaviylik dinining asoschisi nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Bodh Gaya b) Mahabodhi c) Siddhartha Gautama d)Brahmaputra
12) Ma’lumki qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shugullanishiga qarab to’rt tabaqaga ajratilgan edi.Tabaqalarning to’g’ri tartibda joylashtirilan qatorini toping.
a) Brahmanlar-vayshilar-kshatriylar-shudralar
b)Vayshilar-brahmanlar-shudralar-kshatriylar
c) Brahmanlar-kshatriylar-vayshilar-shudralar
d) Kshatriylar-vayshilar-brahmanlar-shudralar
13)” Avesto” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Muqaddas bitik b) Buyuk maqsad c) Qat’iy belgilangan qonun qoidalar
d) Ma’budlar kalomi
14)Ma’lumki mil.avv 246-yilda Xitoyni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi tirikligidayoq o’ziga atab maqbaara qurishga farmon bergan. Ushbu maqbara necha yil davomida va qancha odam tomonidan qurilgan?
a) 25 yil davomida 270 ming odam tomonidan
b) 30 yil davomida 270 ming odam tomonidan
c) 28 yil davomida 570 ming odam tomonidan
d) 37 yil davomida 720 ming odam tomonidan
15) Buyuk Xitoy devori nechanchi asrdan qurila boshlagan?
a) Mil.avv V asrdan b) Mil.avv VI asrdan
c)Mil.avv IV asrdan d) Mil. avv III asrdan
16) Fir’avnning jasadi solingan toshtobut...
17) Bugungi kunda Rozet bitiktoshi qayerda saqlanmoqda?
18) Qadimgi Misrda yagona o’lchov birligi bo’lgan “podsho tirsagi” deb nomlangan o’lchov birligi bo’lgan.Bu o’lchov birligi qancha miqdorga teng bo’lgan?
19) Mino og’irlik o’lchovi miqdorini aniqlang.
20) Shumerliklarda oy yili necha kundan iborat edi?
Nazorat ishi-V (6-SINF)
1) Ma’lumki Yunoniston hududining katta qismini tog’lar egallagan.Ularning eng baland cho’qqisi bo’lgan Olimp tog’i mamlakatning qaysi qismida joylashgan?
a) Janubi-g’arbida b) Shimoli-sharqida c) Janubi-sharqida d) Shimoli-g’arbida
2) Qadimda Afinada necha yoshdan boshlab erkak fuqarolar Xalq majlisida ishtirok eta olardilar?
a) 30 yoshdan b) 40 yoshdan c) 20 yoshdan d) 50 yoshdan
3) Forslar Yunonistonga qachondan boshlab tahdid sola boshladilar?
a) Milod.avv VI asrdan b) Mil.avv V boshlaridan
c) Mil.avv IV asr oxiridan d) Mil.avv V asrdan
4) Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni nima deb ataganlar?
a) Varvarlar b) Varyaglar c) Kolonlar d) Ellinlar
5) Ma’lumki, qadimda Afina aholisi uchta katta guruhga bo’lingan.Ular to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Patritsiylar,Periyeklar va Qullar b) Fuqarolar,kolonlar,qullar
c)Periyeklar,fuqarolar,qullar d) Fuqarolar, meteklar, qullar
6) Miken sivilizatsiyasi kimlar tomonidan vayron qilingan?
a) Giksoslar b) Doriylar c) Axeylar d) Afinaliklar
7) Qaysi hukmdorning qonunlari xalq tomonidan “siyoh qolib, qon bilan yozilgan “deya ta’rif berilgan?
a) Drakont qonunlari b) Solon qonunlari
c) Perikl qonunlari d) Sargon qonunlari
8) Quyidagi suratda qaysi inshoot tasvirlangan?
a) Bobildagi Semiramida b) Yunonistondagi Parfenon
c) Rimdagi Panteon d) Kolizey amfiteatri
9) Qadimgi Yunon shaharlarining ko’pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishidan tashkil topgan. Bunday shaharlar yunonchada nima deyilgan?
a) Goplit b) Falanga c) Polis d) Metek
10) Quyidagi xaritada Yunonistonning qaysi yarimoroli ko’rsatilgan?
a) Krit b) Rodos c)Peloponnes d) Lakonika
11) Yunonistonda puldorlarning farzandlari o’qiydigan xususiy gimnastika maktablari nima deyilgan?
a) Sinagoga b) Periyek c) Palestra d) Stil
12) Yunonlarning Qora dengiz bo’ylaridagi koloniyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
A) Olviya,Xersones,Pantikipey b) Karfagen,Kirena,Tir
c) Korsika,Sardiniya d) Milet,Karfagen,Olviya
13) Yunonistonda xalq yig’iladigan joy-shahar maydoni nima deyilgan?
a) Forum b) Agora c) Akropol d) Koloniya
14) Buyuk Yunon koloniyalashtirish davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi?
a) Mil.avv IX-VI asrlar b) Mil.avv VII-VI asrlar
c) Mil.avv VIII-VI asrlar d) Milodiy VI-VIII asrlar
15) Afina kimning davrida eng qudratli davlatga aylandi?
a) Solon b) Drakont c) Perikl d) Leonid
16) Xeroniya voqeasi haqida ma’lumot bering.
17) Gomerning “Iliada” va “Odissey” asarlari qaysi voqealar hadida yozilgan?
18) Olimpiada haqida ma’lumot bering.
19) Ellada deganda nimani tushunasiz?
20) Goplit nima?
Nazorat ishi-VI (6-SINF)
1) Xitoy manbalarida poytaxtining nomi Bityan deb atalgan davlatga qachon va kimlar tomonidan asos solingan?
a) Mil.avv IV asrda kushonlar b) Mil.avv III asrda saklar
c) Mil.avv III asrda massagetlar d) Mil.avv V asrda shoshliklar
2) Quyidagi qaysi hudud I-VIII asrlarda o’z taqvimlaridan foydalanganlar?
a) Xorazm b) Davan c) Qang’ d) So’g’d
3) Qadimda Baqtriya va So’g’diyonani bog’lab turgan muhim tog’ yo’lini qo’riqlagan yunon-makedon jangchilarining garnizoni joylashgan qal’a to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Kampirtepa b) Jonbosqal’a c) Zartepa d) Uzundara
4) Qadimda Zarafshon daryosi qanday nom bilan atalgan?
a) Politimet b) Sayhun c) Jayhun d) Yaksart
5) Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashish uchun qaysi hududda qal’a barpo ettiradi?
a) Xo’jand yaqinida b) Hisor tog’larida c) Baqtrada d) Toshkent vohasida
6) Hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi nechanchi yili topilgan?
a) 1787-yili b) 1825-yili c) 1877-yili d) 1886-yili
7) Qadimgi Yunonistonda ikkinchi darajali deb bilingan ma’budlar nima deb atalgan?
a) Poseydon va Aid b) Zevs va Gera c) Dionis va Ares d) Satirlar va nimfalar
8) Olam atomlardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan yunon olimi kim?
a) Diogen b) Demosfen c) Demokrit d) Geraklit
9) Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishi nechanchi yili boshlandi va necha yil davom etdi?
a) Mil.avv 336-yili,10 yil b) Mil avv 330-yili,15 yil
c) Mil.avv 334-yili,10 yil d) Mil.avv 328-yili, 13 yil


10) Suratdagi oltin bilaguzuk qaysi hududdan topilgan?


a) Tutanxamon maqbarasidan b) Sinshixuandi maqbarasidan
c) Ajanta g’oridan d) Amudaryo xazinasiga oid
11) O’rta Osiyoda dastlabki tanga pullar qachondan boshlab tarqala boshlagan?
a) Mil.avv VII-IV asrlarda b) Mil.avv VII-V asrlarda
c) Mil.avv V-IV asrlarda d) Mil. avv VI- III asrlarda
12) Yunon-makedonlarning sara otliq gvardiyasi nima deyilgan?
a) Suvoriy b) Ritsar c) Samuray d) Agema
13) Shiroq haqidagi afsonalar qaysi tarixchi tomonidan yozib qoldirilgan?
a) Geradot b) Plutarx c) Poliyen d) Suqrot
14) Yunon-baqtriya davlati nechanchi yil tashkil topgan?
a) Mil.avv 140-yil b) Mil.avv 250-yil
c) Mil.avv 312-yil d) Mil avv 323yil
15) Spartada to’la-to’kis huquqqa ega bo’lmagan fuqarolar nima deyilgan?
a) Patritsiylar b) Kolonlar c) Periyeklar d) Meteklar
16) “Tarixning otasi” degan nom olgan shaxs haqida ma’lumot bering.
17) Satrapiya haqida ma’lumot bering.
18) “Oks xazinasi” kitobi muallifi haqida ma’lumot bering.
19) Mil.avv 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach,u tuzgan davlat…
20) Mil.avv II asrda Shoshtepada…

Nazorat ishi-VII (6-SINF)
1) Quyidagi qaysi hududdan Kushon hukmdorlari saroyi joylashgan?
a) Qoratepa b) Ayritom c) Xolchayon d) Dalvarzintepa
2) Yuechji qabilalarining mulklarini birlahstirgan 1- kushon hukmdor kim edi?
a) Kanishka b) Vima Kadfiz c) Kudzula Kadfiz d) Divashtich
3) Buyuk ipak yo’lining uzunligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) 10 ming km b) 13 ming km c) 12 ming km d) 14 ming km
4) Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan hudud to’g’ri ko’rsatilgan hududni aniqlang?
a) Dalvarzintepa b) Ayritom c) Eski Termiz d) Fayoztepa
5) Kushon hukmdorlaridan qaysi birining hukmdorligi davrida pul islohati o’tkazilgan.
a) Kudzula Kadfiz b) Vima Kadfiz c) Kanishka d) Xuvishka
6) Buyuk ipak yo’li qachon vujudga kelgan?
a) Mil.avv I asrda b) Milodiy II asrda c) Mil.avv IV asrda d) Mil.avv II asrda
7) Kushon davlati qaysi asrda parchalanib ketgan?
a) Mil.avv III asrda b) Milodiy III asrda c) Mil.avv II asrda d) Mil.avv IV asrda
8) O’rta Osiyoga buddaviylik qaysi davlat mavjud bo’lgan davrda kirib kelgan?
a) Qang’ b) Kushon c) Davan d) Xorazm
9) Buyuk ipak yo’liga shu nom kim tomonidan berilgan?
a) G. Valdzemyuller b) F.Rixtgofen c) Sima Szyan d) Chjan Szyan
10) Davan davlatining yuksak taraqqiy etgan davrini aniqlang.
a) Mil.avv III asr b) Mil.avv IV asr c) Mil avv II-I asrlar d) Milodiy II asr
11)Xitoy elchisi qaysi davlatni 70 dan ortiq shahri bo’lganligini yozgan?
12) Kushon podsholigi davrida buddaviylik ibodatxonalari mavjud bo’lgan hududlarni aniqlang.
13) Buyuk ipak yo’li nechanchi asrgacha G’arb va Sharq o’rtasida muhim o’rin tutgan edi?
14) Farg’ona samoviy otlari haqida ma’lumot bering.
15) Milodiy III asrda barham topgan davlatlarni aniqlang.
Nazorat ishi-VIII (6_SINF)
1) Iso Masih qaysi shaharda tavallud topgan?
a) Quddusda b) Rimda c) Vifleyemda d) Konstantinopolda
2) Rimda respublika tuzumi nechanchi yildan boshlangan?
a) Mil.avv 753-yil b) Mil.avv 509-yil c) Mil.avv 476-yil d) Milodiy 313-yil
3) Italiya qaysi yarimorolda joylashgan?
a) Piriney yarimorolida b) Apennin yarimorolida
c) Arabiston yarimorolida d) Xindiston yarimorolida
4) Rimda qaysi davrdan boshlab barcha fuqarolar mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan?
a) Mil.avv III asr oxiridan b) Mil.avv IV asr boshidan
c) Mil.avv II asrdan d) Mil.avv III boshlaridan
5) Qadimgi Rimdagi eng katta amfiteatr hisoblangan Kolizeyga qancha odam sig’gan?
a) 25 ming b) 35 ming c) 50 ming d) 10 ming
6) Qadimgi Rimda Spartak qo’zg’oloni bostirilgach,hokimiyat uchun kurash qaysi sarkardalar o’rtasida olib borildi?
a) Krass,Pompey va Sezar b) Krass, Antoniy va Brut
c) Oktavian,Brut va Sezar d) Sezar, Brut va Pompey
7) Ma’lumki, qadimgi rimliklarning dini ko’p xudolik ya’ni majusiylik edi.Ularning savdo-sotiq ma’budi nima deyilgan?
a) Vulqon b) Mars c) Neptun d) Merkuriy
8) “ Buzoqchalar mamlakati “ ma’nosini anglatuvchi davlat nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Ispaniya b) Italiya c) Karfagen d) Afina
9) Milodiy 313-yili xristianlik boshqa dinlar bilan bir din degan farmon chiqarilishi va davlat miqyosida tan olinishi kimning nomi bilan bog’liq?
a) Trayan b) Neron c) Kaligula d) Konstantin
10) Spartak qo’zg’oloni bo’lib o’tgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Mil.avv 49-44-yillar b) Mil.avv 74-71-yillar c) Milodiy 98-yil d) M.av. 509-yil
11) Lotinchadan tarjima qilinganda “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatuvchi so’z ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Kandida b) Senat c) Plebey d) Konsul
12) Rim shahri qaysi daryo bo’yida qad ko’targan?
a) Dunay daryosi b) Frot daryosi c) Tibr daryosi d) Po daryosi
13) Qadimgi Rimda konsulni qo’riqlab yuruvchi 12 kishidan iborat faxriy qorovullar nima deyilgan?
a) Liktorlar b) Kandidatlar c) Kolonlar d) Diktatorlar
14) Rimliklar qaysi ma’budalrini bosh xudo,Rim davlatining homiysi deb bilganlar?
a) Mars b) Merkuriy c) Neptun d) Yupiter
15) Qadimgi Rimda qachondan boshlab muntazam yollanma qo’shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar haqiqiy kuchga aylandilar?
a) Mil.avv I asrda b) Mil.avv II asrda c) Milodiy I asrda d) Milodiy II asrda
16) Mil.avv VIII asrda etrusklar…
17) Qadimgi Rimda Xalq majlisi…
18) Rim respublikasida xalq tribuni…
19) Diktator…
20) Mozaika va freskalar....


7-sinf Jaxon tarixi.
