1. Qator oraliqqa ishlov beruvchi kultivator-oziqlantirgichlar G‘o‘zani chekanka qilish moslamasi



Yüklə 106,17 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü106,17 Kb.
#193114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari

Purkagich va changitgichlar. Purkagichlar suyuqlikni 25—250 mkm zarrachalarga parchalaydi. Tomchilar qancha mayda bo‘lsa, ular o‘simlik barg va tanalariga shuncha tekis taqsimlanadi va ta’sir kuchi oshadi. Yirik tomchilar dorilanadigan sirtlarda turmasdan tezda yerga tushib barglarning chetlarini kuydirib yuboradi, ammo umumiy ta’siri kuchsiz bo‘ladi.
Suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanish darajasi sistemadagi bosimga, pestitsidning texnologik xususiyatlariga, purkovchi uchliklarning konstruksiyasiga va dorilarni uchliklardan o‘simliklarga keltirish (erkin yoki uyurma oqim bilan) usullarga bog‘liq. Uyurma (turbulent) oqimda parchalangan pestitsid zarrachalari o‘simlikning barcha qismlariga tekis o‘tiradi. Shuning uchun bunday oqim hosil qiluvchi kam va ultra kam sig‘imli purkash usullari pestitsidlarni ancha tejashga imkon bergani holda dorilash sifatini yaxshilaydi. Odatda, tomchining o‘rtacha diametri do‘=2/3 di, bunda di — tomchi izining o‘lchangan diametri 150—
300 mkm, aerozol hosil qilib purkashda 50—100 mkm ga teng.
Purkagichlarning rezervuarlari, odatda, gorizontal silindr shaklida bo‘lib, ularning old va ketingi devorlari yassi yoki sferik bo‘ladi. Rezervuarlar sig‘imi (300—1800 l) purkagichlarning turiga va ish unumiga bog‘iq bo‘lib, ish suyuqligining sig‘imi yarim smenaga, ba’zan esa butun smenaga yetadigan qilinadi. Baklar polietilen, shisha plastinkadan yoki ichki sirti zaharli dori ta’siriga chidamli lok, plastinka bilan qoplangan va zanglamaydigan po‘lat listlardan tayyorlanadi.
Aralashtirgichlar rezervuardagi ish suyuqligini aralashtirib, bir xil tarkibda saqlash uchun xizmat qiladi. Pnevmatik, gidravlik va mexanik aralashtirgichlar bo‘ladi. Pnevmatik va gidravlik aralashtirgichlar havo va suyuqlikni rezervuarga bosim bilan kirituvchi moslamalardan iborat. Havo va suyuqlik purkash soplo va forsunkalar bakning tubidan 25—50 mm yuqoriroqda o‘rnatiladi. Suyuqlik forsunkadan 2,5 m/s tezlikdan chiqqanda rezervuardagi ish suyuqligini yaxshi aralashtiradi.



Yüklə 106,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin