ko chat va qator oralariga ishlov berish mashinalari
1-jadval Oziqlantirgich-kultivatorlarning texnik xarakteristikasi
Ko‘rsatkichlar
KPX-4
KPX-3,6
KPT-4
Т-28Х4М, ТТЗ-80Х, МТЗ80Х
Agregatlovchi traktor Gabarit o‘lchamlari, mm:
Traktor bilan birga uzunligi
Kengligi (maksimal)
Balandligi (o‘g‘it idishlari bo‘yicha) Qamrov kengligi, m:
60 sm li qator kengligida
90 sm li qator kengligida
Ishlov beriladigan qatorlar soni:
60 sm li qator kengligida
90 sm li qator kengligida Haydash chuqurligi, sm Ish unumdorligi, ga/soat: 60 sm li qator kengligida
90 sm li qator kengligida
Kultivatorning massasi, kg
4615
3090
1750
2,4
—
4
—
3—16
1,15
—
1280
4585
4000
1750
—
3,6
—
4
3—18
—
2
1650
5500
3940
1600—
1700
—
3,6
—
4
3—18
—
2,16
1750
Konstruktiv jihatdan KÐT-4 kultivatori o‘rnatish va oldingi seksiyasini tutqichiga birlashtirish uzellari bilan farq qiladi. Kultivatorning ketingi seksiyasi uchta kesik kvadrat kesimli bruslardan yig‘ilgan bo‘lib, ularga gradillar, markaziy tebrangichlarning ramalari va o‘g‘itlagichlarning tutqichlari mahkamlanadi. Ketingi seksiya kashaklar va tortqilar vositasida bort uzatmalarning qobig‘iga va yarim o‘qlarning qobiqlariga mahkamlanadi.
Ish organlari traktorning ketingi ko‘prigidagi CC-100 gidrotsilindri va kultivator oldingi seksiyasining yarim ramalariga o‘rnatilgan ikkita chiqarma CC-75 gidrotsilindri yordamida chuqurlatiladi va ko‘tariladi.
Kultivatorning oldingi seksiyasida traktorning yetakchi g‘ildiraklari oldida ikkita o‘g‘itlash apparati o‘rnatiladi: chap apparat chap, o‘ng apparat esa o‘ng yarim ramaga mahkamlanadi. Kultivatorning keyingi seksiyasida chap apparat agregatning yurish yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonda, o‘ng apparat esa chap tomonda g‘o‘za ustida joylashtiriladi.
Kultivatorning oldingi seksiyasida yondosh qatorlar orasini ishlaydigan ikkita gradil va yetakchi g‘ildiraklar oldida joylashgan to‘rtta gradil, keyingi seksiyasida esa yetakchi g‘ildiraklar ketida joylashgan ikkita (chap va o‘ng) va markaziy gradillar mahkamlangan. G‘ildirak orqasidagi gradillar bir-biridan shtangasining pasaytirgichning o‘q chizig‘idan siljish tomoni bilan farq qiladi.
Kultivatorni traktordan chiqarishda maxsus taglik va domkratlardan foydalaniladi.
Qator oralari 60 sm qilib ekilgan g‘o‘za qator oralariga ishlov berilganida har bir asosiy qator oralig‘iga ikkitadan (chap va o‘ng) tig‘lar, o‘q-yoysimon panjalar o‘rnatiladi, yondosh qatorlar orasida esa bittadan pichoq va o‘q-yoysimon panja joylanadi.
To‘g‘ri o‘rnatilgan pichoqning gorizontal tig‘i egat tubiga 12—18° qiya bo‘lishi kerak.
Tuproq qatqalog‘ini yumshatish uchun tig‘lar va o‘q-yoysimon panjalar bilan birga rotatsion ish organlari ham ishlatiladi. Shunda tashqi rotatsion diskning ignasimon tishlari nihollarning qator chizig‘idan 3—5 sm masofada va birinchi kultivatsiyada yerga 3—5 sm, keyingi kultivatsiyalarda 6—8 sm ga botadigan qilib o‘rnatiladi.
Rotatsion ish organlari ishlaganda tuproqning hali yumshatilmagan ustki qatlami ignasimon disk tishlarining oldida surilmasligi kerak. Shunda yumshatilayotgan tuproq o‘simliklarni shikastlamaydi. Shuning uchun ish organlarining ishqalanuvchi sirtlarini moylab turish va ignali disklarning o‘z o‘qida erkin aylanishini kuzatib borish lozim.