Nazorat ishi-I
1) German qabilalari haqidagi ilk yozma ma’lumotlar qaysi asarlarda keltirilgan?
a) Geradotning ”Tarix” va Strabonning “Geografiya”
b) Arrianning “Aleksandrning harbiy yurishlari” va Geradotning “Tarix”
c) Yuliy sezarning “Galliya urushi haqida hotiralar” va Korneliy Tatsitning “Germaniya”
d) Poliyenning “Harbiy hiylalar” va Gomerning “Iliada” asarlarida
2) Qadimgi German qabilalarida konung deb kimlarga aytilgan?
a) Xalq yig’inida saylab qo’yilgan qabila boshlig’i,zodagon shaxs.
3) Mo’g’ullarda mulkiy tabaqalanish qachondan boshlangan?
a) XIII asrdan b) XI asr boshlaridan c) XII asrning 2-yarmidan d) X asrdan
4) Saljuqiylar davlati nechanchi yili beyliklarga bo’linib ketdi?
a) 1243-yili b) 1308-yili c) 1302-yili d) 1265-yili
5) Arab xalifaligidan ilk mustaqil amirlik qachon va qaysi davlatda ajralib chiqdi?
a) 1055-yili,Xurosonda b) 756-yili, Ispaniyada
c) 873-yili Xurosonda d) 720-yili Movaraunnahrda
6) Arablar Pireney yarimorolidagi(hozirgi Ispaniya) Vestgot qirolligini nechanchi yillarda bo’ysundirdi?
a) 657-704-yillarda b) 704-715-yillarda c) 711-714-yillarda d) 732-yili
7) Machu Pikchu hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan va bu shahar qaysi xalqlarning shahri bo’lgan?
a) Peruda joylashgan,inklarni shahri bo’lgan b) Meksikada joylashgan,asteklar shahri bo’lgan c) Meksikada joylashgan, mayyalar shahri bo’lgan
d) Avstraliyada joylshgan,aborigenlar shahri bo’lgan
8) Vizantiya imperiyasi kimning davrida o’z qudratining cho’qqisiga erishdi? a) Yustin davrida b) Konstantin davrida c) Feodosiy davrida d) Yustinian I davrida Slavyan qabilalarining ajdodlari yevropaning qaysi qismida yashaganlar?
9) Slavyan qabilalarining ajdodlari yevropaning qaysi qismida yashaganlar?
a) Elba daryosining yuqori oqimidan Dneprning o’rta havzasiga qadar
b) Elba va Dunay daryolari oralig’ida
c) Reyndan Elba daryosigacha bo’lgan hududlarda
d) Sena va Luara daryolari havzalarida
10) Buyuk Karl hukmronligi yillarida necha marta harbiy yirishlar olib borilgan?
a) 28 marta b) 35 marta c) 56 marta d) 53 marta
11) London shahriga nechanchi yili va qaysi shahar sohilida barpo qilingan?
a) 756-yili Po daryosi bo’yida b) 43-yili Temza daryosi
c) 211-yili Luara daryosi bo’yida d) M.avv 49-yili Rubikon daryosi bo’yida
12) Ma’lumki, 486-yili tashkil topgan Franklar qirolligi 800-yili Buyuk Karl davrida imperiyaga aylanadi.Bu imperiyaning markazi qaysi shahrida edi?
a) Verdenda b) Axenda c) Burgundiyada d) Milanda
13) Buyuk Karl vafot etgach,imperiya uning nabiralari tomonidan uch qismga bo’linib olindi.Ular qaysi davlatlar edi?
a) Fransiya,Germaniya va Italiya b) Angliya, Fransiya va Ispaniya
c) Ispaniya, Belgiya va Germaniya d) Fransiya, Italiya va Ispaniya
14) Britaniya oroli qachondan Angliya deb atala boshlangan?
a) X asrdan b) VII asrdan c) XI asr boshlarida d) IX asr boshlarida
15) Angliyada qaysi hukmdor davrida baronlarga harbiy xizmat o’rniga xazinaga “qalqon puli” solig’I to’lashlariga ruxsat beriladi?
a) Vilgelm I b) Genrix II c) Ekbert d)Amvrosiy Avrelian
16) Nechanchi yil Germaniya qirolligining paydo bo’lgan yili hisoblanadi?
a) 843-yil b) 911-yil c) 919-yil d) 955-yil
17) Muqaddas Rim imperiyasining qaysi imperatori zamondoshlari tomonidan “dunyo mo’jizasi” deb atalgan?
a) Otton I b) Buyuk Karl c) Otton III d) Genrix I
18) O’z vaqtida xalqaro pul hisoblangan Vizantiya oltin tangasi nima deyilgan?
a) Numisma b) Dinar c) Vasilevs d) Kipu
19) Slavyan(sloven) so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Qarindoshlar b) Buzoqchalar mamlakati
c) Tushunarli bir xil tilda so’zlashuvchilar d) Bir millatli xalq
20) Polsa knyazi Meshko I xristianlikni qachon va kimlardan qabul qilgan?
a) 988-yili Vizantiyadan b) 966-yili nemis yepiskoplaridan
c) 681-yili Rimdan d) 701-yil Franklardan
21) Qur’on bu…
22) Xudoning in’omi ma’nosini anglatuvchi shahar qaysi shahar?
23) Siyosatnoma asari muallifi...
24) 843-yili sodir bo’lgan voqea… 25) Keshik haqida ma’lumot bering.
7-sinf jaxon tarixi
Nazorat ishi-II.
1) Ganza shaharlar ittifoqiga…
a) Italiyaning 60 dan ortiq shaharlari kirgan
b) Angliyaning 50 dan ortiq shaharlari kirgan
c) Germaniyaning 70 ga yaqin shaharlari kirgan
d) Ispaniya va Fransiyaning 70 dan ortiq shaharlari kirgan
2) Xindistondagi qadimiy inshootlar orasida eng mashxuri bo’lgan Ajanta buddaviylik ibodatxonasi nechanchi asrlar oralig’ida qurilgan?
a) M.avv II-milodiy VII asr b) M.avv I- milodiy VI asr
c) Milodiy I-IX asrlar d) Milodiy II – VII asrlar
3) Hozirda xam faoliyat ko’rsatayotgan,Misr poytaxti Qohirada joylashgan al-Azhar ilm dargohi nechanchi asrda tashkil etilgan?
a) VIII asrda b) IX asrda c) X asrda d) XI asrda
4) Yevropadagi dastlabki ochilgan universitetlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Angliyadagi Kembridj va Oksford b) Ispaniyadagi Sevilya va Valensiya
c) Italiyaning Boloniya va Fransiyaning Parij d) Fransiyani Tuluza va Parij
5) Konstantinopolda XI asr o’rtalarida ochilgan universitetda qastlab qanday fakultetlar mavjud edi?
a) Huquqshunoslik va falsafa b) Geografiya va tarix
c) Astranomiya va falsafa d) Tibbiyot va huquqshunoslik
6) Inklar davlatining poytaxti to’g’ri ko’rsatilgan shaharni ko’rsatilgan?
a) Kusko b) Tenochtitlan c) Chichen Itsa d) Goa
7) Koreyslarning ilk davlati qanday nom bilan atalgan?
a) Silla b) Koguryo c) Pekche d) Choson
8) Xitoydagi o’lchov birligi hisoblangan mu qancha sotixga teng edi? a) 8 sotix b) 6 sotix c) 10 sotix d) 5 sotix
9) G’arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqqa uyushtirgan bosqinchilik va talonchilik yurushlari ya’ni salib yurishlari nechanchi yillarda bo’lib o’tgan?
a) 1095-1170-yillarda b) 1060-1270-yillarda
c) 1096-1270-yillarda d) 1150-1280-yillarda
10) Yaponiyaga oid Nippon so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) Yirik mulkdor b) Imperator c) Kunchiqar mamlakat d) Yozilmagan qonun
11) Xitoyda ilk bosma kitoblar nechanchi asrdan ciqarila boshlagan?
a) X asrdan b) X asrdan c) VIII asrdan d) XII asrdan
12) Arab me’morchiligining yorqin durdonalaridan hisoblangan al-Hamro qayerda joylashgan?
a) Misrning Qohira shahrida b) Kordovada
c) Ispaniyaning Sevilyasida d) Ispaniyaning Granada shahrida
13) Ma’lumki, o’rta asrlarda Yevropada o’qish tili lotin tili bo’lgan.Qachondan boshlab har bir mamlakatning o’z milliy tilida o’qitiladigan maktablar ochila boshlagan?
a) XVI asrdan b) XIV asrdan c) XIII asrdan d) XV asrdan
14) O’rta asrlarda Yevropada qaysi fan “barcha fanlarning onasi” hisoblangan?
a) Ritorika b) Dialektika c) Grammatika d) Geometriya
15) Quyidagi qaysi shahar 1177-yilgi yong’in natijasida butunlay vayron bo’lgan?
a) Kamakura b) Xanchjou c) Xeyyan d) Osaka
16) O’rta asrlarda Yevropada shahar kengashi binosi nima deyilgan?
a) Ratusha b) Faktoriya c) Sex d) Forum
17) Rim papalaridan qaysi birining davrida katolik cherkovi o’z qudratining cho’qqisiga chiqqan?
a) Urban II b) Innokentiy III c) Grigoriy IX d) Benidikt VI
18) Italiyadagi Rim papalari davlati-Papa viloyati qachon va kimning ko’magida tashkil topgan?
a) 1054-yili,Sardiniya qiroli ko’magida b)756-yili Frank qiroli ko’magida
c) 800-yili Buyuk Karl ko’magida d) 955-yili Otton I ko’magida
19) Xarsha davlati hozirgi qaysi davlat hududida va nechanchi yillarda mavjud bo’lgan?
a) Ispaniyada 756-1265-yillarda b) Xitoyda 618-907-yillarda
c) Xindistonda 606-647-yillarda d) Koreyada 918-1392-yillarda
20) VI asr oxirlaridan Xitoydagi mayda podsholiklarning birlashuviga nima sabab bo’ldi?
a) Hunnlar bosqini b) Turk xoqonligi bosqini
c) Yaponiya bosqini d) Yevropaliklar bosqini
21) Inkvizitsiya va Indulgensiya haqida ma’lumot bering.
22) Salib yurishlar davrida tuzilgan diniy-ritsarlik ordenlari haqida ma’lumot bering.
23) Tovar xo’jaligi haqida ma’lumot bering.
24) Faktoriya bu…
25) Xristian dini Yevropada nechanchi asrdan tarqala boshlagan?
7-sinf O’zbekiston tarixi
Nazorat ishi-I.
1) Yurtimiz tarixida o'rta asrlar qaysi qabilalar uyushmalari paydo bo'lgan davrdan boshlangan?
a) Tohiriylar,somoniylar,xorazmshohlar
b) Turk xoqonligi,qoraxoniylar,xioniylar
c) Kidariylar,xioniylar,eftaliylar
d) Somoniylar,qoraxoniylar,g’aznaviylar
2) Ilk o’rta asrlarda qishloq hokimilari va ularning ekinzorlarida ishlovchi yersiz aholi nima deyilgan?
a) Dehqonlar va kadivarlar b) Ixshid va Ixrid
c) Yabg’u va Tudun d) Malikshoh va kashovarz
3) Yurtimizda ilk o’rta asrlarning qaysi davridan boshlab yerlar va suv taqsimoti qabila boshliqlari va ishboshilarning nazoratiga o’tdi?
a) IV asrdan b) V asrdan c) VI asrdan d) VII asrdan
4) Eftaliylar yurtimiz hududiga qachon va qaysi tomondan kirb kelganlar?
a) IV asrda janubdan b) VI asrning 20-yillarida sharqdan
c) V asrda sharqdan d) V asr oxirlarida janubdan
5) Xubbi haqidagi afsona qaysi hudud va daryo nomi bilan bog’liq?
a) So’g’d va Sirdaryo b) Xorazm va Amudaryo
c) Samarqand va Amudaryo d) Namangan va Norin daryosi
6) Zaiflashib borayotgan Qang’ davlati tarkibidan dastlab qaysi qaysi hudud ajralib chiqqan?
a) Choch b) Tohariston c) Farg’ona d) Xorazm
7) Turon hududi qaysi xalq tomonidan Movaraunnaxr va Xuroson deb atalgan?
a) Forslar b) Yunonlar c) Arablar d) Ruslar
8) Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo’lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kim deb atalgan?
a) Dehqon b) Kashovarz c) Kadivar d) Chokar
9) Qadimgi Xorazm davlatining Tuproqqal’a shahar xarobasi hozirgi qaysi hududda joylashgan?
a) Xorazmning Xiva tumanida b) Turkmanistonni ko’hna Urganch hududida
c) Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida d) Xorazmni Xonqa tumanida
10) Yurtimiz hududiga IV asrda kirib kelgan xioniylar G”arb tarixchilari tomonidan nima deb atalgan?
a) Turklar b) Eftallar c) Oq xunnlar d) Qoraquyunlilar
11) Kidariylarning tangalari qanday yozuvda zarb etilgan?
a) Aramey yozuvida b) Baqtriya yozuvida
c) Braxmiy yozuvida d) Turk-run yozuvida
12) Quyidagi tarixiy nomlarni bir-biri bilan muvofiqlashtiring.
a) Oks,b) Yaksart c) O’kuz d) Eftalon
1-Orol,2-Amudaryo,3-Sirdaryo 4-Vaxshunvar
a) a-2,b-3,c-1,d-4 b) a-4,b-2,c-3,d-1
c) a-2,b-4,c-3,d-1 d) a-1,b-3,c-4,d-2
13) Yurtimiz hududida xioniylar qancha muddat hukmronlik qilganlar?
a) 75 yil b) 100 yil c) 120 yildan ortiq d) 150 yilga yaqin
14) 484-yilgi Eftaliylar va Sosoniylar o’rtasida bo’lib o’tgan jang qanday yakun topgan?
a) O’zaro kelishuv bilan b) Eftaliylar mag’lubiyati bilan
c) Sosoniylar mag’lubiyati d) Ma’lum emas
15) Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv kanallari nechanchi asrda barpo etilgan?
a) IV asrda b) V asrda c) VI asrda d) III asrda
16) Ma’lumki, Buxoro IV asrdan boshlab Turonning yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biriga aylangan.Bu davrda Buxoro shahrining darvozalari soni nechta bo’lgan?
a) Sakkizta b) Yettita c) Yigirma ikkita d) O’n ikkita
17) O’rta asrlarda quyidagi qaysi shahar arablar tomonidan “Madinat at-tujjor” ya’ni “Savdogarlar shahri” deb ta’riflangan?
a) Panjikent b) Buxoro c) Termiz d) Poykand
18) O’rta asrlarda Turon aholisi qaysi tillarda so’zlashgan?
a) arab va fors b) fors va turk c) so’g’d va turk d) tojik va o’zbek
19) V asrda barpo etilgan Darg’om kanali qaysi hududda joylashgan?
a) Toshkent vohasida b) Janubiy Qozog’istonda
c) Samarqandda d) Xorazmda
20) Ilk o’rta asrlarda xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg’ona,Sharqiy Turkiston va Xitoy hududlarida muomalada bo’lgan til to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Turk tili b) Tojik tili c) So’g’d tili d) Fors tili
7-sinf O’zbekiston tarixi Nazorat ishi-II.