Pichoqlar ichki ignali diskning ketidan 6—8 sm chuqurlikka botadigan qilib va 10 sm li muhofaza hududi qoldirib o‘rnatiladi. Panjalar qator oralarining o‘rtasidagi tuproqni 10—12 sm chuqurlikda yumshatadi.
Panjalar bilan tuproqni yumshatish sifati ularning tuproqqa botish burchagiga bog‘liq. Panja to‘g‘ri o‘rnatilganida uning tumshug‘i tuproq yuzasiga 12—18° qiya joylashishi kerak. Bu holda pichoqning ketingi qismi gorizontal tekislikdan 10—12 mm ko‘tarilib turishi kerak. Botish burchagi juda kichik bo‘lganida panja tuproqqa yaxshi botmaydi, katta bo‘lganida esa kesak katta ko‘chadi va qo‘shimcha egatchalar hosil bo‘ladi.
Agar tuproq ustida qatqaloq bo‘lmasa, g‘o‘za yonidagi begona o‘tlarni yo‘qotish uchun rotatsion ish organlarining o‘rniga muhofaza hududi 7 sm qilib diskli ish organlarini ishlatish mumkin.
Qator oralarida begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, tuproqni qat-qat ishlaydigan ish organlari pichoqlar bilan birga o‘rnatiladi. Bu holda yumshatgich panjalar bittaga kam, pichoqlar esa 10 sm li muhofaza hududi qoldirib o‘rnatiladi. Tuproq ustida qatqaloq bo‘lsa, qatqat yumshatuvchi ish organlari rotatsion ish organlari bilan birga qo‘shib ishlatiladi.
O‘g‘itlarni ko‘muvchi ish organlarining turi va ularni joylashtirish sxemasi g‘o‘zalarning rivojlanish darajasiga qarab tanlanadi. O‘g‘itlarni pushtalarning yon tomoniga solish ishlari, odatda, dastlabki ikki oziqlantirishda egatlar ochish bilan birga bajariladi, keyingi oziqlantirishda esa o‘g‘itlar qator orasining o‘rtasiga kombinatsiyalashgan ish organlari yordamida sug‘orish egatlarini ochish bilan bir vaqtda solinadi.
To‘g‘ri ochilgan sug‘orish egatlari sug‘orish sifatini va kultivatsiya qilish sifatini oshiradi. Buning uchun egat ochgichlar bir xil chuqurlikda yurishga moslanadi va qator oralarining aniq o‘rtasida joylashtiriladi. Bunday talablar amalga oshirilmasa agregatni boshqarish qiyinlashadi, kichik muhofaza hududlarida g‘o‘za ildizining shikastlanishi ortadi, qator oralarini ishlashni mexanizatsiyalashtirish darajasi pasayadi.
G‘o‘za rivojlanishining turli davrlarida sug‘orish egatchalari turli chuqurlikda ochiladi. Birinchi sug‘orishda 60 sm li qator oralarida egatlar 10—12 sm (pushtadan egat tubigacha), shonalash paytida g‘o‘za bo‘yi 30—40 sm ga yetganda 14—15 sm chuqurlikda ochiladi. G‘o‘zaning gullash davrida egat chuqurligi yana 2—3 sm ga oshiriladi. Baland bo‘yli g‘o‘zalar o‘sgan uchastkalarda ish organlari g‘iloflar bilan berkitiladi, gradillar va traktor g‘ildiraklariga esa so‘rilar qo‘yiladi.
90 sm li qator oralarini kultivatsiya qilishda ish organlari 60 sm li qator oralarini ishlanganda qanday qo‘yilgan bo‘lsa, shunday o‘rnatiladi. Bunda ish organlarining o‘lchamlari kattaroq bo‘lib, gradillarga boshqacharoq mahkamlanadi.
G‘ildiraklar oldidagi gradillarga g‘o‘za qatoriga yaqin joylarni ishlash uchun bittadan yumshatuvchi panja, g‘ildiraklar orqasida qator oralarining o‘rtasiga ishlov berish uchun esa gradillarga to‘rttadan panja o‘rnatiladi.