1) VI asrda Oltoy va Janubiy Sibirda tashkil topgan Turk xoqonligining asoschisi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Bumin b) Istemi c) Qoracho’rin d) Xusrav I
2) V-VII asrlarda Turk xoqonligi hududida nechta mustaqil hokimliklar mavjud edi?
a) 10 ga yaqin b) 15 dan ortiq c) 20 ta d) 27 ta
3) G’arbiy Turk xoqonligining eng taraqqiy etgan davri qachon va kimning davriga to’g’ri keladi?
a) VI asrning ikkinchi yarmi Bumin davri
b) VII asrning birinchi choragi To’n yabg’u davri
c) VIII asr Qoracho’rin davri
d) VIII asr o’rtalari Sheri Kishvar davri
4) G’arbiy Turk xoqonligining qarorgoh vazifasini bajargan shaharlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Toshkent,Ho’jand,Samarqand b) Bolasog’un,Qoshg’ar,Yorkent
c) Suyab,Beshbaliq,Ek-tog’ d) So’g’d,Farg’ona,Eloq
5) Turk xoqonligi tuzilgan paytda markaz qilib qaysi hudud belgilangan edi?
a) Janubiy Sibir b) Oltoy c) Ettisuv d) Sharqiy Turkiston
6) Turk xoqonligi qaysi sosoniylar hukmdori bilan eftaliylarga qarshi harbiy ittifoq tuzgan edi?
a) Xusrav I Anushervon b) Shopur II c) Kayxusrav d) Kambiz II
7) Turk xoqonligida ko’chmanchi chorvador aholi nima deyilgan?
a) Tudun b) Budun ,qora budun c) Kashovarz d) Chokar
8) Xoqonlikda o’n ming suvoriyga rahbarlik qilgan shaxs nima deyilgan?
a) Hojib b) Yabg’u c) No’yon d) Shod
9) Turkiylarda qadimda qaysi hayvon ilohiylashtirilgan?
a) Tuya b) Sigir c) Mushuk d) Bo’ri
10) Ajinatepadan topilgan 12 metrli budda haykali hozirda qayerda saqlanadi?
a) Sankt-Piterburgda,Ermitaj muzeyida b) Toshkentda,Temuriylar muzeyida
c) Dushanbeda,Milliy arxeologiya muzeyida d) Parij, Luvr muzeyida
11) Turkiylarda qaysi rang ilohiy buyuklik ramzi hisoblangan?
a) Oq b) Qizil c) Qora d) Ko’k
12) O’rta asrlarda 27 ta tog’ va tog’oldi viloyatlaridan tashkil topgan Toxaristonning markazi qaysi shahar edi?
a) Balx b) Murg’ob c) Marv d) Kesh
13) O’rta asrlardagi mustaqil hokimliklarning eng yirigi qaysi hokimlik edi?
a) Farg’ona ixshidlari b) So’g’d ixshidlari
c) Toxariston malikshohi d) Buxoro xudoti
14) O’rta asrlarda So’g’dning poytaxti qaysi shahar edi?
a) Samarqand b) Buxoro c) Balx d) Marv
15) Ma’lumki,Turk xoqonligi davrida Buxoroda xoqon xonadoniga mansub Abruy boshchiligida qo’zg’olon bo’ladi.Qo’zg’olondan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib,qaysi hududlarga borib o’rnashdilar?
a) Samarqand va Kesh atroflariga b) Balx va Marv atroflariga
c) Turkiston va Taroz atroflariga d) Toshkent va Farg’onaga
16) Hukmdorlar qayerda qanday atalgan?Muvofiqlashtiring.
a)Choch, b)Ustrushona, c)Buxoro, d)Kesh, f)Toxariston, j)So’g’d va Farg’ona
1-ixshid,2-ixrid,3-malikshoh,4-afshin,5-tudun,6-xudot
a) a-1,b-2,c-3,d-4,f-5,j-6 b) a-3,b-2,c-1,d-4,f-6,j-5
c) a-5,b-4,c-6,d-2,f-3,j-1 d) a-6,b-4,c-1,d-3,f-2,j-5
17) Turk xoqonligi eng kuchaygan davrda egallagan hududlar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Oxoto dengizidan Qrim yarimoroligacha,Sibirdan Hindistongacha
b) Bering dengizidan Qora dengizgacha,Sibirdan Xitoygacha
c) Chukotka dengizidan Dunaygacha,Oltoydan Arabistongacha
d) Enisey daryosidan Elbagacha,Ettisuvdan O’rta Osiyogacha
18) Qadimgi turklar o’z dinini nima deb ataganlar?
a) Shomonlik b) Qam c) Moniylik d) Nasroniylik
19) Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asariga ko’ra Varaxshaga kim asos slogan?
a) Sheri Kishvar b) To’n yabg’u c) Bumin d) Qoracho’rin
20) Turk xoqonligiga asos solgan Bumin xoqon qaysi xonadonga mansub edi?
a) Ashina xonadoni b) Somonxudot xonadoni
c) Xoshimiylar xonadoni d) Ahamoniylar xonadoni
7-sinf O’zbekiston tarixi
Nazorat ishi-III.
1) Turkiylarning turkey-run yozuvi necha harfdan iborat edi?
a) 28 ta harfdan b) 22 ta harfdan c) 38-40 ta harfdan d) 35-38 ta harfdan
2) Turkiy xalqlarning birinchi bo’lib,otdan jang vositasi sifatida foydalanganliklari,egar-jabduq,uzangi va tizgin kabi anjomlarni kashf etganlari to’g’risida kim qaysi asarida ma’lumot bering?
a) Johizning “Manoqib ai-atrok” asari, b) Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari
c) Usmon Turonning “Turkiy xalqlar maafkurasi” asari d) Geradot “Tarix” asari
3) Yurtimizdagi buddaviylik o’quv maskanlari nima deyilgan?
a) Monastir b) Madrasa c) Vihara d) Sinagog
4) Turkiy xalqlarning xislatlari haqida bitilgan “Manoqib al-atrok” asari kim tomonidan yozilgan?
a) Ibn Arabshoh b) Johiz c) Abu Bakr Narshaxiy d) Istahriy
5) Buddaviylik o’quv maskanlarida asosiy fan sifatida o’qitilgan Daxarma nima haqida ta’lim bergan?
a) Osmon jismlari ya’ni yulduz,oy va quyosh haqida.
b) Diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati haqida.
c) Tibbiyot va adabiyot haqida.
d) Notiqlik san’ati va adabiyot haqida.
6) Turon atamasi dastlab qaysi manbada tilga olingan?
a) Geradotning “Tarix” asarida b) “Avesto”da
c) Firdavsiyning “Shohnoma”sida d) Beruniyning “Hindiston” asarida
7) Turk xoqonligi davrida harbiy qurolning qaysi turi paydo bo’lgan?
a) Qilich,dudama va palash b) O’q, nayza va gurzi
c) Palaxmon,porox va sadoq d) Miltiq,ikki damli qilich
8) Arab adibi Johizning “Manoqib al-atrok” asariga ko’ra xalqlarning qaysi sohada boshqa xalqlardan ustun bo’lganliklarini muvofiqlashtiring.
a)Ilm-fanda, b)Hunarmandchilikda, c) Harbiy ishda, d) davlat boshqaruv sohasida
1-Yunonlar, 2-Xitoyliklar, 3-Sosoniy forslar, 4-Turklar.
a) a-1,b-2,c-4,d-3. b) a-3,b-4,c-1,d-2.
c) a-4,b-3,c-2,d-1. d) a-2,b-1,c-4,d-3.
9) “Bu yer (Movarunnahr) ahlining e’tiqodicha ,Jayhun orqasidan Sharqqa qarab cho’zilgan yerlar Turon, G’arbga tomon cho’zilgan yerlar esa Eron deb ataladi.Kaykovus va Afrosiyob bu mamlakatlarni o’zaro taqsim qilganlarida Turon Afrosiyobga, Eron esa Kaykabod o’g’li Kaykovusga tekkan.” so’zlari kimga tegishli?
a) Johiz b) Ibn Arabshoh c) Istaxriy d) Usmon Turon
10) V asrda yurtimiz hududiga kirib kelgan xristianlik qaysi hududlarda tarqalgan?
a) Samarqand va Buxoroda b) Xorazm va Marvda
c) Shosh va Farg’onada d) Kesh va So’g’dda
11) To’nyuquq bitigi haqida ma’lumot bering.
12) Qadimgi Turk-run yozuvida ismingizni yozing?
13)Yurtimizda qadimda kiyimlarni bo’yashda asosan qaysi ranglardan foydalanishgan?
14) Turk xoqonligi armiyasi bo’linmalari haqida ma’lumot bering.
15) Turon yoki Turkiston deyilganda qaysi hududlar tushunilgan?


7-sinf O’zbekiston tarixi Nazorat ishi-IV.
1) VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan qarluqlar qaysi hududlarda yashaganlar?
a) Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning shimolida
b) Shimoliy Kavkaz hududlarida
c) Oltoyning g’arbi keyinroq Irtish daryosining o’rta oqimida
d) Xuroson va Amudaryoning janubida
2) Xitoy 751-yili kimlarning o’zaro ixtiloflaridan foydalanib,Turonga yurish boshlagan edi?
a) Farg’ona ixshidi va Choch maliki b) Samarqand va Buxoro hokimlari
c) Eloq dehqoni va Choch maliki d) Toxariston yabg’usi va So’g’d ixshidi
3) Arab xalifaligida davlat boshqaruvi nechanchi yildan Abbosiylar qo’liga o’tgan?
a) 756-yildan b) 661-yildan c) 750-yildan d) 873-yildan
4) 720-yili kimlar boshchiligida arablarga qarshi harbiy harakat boshlangan?
a) Muqanna va Xuroson zodagonlari boshchiligida
b) So’g’d ixshidi G’urak va Panjikent Divashtich boshchiligida
c) Rofe ibn Lays va arab zodagonlari boshchiligida
d) Abu Muslim boshchiligida
5) Turon shaharlari ichida qaysi shahar 1-bo’lib arablar tomonidan egallangan?
a) Samarqand b) Balx c) Termiz d) Balx
6) Amudaryoning shimoliy,Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarni arablar nima deyishgan?
a) Movaraunnahr b) Marv c) Xuroson d) Turon
7) Arab xalifaligida toju-taxt uchun kurashlar kuchaygan davr to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
a) VIII asr 2-yarmi b) VIII asrning 40-yillari c) 780-781-yillar d) 843-yil
8) Arablar qaysi hududlarni “Arodi at-turk” deb ataganlar?
a) Arablarga bo’sunmagan hukmdorlar yerlarini.
b) Bo’ysundirilgan Turk yerlarini.
c) Xuroson yerlarini. d) Marv va Samarqand hududlarini
9) 806-yilgi qo’zg’olon raxbari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Hoshim ibn Hakim b) Divashtich c) Rofe ibn Lays d) Bobak
10) Qarluqlar davlati poytaxti to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Yettisuv b) Oltoy c) Suyob d) Bolosog’un
11) O’g’uzlar qachondan islomni qabul qilganlar?
a) VIII asr oxiridan b) IX asr boshlaridan
c) X asrdan boshlab d) XI asrdan boshlab
12) Xurosonda hukmronlik qilgan Tohiriylarning hukmronlik yillari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) 786-813-yillar b) 873-963-yillar c) 821-873-yillar d) 879-900-yillar
13) Qarluqlar qachondan boshlab islomni qabul qilganlar?
a) X asr o’rtalaridan b) X asr oxirlaridan c) XI asr boshidan d) XII asrdan
14) Quyidagi shaxslardan qaysi biri Shom(Suriya)ning Boxila degan joyida tug’ilgan?
a) Abu Muslim b) Qutayba ibn Muslim c) Hoshim ibn Hakim d) Ashros
15) Arablar davrida islomni qabul qilmaganlardan olingan soliq nima deyilgan?
a) Xiroj b) Jizya c) Ushr d) O’lpon
16) Qutayba ibn Muslim haqida ma’lumot bering.
17) Safforiylar haqida:
Kelib chiqishi…
Ijtimoiy tizimi…
18) Tohiriylar haqida:
Kelib chiqishi…
Ijtimoiy tizimi…
19) O’g’uzlar haqida:
Kelib chiqishi…
Ijtimoiy tizimi…
20) Qarluqlar haqida:
Kelib chiqishi…
Ijtimoiy tizimi…
7-sinf O’zbekiston tarixi
Nazorat ishi-V.
1) Qachondan boshlab Movaraunnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tgan?
a) IX asrning so’nggi choragida b) IX asr boshlaridan
c) X asrning ikkinchi yarmidan d) XI asr boshidan
2) Somoniylar davrida yer egaligining necha turi mavjud edi?
a) 3 ta turi b) 4 ta turi c) 5 ta turi d) 6 ta turi
3) Movaraunnahr hukmronligi uchun bo’lib o’tgan 888-yilgi jang kimlar o’rtasida bo’lib o’tdi?
a) Nuh va Nasr b) Ahmad va Ismoil c) Nasr va Ismoil d) Nasr va Ahmad
4) Masjid, madrasa va honaqohlarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar qanday yer deb atalgan?
a) Vaqf yerlari b) Mulki xos yerlari c) Jamoa yerlari d) Mulk yerlari
5) Somoniylar davrida qullikdan yirik harbiy sarkarda darajasiga erishgan inson nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Alp Arslon b) Samjuriy c) Foyiq d) Alptegin
6) Kimning davrida Buxoroning registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurildi?
a) Ismoil Somoniy davrida b) Nasr ibn Ahmad davrida
c) Nuh inb Ahmad davrida d) Sabuqtegin davrida
7) Katta-katta mulklarni iqto tarzida in’om qilish nechanchi asrdan boshlangan?
a) IX asrdan b) X asrdan c) XI asrdan d) XII asrdan
8) Somoniylar davlati hududlari keyinchalik qaysi davlar o’rtasida o’zaro taqsimlandi?
a) Qoraxoniylar va G’aznaviylar b) Tohiriylar va Qoraxoniylar
c) G’aznaviylar va Safforiylar d) Eftalitlar va Turk xoqonligi
9) Hojib bu… a) Bosh vazir b) Diniy olim c) Harbiy unvon d) Musofirxona
10) Turondagi ilk madrasa qaysi shaharda bunyod etilgan?
a) Samarqandda b) Termizda c) Buxoroda d) Toshkentda
11) Masjid,madrasa va xonaqohlarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yerlar qanday yerlar deyilgan?
a) Mulki xos b) Vaqf yerlari c) Mulk yerlari d) Iqto yerlari
12) Somoniylarning Xurosondagi noibi Alpteginning Nishopur bozoridan sotib olgan qulining ismi nima edi? a) Foyiq b) Sabuk c)Samjuriy d) Salohiddin
13) Quyidagilardan Somoniylar tarkibiga kirmagan hududni aniqlang.
a) Zabuliston b) Quhiston c) G’ur d) Garchiston
14) Qaysi Somoniy hukmdor Taroz shahrini zabt etib dashtliklarga zarba berdi?
a) Amr inb Lays b) Ismoil ibn Ahmad c) Nasr ibn Ahmad d) Mu’tazid
15) Manbalarda Somoniylarning kelib chiqishi quyidagi qaysi shaxsga borib taqalishi keltiriladi? a) Bahrom Chubin b) Afrosiyob c) Siyovush d) Kir II
16) Somoniylar davrida visoqboshi deb kimlarga aytilgan?
a) To’rt kishidan iborat guruh boshlig’i. b) Josuslik hizmati boshlig’i
b) Hukmdor soqchisi d) Soqchilar bo’limi boshlig’i
17) Somoniylar davlatida devonlar soni nechta bo’lgan?
a) 5 ta b) 10 ta c) 8 ta d) 7 ta
18) Somoniylar davrida oliy martabali din peshvolari va sayyidlar qo’l ostidagi yerlar qanday nom bilan atalgan? a) Suyurg’ol b) Vaqf c) Mulki xos d) Iqto
19) “ Movaraunnahr viloyatlarining ichida eng ko’p nufuzli Farg’ona vodiysi bo’lganligini tushunib olish qiyin emas.Farg’ona viloyatida ko’plab shaharlar bo’lgan.Uning poytaxti shu davrlarda Axsikat bo’lib…” ushbu so’zlar muallifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) Abu Bakr Narshaxiy b) Azamat Ziyo c) Istaxriy d) Maqdisiy
20) Farsax yoki farsang taxminan 6 kmga tengdir.Amalda bu uzunlik turli hududlarda farqlangan.Markaziy Osiyoda bu masofa odatda qadamlar bilan o’lchangan bolib, necha qadamga teng bo’lgan?
a) 2200 qadam b) 5000 qadam c) 10000 qadam d) 12000 qadam


7-sinf O’zbekiston tarixi
Nazorat ishi-VI
1) Somoniylar davrida Samarqand qishloqlaridan birida tayyorlanib,sharqda mashhur bo’lgan mato nomi nima deb atalgan?
a) Adras b) Banoras c) Vadoriy d) Zandana
2) Kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo’lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo’shilib borishi nima deyiladi.
a) Arodi at-turk b) Assimilyatsiya c) Etnik jarayon d) Lingvistika
3) O’lkamiz nechanchi asrdan boshlab Turkiston deb atala boshlagan?
a) V asrdan b) VI asrdan c) VII asrdan d) VIII asrdan
4) Xorazmshohlar davlatida vazirlar o’z ona tili turkiy tildan tashqari yana qaysi tillarni mukammal bilishi shart bo’lgan?
a) Fors va tojik b) Arab va fors c) Rus va ingliz d) Arab va yunon
5) Xorazmshohlar davlatida qanday unvonga ega vazirlar oliy hukmdordan boshqa kim kirsa ham,hattoki u taxt vorisi bo’lgan taqdirda ham,u bilan salomlashish uchun orinlaridan turishmagan?
a) Sadr b) Dastur c) Xojai buzurg d) Nizom ul-mulk
6) Yuqoridagi savoldagi vazirlik mansabining tilga olingan takomillashgan ko’rinishi qaysi hukmdor hukmronlik davri bilan bog’liqdir?
a) Anushtegin b) Otsiz c) Alouddin Muhammad d) Takash
7) Xorazmshohlar davlatida qoidaga ko’ra,turkiy aslzodalar vakiligina tayinlanishi mumkin bo’lgan lavozim to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Vazir b) Hojib c) Choshnigir d) Davatdor
8) Bozordagi tartibni,mahsulotlar sifati,tarozi va uzunlik o’lchov asboblarining to’g’riligini nazorat qilgan lavozim egasi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Devoni jaysh b) Devoni ravotib c) Hojib d) Muhtasib
9) O’lkamiz nechanchi asrdan boshlab Turkiston deb atala boshlagan?
a) VII asrdan b) V asrdan c) VI asrdan d) IV asrdan
10) O’zbek xalqi nechanchi asrlarda shakllandi?
a) III-IV asrda b) V-VII asrlarda c) VIII-IX aslarda d) IX-XII asrlarda
11) Movaraunnahrda joylashgan aholi qadimdan asosan qaysi tillarda so’zlashgan?
a) Turk va arab b) Tojik va o’zbek c)So’g’d va turk d) Fors va so’g’d
12) Xorazmshohlar davrida harbiylarga maosh berish bilan shug’ullangan lavozim nima deb atalgan?
a) Devoni jaysh b) Devoni ravotib c) Hojib d) Muhtasib
13) “Qovunchi madaniyati” qaysi davlat nomi bilan bog’liq?
a) Xorazmshohlar b) Saljuqiylar c) Qang’ d) Qoraxoniylar
14) Xorazmda Anushteginiylar nechanchi yillarda hukmronlik qilganlar?
a) 1077-1231-yillar b) 865-963-yillar c) 997-1048-yillar d) 1031-1308-yillar
15) Turkon xotun qaysi urug’ sardorining qizi bo’lgan?
a) Kenegas b) Barlos c) Qang’li d) Qipchoq
16) Qanday jarayon o’zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo’ldi?
17) O’zbek xalqining asosini kimlar(qayerliklar) tashkil etgan?
18) Etnik jarayon bu…
19) Xorazm shixnasi lavozimi haqida ma’lumot bering.
20) Nizomulmulk qaysi shaharlarda “Nizomiya” nomli madrasalar qurdirgan?




Nazorat ishi-VII (7-sinf o’zb.tarixi)
1) Arodi at-turk atamasiga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping.
a) Daryoning narigi tomoni b) Turk bo’lmagan xalqlar
c) Turk yerlar d) Ikki daryo oralig’i
2) Kimning arab bo’lmagan musulmonlarning teng huquqli ekanligi haqidagi g’oyasi,ularning jamiyatda kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatining Turonda ham joriy etilishi mintaqada islom dinining keng tarqalishi uchun imkon yaratdi?
a) Abu Abdulloh Molik ibn Anas b) Imom Shofe’iy
c) Abu Hanifa d) Abu Homid G’azzoliy
3) Vatandoshlarimiz Abu Abdulloh Buhoriy,Imom Termiziy,Hakim Termiziy va Imom Dorimiylar qaysi sohada xizmatlari katta bo’lgan?
a) Tasavvufda b) Hadisshunoslikda c) Adabiyotda d) Tarixnavislikda
4) Quyidagi qaysi so’zning ma’nosi yo’nalish yo’l ta’limot ma’nolarini anglatadi?
a) Hadis b) Kunya c)Mazhab d) Tasavvuf
5) Hanafiylik mazhabi asoschisi ismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang.
a) No’mon ibn Sobit b) Molik ibn Anas
c) Muhammad ibn Idris d) Ahmad ibn Hanbal
6) Yurtimizda quyidagi shaxslardan qaysi birini 2000-yilda 1130-yilligi keng miqyosda nishonlangan?
a) Abu Mansur Moturudiy b) Imom G’azzoliy
c) Abul Hasan Ash’ariy d) Imom Buxoriy
7) Ilk islom davrida ulamolarning bir ovozdan qabul qilgan qarorlari nima deyilgan?
a) Tariqat b) Ijmo c) Abu d) Mustahab
8) Kaykovus “Qobusnoma” asarida musiqa asboblari ustasini qanday nom bilan ataydi? a) Massoh b) Baytor c) Xunyogar d) Korizkun
9) IX asr boshlarida quyidagi shaharlardan qaysi birida 400 ta madrasa va 900 ta maktab bo’lgan?
a) Balxda b) G’aznada c) Marvda d) Toshkentda
10) IX asrda qurilgan Farjak madrasasi quyidagi shaharlardan qaysi birida joylashgan edi?
a) Samarqandda b) Buxoroda c) Xivada d) Termizda
11) Hujjatul islom nomi bilan mashhur bo’lgan shaxs to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Imom Buxoriy b) Imom Moturudiy
c) Abu Homid G’azzoliy d) Iso Termiziy
12) Indoneziya,Malayziya,Misr,Sudan,Keniya,Mali va Liviya mamlakatlarida ,asosan,qaysi mazhab keng tarqalgan?
a)Hanafiylik b) Hanbaliylik c) Molikiylik d) Shofe’iylik
13) Quyidagi olimlardan qaysi biri “Imomi A’zam” nomi bilan ulug’langan?
a) No’mon ibn Sobit b) Molik ibn Anas
c) Muhammad ibn Idris d) Ahmad ibn Hanbal
14 “…Tilingni yaxshi hunar bilan o’rgatgil va muloyim so’zdan boshqa narsani odat qilmagil.Nedinkim,tilga har nechuk so’zni o’rgatsang,shuni aytur,so’zni o’z joyidaishlatgil,so’z agar yaxshi bo’lsa,ammo noo’rin ishlatilsa,garchand uhar nechukyaxshi so’z bo’lsa ham yomon,nobop eshitilur.” Ushbu so’zlar kimning qaysi asaridan olingan?
a) Kaykovus “Qobusnoma” b) G’azzoliy “Ihyou ulumid-din”
c)Yusuf Hos Hojib “Qutadg’u bilig” d) Imom Buxoriy “Al jome as-sahih”
15) X asrda Samarqandda madrasalar soni nechtani tashkil etar edi?
a) 10 ta b) 17 ta c) 20 ta d) 100 dan ortiq


Nazorat ishi-VIII (7-sinf o’zb.tarixi)
1) Quyidagi shaxslardan qaysi biri hadis ilmining sultoni degan sharafli nomga sazovor bo’lgan?
a) Iso Termiziy b) Imom Buxoriy c) Imom Moturudiy d) Imomi A’zam
2) “Tahqiqi viloyati Buxoro” (Buxoro tarixi) asari muallifi kim?
a) Istaxriy b) Ibn Battuta c) Abu Bakr Narshaxiy d) Hakim Termiziy
3) “Jorulloh-Allohning qo’shnisi”, “Arab va g’ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri” nomlari bilan ulug’langan shaxs to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a) Imom Buxoriy b) Alisher Navoiy c) Mahmud Zamaxshariy d) Marg’iloniy
4) Ma’lumki,Ibn Sinoning “Al qonun fit-tib” asari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan edi.Ushbu asar jami bo’lib,lotin tiliga necha marotaba tarjima qilingan.
a)10 marta b) 20 marta c) 30 marta d) 40 marta
5) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya” asarlari muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a) Abu Rayhon Beruniy b) Abu Ali Ibn Sino c) Al-Xorazmiy d) Al-Farg’oniy
6) “Metafizika”, “Etika”, “Ritorika” va “Sofistika” asarlari muallifi kim?
a) Platon b) Beruniy c) Aristotel d) Farobiy
7) Misrda yangicha soliq miqdoriga asos bo’lgan “Miqyosi Nil” uskunasi kim tomonidan qurilgan?
a) Al-Farg’oniy b) Beriuniy c) Gardiziy d) Al-Xorazmiy
8) “Har gal mobil telefoningni qo’lga olganda,unutma,uning ichida musulmon o’zbek otaxon yasirin o’tiradi”.Ushbu so’zlar kim tomonidan,kim haqida aytilgan?
a) J.Sarton tomonidan Farobiy haqida b) F.Shampolyon tomonidan Beruniy haqida
c) Endryu Marr tomonidan Xorazmiy haqida d) Geveliy tomonidan Ibn Sino haqida
9) “Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay” so’zlar kimga tegishli?
a) Iso Termiziy b) Imom Buxoriy c) Farobiy d) Mahmud Zamaxshariy
10) Beruniy so’zi qanday ma’noni anglatadi?
a) So’ragan narsani beruvchi b) Tashqarilik c) Ilmli d) Runiy yozuviga bog’liq
11) “Xorazmiy o’z davrining eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa,hamma davrlarning ham eng buyuklaridan biri”. So’zlari kimga tegishli?
a) J.Sarton b) F.Shampolyon c) Endryu Marr d) Yan Geveliy
12) Turon nechanchi asrdan arab xalifaligidan ajrab chiqdi?
a) IX asrdan b) X asrdan c) XI asrdan d) XII asrdan
13) Yurtimiz hududida qaysi asrdan boshlab pishiq g’ishtdan binolar qurila boshladi?
a) XII asrdan b) XI asrdan c) IX asrdan d) X asrdan
14) Gurganchdagi Ma'mun akademiyasiga nechanchi yilda asos solingan?
a) 1010-yili b) 1008-yili c) 1012-yili d) 1004-yili
15) Abu Ali ibn Sino necha yoshida Qur’oni Karimni to’liq yod olgan edi?
a) 10 yoshida b) 12 yoshida c) 14 yoshida d) 9 yoshida
16) Beruniy tibbiyotga bag’ishlangan “Saydana” asarida mingdan ortiq dorivor moddalaar nomini necha tilda yozib chiqqan?
a) 10 tilda b) 20 tilda c) 30 tilda d) 5 tilda
17) Yurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nechanchi yilda nishonlangan?
a) 2000-yili b) 2004-yili c) 2006-yili d) 2010-yili
18) “ U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir.Hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan kishini na ilgari van a so’nggi vaqtlarda o’tganini bilmaymiz”. Ushbu so’zlar kimga tegishli?
a) Nemis sharqshunosi Zaxauga b) Sharqshunos olim I.Y.Krachkovskiyga
c) Astranom Yan Geveliyga d) Amerikalik tarixchi J.Sartonga
19) 0 sonini son sifatida e’tirof etgan hind sanoq tizimidan foydalanib,arab sanoq tizimiga asos slogan shaxs to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?
a) Beruniy b) Farg’oniy c) Zamaxshariy d) Xorazmiy
20) Quyidagi shaxslardan qaysi birining nasabi Abu Bakr Siddiq (r.a.) borib taqaladi?
a) Imom Buxoriy b) Moturudiy c) Burhoniddin Marg’iloniy d) Iso Termiziy
Yüklə 186,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin